Yuechjeylarning eramizdan avvalgi II asr oʻrtalarida Grek-Baqtriya davlatiga bostirib kirishi ushbu davlatni tamomila tugatilishiga olib keldi. Yuechjeylarning dastlabki mulklari shimoliy Baqtriya hududlarida boʻldi (zamonaviy Oʻzbekistonning janubiy hududlari va Tojikiston). Kusxon davlati eramizning 1-asri birinchi yarmida yuechjeylar davlati amirliklaridan biri Kusxonning yuksalishi oqibatida yuzaga keldi. Kusxon xitoychada Guyshuan deb talaffuz qilinib, yuechjey qabilalaridan birining nomi boʻlish ehtimoli bor. Davlat asoschisi yabgu (amir) boʻlgan. Keyinchalik podshoh Kudjula Kadfiz hukmronligi ostida kusxonlar hozirgi Afgʻoniston va Pokistonning katta qismini bosib oldilar. Uning merosxoʻri X hukmronligi davrida kusxon mulklariga Hindistonning katta bir qismi qoʻshildi. Kusxon davlatining gullab-yashnashi Kanishka hukmronligi davriga toʻgʻri keldi (taxminan eramizning 78-123 yillari). Oʻsha davrda poytaxt Baqtriyadan Peshovorga koʻchirildi, mamlakat sarhadlari esa Hindiston va Xoʻtongacha boʻlgan oʻlkalarni qamrab oldi. Markaziy Osiyoda Kusxon davlatining chegaralari hozirgi Oʻzbekiston janubidagi Hisor togʻ tizmalari choʻqqilaridan oʻtgan. Oʻsha yerdagi baland togʻ daralarida (Darband) mustahkam chegara inshootlari qad koʻtardi Uning merosxoʻri X hukmronligi davrida kusxon mulklariga Hindistonning katta bir qismi qoʻshildi. Kusxon davlatining gullab-yashnashi Kanishka hukmronligi davriga toʻgʻri keldi (taxminan eramizning 78-123 yillari). Oʻsha davrda poytaxt Baqtriyadan Peshovorga koʻchirildi, mamlakat sarhadlari esa Hindiston va Xoʻtongacha boʻlgan oʻlkalarni qamrab oldi. Markaziy Osiyoda Kusxon davlatining chegaralari hozirgi Oʻzbekiston janubidagi Hisor togʻ tizmalari choʻqqilaridan oʻtgan. Oʻsha yerdagi baland togʻ daralarida (Darband) mustahkam chegara inshootlari qad koʻtardi
1.Karimov.Sh. Shamsiddinov. R. Vatan tarixi.Toshkent 2010.
2.O'zbekiston Respublikasi Milliy ensiklopediyasi.2000-2005.
3.www.ziyouz.com. kutubxonasi.
E'TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT.
http://fayllar.org
Do'stlaringiz bilan baham: |