Kurs loyixasi


QO‘LLANILADIGAN XOM-ASHYO


Download 1.41 Mb.
bet3/11
Sana28.12.2022
Hajmi1.41 Mb.
#1014785
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Shaxboz

QO‘LLANILADIGAN XOM-ASHYO
TASNIFI

Mening kurs loyixamda “SKLERTEK texnologiyasi bo’yicha FY-346 markali polietilen ishlab chiqarish bo’limi loyixasi”ni asoslash topshirilgan. Shunga asosan asosiy maxsulotim polietilenni ishlab chiqarishning boshqa usullari va bu usullar bilan SKLERTEK texnologiyasini farqini ko’rib chiqsak.


Xozirgi paytda respublikamiz boy gaz, gaz kondensat va neft zaxiralariga ega. Bu esa davlatimizning yutug‘i hisoblanib, Qashqadaryo viloyati neft – gaz va uni qayta ishlash bo‘yicha ilg‘or sanaladi. Polimerlarga bo‘lgan talabning yuqoriligi sababli ham neft va gaz asosida ishlovchi sintetik polimerlarni ishlab chiqaruvchi korxonalarning o‘rni beqiyosdir. So‘zimiz isboti sifatida shu viloyatda joylashgan, hozirda respublikada yagona bo‘lgan yuqori quvvatga ega polietilen ishlab chiqaradigan gigant korxona, Sho‘rtan Gaz Kimyo Majmuasini aytishimiz mumkin .


Polietilen – poliolefin birikmalarning eng oddiy vakillaridan biri bo‘lib, etilenni polimerlash yo‘li bilan olinadi. Etilen esa aynan shu neft va gaz maxsulotlaridagi etanning pirolizi orqali olinadi.


Mexanik va fizik-kimyoviy xususiyatlarini yaxshiligi, qayta ishlashning osonligi hamda arzonligi dunyo bo‘yicha ishlab chiqarilayotgan sintetik polimerlar orasida polietilenni birinchi o‘ringa chiqib olishiga sabab qilib uning quyidagi xususiyatlarini misol qilsak bo’ladi : polietilendan har xil buyumlar ishlab chiqarish oson va afzaldir,u past haroratda (110-130oS) yumshaydigan termoplastik polimer bo‘lib, xona sharoitida bironta ham erituvchida erimaydi aromatik va xlorlangan uglevodorodlarda 70oS dan yuqorida bo‘kadi va eriydi polietilen konsentrlangan kislota va ishqorlar, tuzlarning suvdagi eritmalari ta’siriga ham chidamli atmosfera ta’siriga hamda issiqlikda oksidlanishga chidamliligini oshirish maqsadida polimer tarkibiga turli xil stabilizator-antioksidantlar qo‘shiladi.

Polietilen radiotexnikada va televizor qismlarini olishda elektroizolyatsiya materiali sifatida, korroziyaga chidamli qoplamlar, turli maqsadlarda ishlatiluvchi


plenkalar, idishlar olishda, qog‘oz, yog‘och, matolarni shimdirishda va h.k. ishlatiladi.

Polietilen olishning bir qancha usullari mavjud ;





  • Yuqori bosimda

  • Past bosimda

  • O‘rta bosimda

  • SKLERTEK texnologiyasi bo‘yicha

Adabiyotlarda ular quyidagicha belgilanadi (ingliz tilida) LDPE; HDPE; MDPE va LLDPE.






  1. Download 1.41 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling