Kursi sh I mavzu: pul-kredit siyosati vositalari va ularning amal qilish mexanizmi
-jadval. 2018-2023 yillarda qayta moliyalash stavkasi, majburiy zaxiralar meʼyori va uzoq muddatli kreditlar hajmi o‘zgarish dinamikasi. 5
Download 448.21 Kb.
|
Жураев Эргаш (2)new
- Bu sahifa navigatsiya:
- O‘zgaruvchilar o‘rtasidagi korrelyatsiya matritsasi 6
- Ekonometrik modelning asosiy parametrlari (a);b);c);) 7
- 0.770988 Norma R-kvadrat 0.618314
- Dispersion analiz b)
- Qayta moliyalash stavkasi va majburiy zahira me’yorining oshishi 8
- Qayta moliyalash stavkasi va majburiy zaxira me’yori ko‘rsatkichlarining istiqbolli davr uchun o‘sish funksiyasi
- F (Fisher me’zoni) t-(Student me’zoni)
- Qayta moliyalash stavkasi va majburiy zahira me’yorini ko‘rsatkichlarining trend funksiyasi orqali aniqlangan prognoz ko‘rsatkichlari
- Yillar T Qayta moliyalash stavkasi %
- Uzoq muddatli kreditlar hajmining istiqbolli davri uchun prognoz ko‘rsatkichlari 9 9-jadval
- Yillar Qayta moliyalash stavkasi,%
3.1-jadval. 2018-2023 yillarda qayta moliyalash stavkasi, majburiy zaxiralar meʼyori va uzoq muddatli kreditlar hajmi o‘zgarish dinamikasi. 5
3-jadval
Endi jami uzoq muddatli kreditlar hajmi miqdorini natijaviy ko‘rsatkich sifatida, qayta moliyalash stavkasi va uzoq muddatli depozitlar uchun majburiy zaxira me’yorlarini esa omil belgi sifatida qarab ular o‘rtasidagi o‘zaro bog‘lanishni o‘rganamiz.Umuman olganda, qayta moliyalash stavkasi va uzoq muddatli depozitlar uchun majburiy zaxira me’yorlarini jami uzoq muddatli kreditlar hajmiga nisbatan funksiya o‘zgaruvchilari sifatida qaraymiz. O‘zgaruvchilar o‘rtasidagi korrelatsiya matritsasi quyidagicha: O‘zgaruvchilar o‘rtasidagi korrelyatsiya matritsasi6 4-jadval
Keyinchilik uzoq muddatli kreditlar hajmini natijaviy ko‘rsatkich sifatida ekonometrik modelga kiritdik va “Y” bilan belgiladik. Funksiyaga taʼsir etuvchi omillar sifatida X1 – Qayta moliyalash stavkasi(%), X2 - Uzoq muddatli depozitlar uchun majburiy zaxira me’yori (%) qabul qilindi. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy Bankining 2018-2023- yillardagi yuqorida ko‘rsatilgan maʼlumotlar asosida Microsoft Excel dasturida quyidagi ekonometrik model hisoblandi. Ekonometrik modelning asosiy parametrlari (a);b);c);)7 5-jadval
Yuqoridagidan ko‘rishimiz mumkinki, R bu korrelyasiya koeffiyenti bo‘lib, u omillar o‘rtisidagi bog‘lanish zichligini ko‘rsatadi. Yaʼni, qayta moliyalash stavkasi va uzoq muddatli depozitlar uchun majburiy zaxira me’yori kabi omillar bilan uzoq muddatli kreditlar hajmi o‘rtasidagi bog‘lanish zichligi boshqa shart-sharoitlar o‘zgarmas bo‘lgan holatda 0,87 ga teng ekan. Bu ko‘rsatkich ushbu omillar o‘rtasida kuchli bog‘lanish bor ekanligini ko‘rsatadi.
Y= 414927,7-23639,2 X1+12052,71 X2 R = 0,87 D = R2 = 0,770988 F = 5.04988 t-(Student me’zoni) = 34,94 Modeldan ko‘rinib turibdiki, Markaziy Bankning qayta moliyalash stavkasi miqdori 1% ga oshsa, uzoq muddatli kreditlar hajmi 23639,2 mlrd. so‘mga kamayishiga, majburiy zahira me’yorining 1% ga oshishi, uzoq muddatli kreditlar hajmini 12052,71 mlrd. so‘mga oshishiga olib kelar ekan. Endi prognozlashning eng sodda usullaridan biri bo‘lgan trend funksiyasi orqali qayta moliyalash stavkasi va , majburiy zahira me’yorining oshishining funksiyasini yaratishimiz kerak. Bunda trend y=a0+a1×t funksiyasida o‘zgaruvchilarni yillar qilib olamiz hamda chiziqli funksiya hosil qilamiz. Unga ko‘ra o‘zgaruvchilar yillar (t) hisoblanadi (6-jadval). Qayta moliyalash stavkasi va majburiy zahira me’yorining oshishi8 6-jadval
6-jadval maʼlumotlari asosida Microsoft Excel dasturida quyidagi ekonometrik model va uning parametrlari aniqlandi (7-jadval). Qayta moliyalash stavkasi va majburiy zaxira me’yori ko‘rsatkichlarining istiqbolli davr uchun o‘sish funksiyasi 7-jadval
Regression model adekvatligi regressiya tenglamasi parametrlari va chiziqli korrelyasiya koeffitsiyentining ahamiyatligini tekshirish orqali amalga oshiriladi. Buning uchun Styudentning t-meʼzonidan foydalaniladi. t-meʼzonning haqiqiy va Styudent jadvalidagi qiymatlarini taqqoslash orqali model adekvatligiga baho beriladi. Model adekvat bo‘lishi uchun: thaqiqiy > tjadval bo‘lishi kerak. Styudentning t-mezoni hisoblangan (thaqiqiy ) va jadval (tjadval ) qiymatlarini taqqoslab, N0 gipoteza qabul qilinadi. Buning uchun t-mezonning jadval qiymatini tanlangan ishonchlilik ehtimoli ( ) va ozodlik darajasi ( ) shartlar asosida topiladi. Bu yerda n- kuzatuvlar soni; m – omillar soni . 7-jadval maʼlumotlariga asosan ishonchlilik ehtimoli va ozodlik darajasi d.f.=6-2-1=3 bo‘lganda, t-mezoning jadval qiymati tjadval=2.23 ga teng. Barcha hisoblangan t-mezoning qiymatlari jadval qiymatlaridan katta bo‘lganligi bois model parametrlari adekvat, deb topiladi. 7-jadvaldagi funksiyalar asosida qayta moliyalash stavkasi va majburiy zahira me’yorini istiqbolli davr uchun prognoz qilamiz (8-jadval). Qayta moliyalash stavkasi va majburiy zahira me’yorini ko‘rsatkichlarining trend funksiyasi orqali aniqlangan prognoz ko‘rsatkichlari 8-jadval
Yuqorida, qayta moliyalash stavkasi va majburiy zaxira me’yori uzoq muddatli kreditlar hajmiga nisbatan funksiya deb olinib, Microsoft Excel dasturidagi hisob-kitoblar asosida quyidagi ekonometrik modelni tuzgan edik: Y= 414927,7-23639,2 X1+12052,71 X2 Endi yuqorida aniqlangan maʼlumotlar sifatida X1 – qayta moliyalash stavkasi, X2 – majburiy zaxira me’yori deb modelga kiritib, uzoq muddatli kreditlar hajmining istiqbolli davr uchun qiymatlarini aniqlaymiz (9-jadval). Uzoq muddatli kreditlar hajmining istiqbolli davri uchun prognoz ko‘rsatkichlari9 9-jadval
Jadval ma’lumotlaridan ko‘rinadiki, 2028-yil uchun prognoz qilinayotgan uzoq muddatli kreditlar hajmi 488521 mlrd.so’mni tashkil qilmoqda.Agarda bu qiymatni hozirgi davr 2023-yildagi qiymat(340387 mlrd.so’m) bilan taqqoslasak, uzoq muddatli kreditlar hajmi 1.44 barobardan yuqoriga o‘sar ekan. III bob bo‘yicha xulosa Xulosa qilib aytsak, mamlakatimizda pul-kredit siyosatini oqilona tashkil etilishi, barcha tarmoq va sohalarning samarali amal qilishi hamda ularning iqtisodiy faoliyatini tartibga solish va rag‘batlantirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Kelgusi yillarda pul-kredit siyosati samaradorligini oshirish masalasi iqtisodiyotning turli tarmoqlarida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar bilan chambarchas bog‘liq bo‘ladi. Ushbu chora tadbirlar qatoriga quyidagilarni misol qilishimiz mumkin: iste’mol bozorlarida raqobat muhitini rivojlantirish, iste’mol tovarlari importida tarif va notarif cheklovlarni kamaytirish, xalqaro savdo tashkilotiga a’zo bo‘lish ishlarini tezlashtirish va mintaqaviy transport koridorlarining muhim bo‘lagiga aylanish bo‘yicha choralar ko‘rish, mamlakatda xufyona iqtisodiyotni qisqartirish bo‘yicha strategik yo‘nalishlarni belgilash, 2023−2024 yillarda alohida korxona yoki tarmoqlarga berilgan imtiyozlarni to‘liq tanqidiy xatlovdan o‘tkazish va bekor qilish orqali barcha bozor ishtirokchilari uchun teng imkoniyatlarni hamda sog‘lom raqobat muhitini yaratish kerak. Bundan tashqari bank tizimida transformatsiya va xususiylashtirish jarayonlarining jadallashtirilishi hisoblanadi. Davlat ulushiga ega banklarni transformatsiya qilish va xususiylashtirishni muvaffaqiyatli yakunlash kelgusi yillarda davlat budjetidan banklar kapitaliga pul kiritish zaruratini keskin kamaytiradi. Bank tizimining bozor munosabatlari asosida faoliyat yuritishi ta’minlanadi, banklar kapitalini xorijiy investitsiyalar va xususiy investorlar mablag‘lari hisobidan oshirib borish va shu orqali iqtisodiyotda pul oqimlarining samarali taqsimlanishi natijasida istiqbolli loyihalarni kreditlash ko‘lamining kengayishiga sharoit yaratiladi. Pul-kredit siyosatini rivojlantirishning hozirgi bosqichida zamonaviy pul-kredit instrumentlarini joriy etish, amaldagilarini takomillashtirish va ularning ta’sir mexanizmini mustahkamlashga ustuvor ravishda e’tibor qaratilmoqda . Xozirgi kunda markaziy bank o‘zining pul-kredit siyosatida majburiy zaxira talablari, pul-kredit siyosatining foiz instrumentlari, ochiq bozor operatsiyalari, shaffoflikni oshirish va komunikatsion kanalni takomillashtirish hamda tahlil va prognozlash salohiyatini mustahkamlash va takomillashtirish kabi masalalarni hal qilishni pul-kredit siyosati samaradorligini oshirishning asosiy yo‘nalishlari sifatida qaramoqda.
Download 448.21 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling