2. Bank tizimi likvidligini prognoz qilish salohiyatini oshirish
Likvidlikni kunlik prognozlash tizimini takomillashtirish va uning natijalaridan pul-kredit operatsiyalari parametrlarini rejalashtirishda faol foydalanish;
Likvidlikni kunlik prognozlash tizimini takomillashtirishda ekonometrik modellar yordamida Yagona g‘aznachilik hisobvarag‘i (YAG‘H) orqali amalga oshirilayotgan operatsiyalarning va naqd pul amaliyotlarining likvidlikka taʼsirini prognoz qilish;
Evropa tiklanish va taraqqiyot banki hamda Chexiyaning “OG Research” konsalting kompaniyasi mutaxassislari ishtirokida “Likvidlikni boshqarishning uzoq muddatli strategiyasi”ni ishlab chiqish
3. Pul bozorining benchmark ko‘rsatkichlaridan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish
Evropa tiklanish va taraqqiyot banki bilan hamkorlikda o‘zgaruvchan foizli bank xizmatlarini ko‘rsatishda benchmark stavkalarini amalda qo‘llash;
Davlat qimmatli qog‘ozlari bo‘yicha daromadlilik egri chizig‘ini shakllantirish va ikkilamchi davlat qimmatli qog‘ozlar bozorini rivojlantirish
4. Pul-kredit siyosati kommunikatsiyasini takomillashtirish yo‘nalishlari
Pul-kredit siyosati kommunikatsion instrumentlari sonini oshirish va sifatini yaxshilash;
Maʼlumotlarni yetkazish kanallarini kengaytirish, maʼlumotlar oqimining doimiyligini taʼminlash va maʼlumotlarni qabul qiluvchilarga qarorlar taʼsirini baholash;
Pul-kredit siyosati kommunikatsiyasi samaradorligini oshirishda ilg‘or xorijiy tajribalarni o‘rganish va kommunikatsion siyosat yo‘nalishida xalqaro reytinglarda qatnashish;
Pul-kredit siyosati kommunikatsiyasining samaradorlik ko‘rsatkichlarini tahlil qilish, keng jamoatchilik fikrini o‘rganish va inflyasion kutilmalarni jilovlab borish
Do'stlaringiz bilan baham: |