Kurs loyihasi mavzu: Rels koleyasi va strelkali o‘tkazgich loyihasi Bajardi: tif-2


BERILGAN EKSPLUATASIYA SHART-SHAROITLARI BO‘YICHA UCHASTKADA RELS TIPINI TANLASH


Download 101.16 Kb.
bet4/23
Sana13.11.2023
Hajmi101.16 Kb.
#1770746
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23
Bog'liq
Kurs loyihasi mavzu Rels koleyasi va strelkali o‘tkazgich loyih-hozir.org

BERILGAN EKSPLUATASIYA SHART-SHAROITLARI BO‘YICHA UCHASTKADA RELS TIPINI TANLASH

Rels va yo‘l yuqori qurilmasi konstruksiyasining eng maqsadga muvofiq tipini muayyan sharoit uchun tanlash batafsil texnik va texnik-iqtisodiy hisob-kitob, ekspluatatsiya tahlili va hisobi, ilmiy tadqiqotlar va sinchiklab loyihalashtirish asosida amalga oshiriladi.


Rels tipi 1 m relsning q, kg/m massasi bilan aniqlanadi. Faraz qilinayotgan maksimal yuk tashish jadalligiga bog‘liq ravishda Gmax, ; o‘qqa tushadigan maksimal dinamik kuchlanishga [(1+α v ) P] max va relslar sifatiga bog‘liq ravishda (1) shart bajarilishi lozim:
(1.1)

Bunda R – o‘qqa tushadigan statik yuk, t, vazifaga muvofiq;


V – poyezdlar harakat tezligi, km/s;
a=1,2 vagonlar uchun va a=1,13 lokomotivlar uchun:
λ r =2 relslar sifatini hisobga olish koeffitsiyenti: standart ishlab chiqarilgan toblanmagan relslar uchun λ r = 1, hajmli-toblanganlari uchun
λ r = 1,5 ÷ 2; kurs loyihasida hajmli-toblangan relslar qabul qilingan, λ r =2
Q ning (1.1) formulasi bo‘yicha olingan ko‘rsatkichi, bundan tashqari, quyidagi shartlarga mos kelishi kerak [1]:
lokomotivlar uchun q ≥ 2,25 R max , kg/m (1.2)


q ≥ 2,25·23=51,75 kg/m
vagonlar uchun q ≥ 0,46 V max ; kg/m (1.3)

q ≥ 0,46· 160=73,6 kg/m
; kg/m
kg/m (1.4)
q ning topilgan to‘rt ko‘rsatkichidan relsning eng kichik (minimal) zarur massasi sifatida maksimal massa qabul qilinadi. Relsning zarur massasi aniqlanganidan so‘ng hisob-kitob massasiga eng yaqin standart tipdagi rels (eng yaqin og‘irroq) qabul qilinadi. Rels hisob massasi R75 rels massasidan og‘irroq bo‘lib chiqsa, R75 relsi qabul qilinadi.
Qulaylik uchun hisob-kitoblar jadval shaklida bajariladi (1-jadval).
Hisob-kitob natijasida olingan raqamlarni tahlil qilib, quyidagicha xulosa qilish mumkin. Yo‘lga yotqizish uchun R43 tipidagi rels zarur, chunki relsning maksimal hisob-kitob massasi (1 m relsning massasi R43-44,65 kg, R50-51,67 kg, R65-64,72 kg, va R75 uchun 74,41 kgga teng).
Rels tipining bu kabi dastlabki hisob-kitobidan so‘ng batafsil texnik va texnik-iqtisodiy tahlil amalga oshiriladi: yo‘l mustahkamlik va turg‘unlikka hisoblanib, ko‘rib chiqilayotgan variant nisbatan kam quvvat va ko‘p quvvat tiplar bilan solishtiriladi.
Relsning talab etilgan massasi hisobi
1-jadval

Harakatdagi tarkib


V (km/soat)


(1+0,012V)2/3


Ri


(t)

Ri2/3


[(1+0,012V)R] 2/3


a




q (kg/m)


Poyezd lokomotivlari:






Tezyurar


160

1.33

21

7,61

10.12

1,13

3,31

33.50

Yo‘lovchi


120

1.25

23

8,09

10.11

1,13

3,31

33.47

Yuk

110

1.23

23

8,09

9.95

1,13

3,31

32.93

Poyezd vagonlari:



Tezyurar


160

1.33

25

6.08

8.08

1,2

3,52

28.47

Yo‘lovchi


120

1.25

17.7

6.79

8.48

1,2

3,52

29.87

Yuk

110

1.23

22.8

8.04

9.88

1,2

3,52

34.80



Keltirilgan xarajatlari kamroq, mustahkamlik va turg‘unlik talablariga javob beradigan R65 markali rels turi uzil-kesil qabul qilindi.



Download 101.16 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling