Kurs loyixasi
SKLERTEK texnologiyasi bo‘yicha turli markali polietilen olish
Download 1.41 Mb.
|
Shaxboz
SKLERTEK texnologiyasi bo‘yicha turli markali polietilen olish.
Bu texnologiya bo‘yicha polimerlanish jarayoni reaktorlarda siklogeksan erituvchi muxitida 17 MPa, 300 ºS xaroratda va Sigler - Natta kompleks katalizatorlar ishtirokida amalga oshiriladi. Ushbu texnologiyaning o‘ziga xosligi shundaki, texnologiya bo‘yicha sintez qilingan polietilen har xil zichlikka va strukturaga ega bo‘ladi. Ushbu texnologiya bo‘yicha chiziqsimon past zichligi (LLDPE) chiziqsimon o‘rta zichlikli (MDPE) va chiziqsimon yuqori zichlikli (HDPE) polietilen turlarini ishlab chiqarish mumkin. Polimerlanish reaksiyasi juda katta tezlikda borishi sababli, reaktorlarni xajmi uncha katta bo‘lishi shart emas, chunki monomerni reaktorda polimerga aylanishi uchun bir necha sekund yetarlidir. Texnologik jarayon aniq bir rejimda ishlaganda 1 minutda 270-290 kg polimer ishlab chiqariladi. Ushbu texnologiya bo‘yicha olinayotgan polimerning zichligini berilayotgan somonomer buten-1 ni miqdorini o‘zgartirish yordamida molekula massasi va molekula massaviy taqsimotini esa polimerlanish reaktorlarga uzatilayotgan vodorodni berilish joylari va miqdorini o‘zgartirish orqali rostlanadi. Xozir biz quyida polietilen olishni turli usullari bilan qisqacha tanishdik. Mening kurs loyihamda SKLERTEK texnologiyasi bo’yicha F-Y 346 markali polietilen ishlab chiqarish (42000t/y) loyixasini bajarish topshirilgan. Ushbu texnologiya asosida ishlatishga qulay polietilen ishlab chiqarilishi va ko‘pgina sharoitlar sababli sanoatda SKLERTEK texnologiyasi bo‘yicha polietilen ishlab chiqarish bir muncha afzalliklarga ega . Sho‘rtan Gaz Kimyo Majmuasi aynan shu texnologiya asosida polietilen ishlab chiqaradi . SKLERTEK texnologiyasining afzalliklari quyidagilardan iborat: -Molekula og‘irlik ko‘rsatkichi keng diapozonni tashkil etadi va bu ko‘rsatkich reaktor ishlash sharoitiga va uni o‘zgartirish orqali erishish mumkin; -Eritma polimerlanishga uchrayotgan fraksiyalarni bir xil aralashtirish imkonini beradi; -Katalizator qoldig‘i oson yo‘l bilan (filtratsiya, adsorbsiya) ajratib olish mumkin; -Har xil qo‘shimchalarni (prisadka) polietilenni granulaga aylantirishdan oldin kiritish mumkin va bir tekisda polietilenda taqsimlanishiga erishishga olib keladi va buning uchun qo‘shimcha uskuna qo‘yilishi keragi yo‘q bo‘ladi; -Tayyor mahsulot standart granula holatda ishlab chiqariladi , ya’ni alohida granulalash uskunasi kerak emas. Download 1.41 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling