Kurs loyihasi mavzu: Rels koleyasi va strelkali o‘tkazgich loyihasi Bajardi: tif-2


Oraliqning optimal enini aniqlash


Download 101.16 Kb.
bet16/23
Sana13.11.2023
Hajmi101.16 Kb.
#1770746
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   23
Bog'liq
Kurs loyihasi mavzu Rels koleyasi va strelkali o‘tkazgich loyih-hozir.org

3.1.1. Oraliqning optimal enini aniqlash
Oraliqning optimal enini aniqlashning hisob sxemasi sifatida (11-rasm) shunday sxemani qabul qilamizki, unda temir yo‘l ekipaji o‘zining qo‘zg‘almas bazasi old o‘qining tashqi g‘ildiragi bilan egrilikning tashqi relsiga siqilib, qo‘zg‘almas bazaning orqa g‘ildiragi esa radial holat egallaydi yoki uni egallashga intiladi; bunda ekipajning burilish markazi ushbu radiusning ekipaj qo‘zg‘almas bazasining bo‘ylama geometriya o‘qi bilan kesishuv joyida joylashadi.

Bundan tashqari:


A) barcha hollarda oraliqning hisob-kitob orqali topilgan eni oraliqning maksimal eni Smax=1535 mm dan oshmasligi kerak;
B) oraliqning hisobiy eni – S yo‘lning to‘g‘ri uchastkasidagi normal enidan (S0=1535mm) kam bo‘lsa, bu hol ko‘rib chiqilayotgan ekipaj yurish qismlarining konstruktiv o‘lchamlari va xususiyatlari mazkur radiusli egrilikni uning oralig‘ini kengaytirmay turib, erkin kirib kelishini ta’minlagan holda o‘tishi mumkinligini anglatadi. Bu holatda oraliq eni –S radius o‘lchamiga bog‘liq ravishda PTE (6) bo‘yicha qabul qilinishi lozim.
Berilgan lokomotivning burilishga kirib kelishga hisob-kitobi uchun tavsiflari 4-jadvalda keltirilgan [8].
Qo‘zg‘almas bazadagi ikki o‘qli ekipajlar (ko‘ndalang (razbegsiz) uch o‘qli qo‘zg‘almas bazali) uchun oraliq torayishiga yo‘l qo‘yiladigan o‘lcham bilan optimal kenglik (en) quyidagi ifodadan aniqlanadi:
Sopt = q max + fn + 4≤Sunif, =1509+3+4=1516,000mm.≤1520 (3.1)
O‘qlarning ko‘ndalang (razbeg)lariga ega uch o‘qli qo‘zg‘almas bazali ekipajlar uchun izlarning oralig‘ining optimal eni quyidagi ifodadan aniqlanadi:
Sopt =q max + fn + 4–η1 ≤Sunif,
=1509+3+4+1,5=1517,5≤1520mm. (3.2)
bunda η1 – o‘qni birinchi yo‘naltiruvchisining ko‘ndalang (razbeg);
η1 = 1,4÷1,5 mm
bunda q max-lokomotivlar uchun g‘ildirak juftining maksimal eni (kengligi)
q max = 1509 mm;
f n – egrilik tashqi izi burilishi(izgibi)ning strelasi:
f n = ,= (3.3)
bunda l – ekipaj burilish markazidan birinchi g‘ildirak geometrik o‘qiga qadar bo‘lgan masofa. Mazkur holat uchun l = L ekipaj qo‘zg‘almas bazasining uzunligiga teng deb olish kerak (4-jadval); l = L=495sm=4,95m
R – berilgan egrilik radiusi; R =880 m;
vn – birinchi g‘ildirak jufti geometrik o‘qidan g‘ildirak “toji” relsga tegib turadigan nuqtaga qadar masofa. Quyidagi formula bo‘yicha aniqlanadi:
vn = tg τ , = (3.4)
bunda r – g‘ildirak aylanishi (g‘ildirashi) radiusi (4-jadval); r =0,625 mm;
τ – “toj”ning ichki tashkil etuvchisining yotiqlik burchagi, lokomotiv g‘ildiraklari uchun 70 0 ga teng. tg 70 0 = 2,7474775.
Agar izlar oralig‘ining hisobiy eni S opt > S unif bo‘lsa, u holda oraliqning yo‘l qo‘yiladigan minimal enini aniqlashga o‘tish mumkin. S opt ≤ S unif bo‘lgan holda ko‘rib chiqilayotgan ekipaj yurish qismlarining konstruktiv o‘lchamlari va xususiyatlari unga mazkur radiusli egrilikni erkin kirib borib o‘tish imkonini beradi.



Download 101.16 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling