kurs Страница Tibbiyotda ishchi o’rinlarni avtomatlashtirishda matnli axborotni qayta ishlash texnologiyasi. Microsoft Word muharririning keng imkoniyatlaridan foydalanish
Download 442.2 Kb. Pdf ko'rish
|
Ishchi daftar 2-mashgulot.
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3-topshiriq. Microsoft Word muharririda kasallik tarixiga misol sifatida hujjat shakllantiring, unda kerakli talablarni bajaring va kasallik tarixini saqlang.
Tibbiyotda axborot texnologiyalari – 1-kurs Страница 1 Tibbiyotda ishchi o’rinlarni avtomatlashtirishda matnli axborotni qayta ishlash texnologiyasi. Microsoft Word muharririning keng imkoniyatlaridan foydalanish. Kasallik tarixini to’ldirish. 1-topshiriq. Microsoft Word muharririning imkoniyatlaridan foydalangan holda quyidagilarni qayta yozing va saqlang (shrift o’lchami 14 pt, jadval yacheykasining markazidan joylashgan, kursiv, qalin, qizil rangda, matnlar hammasi faqat bosh harflarda, jadval ko’rinmas holatda) KARIYES STOMATOLOGIYA PULPIT ALVEOLIT PERIODONTIT PEREOSTIT RENTGEN OSTEOMIELIT 2-topshiriq. Microsoft Word muharririda 3 xil usul bilan hujjatga jadval joylashtiring va qilingan ish ketma-ketligini so’lar yordamida algoritm ko’rinishda yozing: Kasallik tarixini yozish. Kasallik tarixi – bu yuridik hujjat bo’lib, kasalxona shifokori tomonidan to’ldiriladi. Shu hujjat asosida davolash ishlarini nazorat qiluvchi kasalxona ma'muriyati, sud tibbiyoti xodimlari, patologoanatomlar, sog’liqni saqlash tizimining boshqa vakolatli organlari, moliyaviy faoliyatni tekshiruvchilar, xuquqni himoya qiluvchi organlar: prokuratura, sud, erkin ekspertlar davolovchi vrach faoliyatiga baho beradilar, xulosa chiqaradilar va lozim xollarda jinoiy javobgarlikka tortadilar. Tibbiyotda axborot texnologiyalari – 1-kurs Страница 2 Ikkinchidan, kasallik tarixi bu ilmiy tadqiqotchilar (talaba izlanuvchilar, aspirantlar, doktorantlar) uchun asosiy ma'lumotlarni beruvchi muxim hujjatdir. Shuning uchun ham S.P.Botkin aravasida kasallik tarixlarini bejiz asrab-avaylab olib yurgan emas. Izlanuvchilar kasallik tarixidan tashqari o’zlarining ilmiy ishlariga maqsadiga mos parametrlari aks etgan statistik talon to’ldiradilar. Kasallik tarixlari arxivda 25 yil saqlanadi. Shu vaqt mobaynida ma'lumotlar umumlashtirilib tegishli xulosalar chiqariladi. Kasallik tarixining to‘dirilish shakli sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlangan (forma №003) va O‘zbekistondagi barcha kasalxonalarda yuritiladi. Har bir mutaxassislik bo‘yicha kasallik tarixini to‘ldirish ko‘nikmalari tibbiyot instituda o‘qiyotgan tabalarga tegishli kafedralardi o‘rgatiladi. Kasallik tarixini yozish bo‘yicha ko‘rsatmalar: Reja. Pasport qismi. So’rab-surishtirish (shikoyatlari, muayyan kasallikning tarixi (Anamnesis morbi), bemorning hayoti tarixi (Anamnesis vitae). Bemorning umumiy axvoli va ob'ektiv tekshirish usullaridan olingan natijalar (Status preasens). Lokal holat (Status localis yoki Lor status). Vaqtinchalik tashhis (предварительный диагноз) va uni asoslash. Davolash. Kundalik. Jarroxlikdan oldingi epikriz. Chiqarish epikrizi. Kasallik tarixi hozircha o‘zbek va rus tillarida Kirill alifbosida qo‘lda yoziladi. 3-topshiriq. Microsoft Word muharririda kasallik tarixiga misol sifatida hujjat shakllantiring, unda kerakli talablarni bajaring va kasallik tarixini saqlang. Download 442.2 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling