Kuvanova Shahnoza Omonovna nemis tili fanidan mukammal qo‘llanma
Unlilarning cho‘ziq va qisqa o‘qilishi
Download 1.05 Mb.
|
Quvanova Sh
1.1 Unlilarning cho‘ziq va qisqa o‘qilishi
Nemis tilida unli tovushlar qisqa va cho‘ziq o‘qilishi bilan o‘zbek tilidan farq qiladi . Unli tovushlarning cho‘ziq va qisqa talaffuz qilinishiga rioya qilmaslik so‘z ma’nosining o‘zgarib ketishiga olib keladi. Masalan: das Beet (jo‘yak) das Bett (karavot) Unlilar quyidagi hollarda cho‘ziq o‘qiladi: a) qo‘sh unli so‘z o‘rtasida kelsa: Saal , Boot, Beet; b) unli ochiq bo‘g‘inda kelsa: sagen, leben, Tiger, loben, rufen; c) shartli yopiq bo‘g‘inda kelsa: Gras, Weg, Hof, Ruf, Typ; d) unlidan keyin cho‘ziqlik belgisi „h“ kelsa: fahren, gehen, ihre, ihnen, wohnen; e) unlidan keyin biron sonor tovush kelsa: der, dem, dir, mir, wem, nur; f) ikki unli birikib kelsa: bieten, Wiese, niemand, sieben, Kiefer; g) ayrim qoidadan mustasno holatlarda ham unlilar cho‘ziq o‘qiladi: Pferd, Arzt, Erde, Jagd va boshqalar. Unlilar quyidagi holatlarda qisqa o‘qiladi: a) qo‘sh undoshlardan oldin: Mann, Bett, murren, Sommer, Sinn, Wasser; b) ikki va undan ortiq har xil undoshlardan oldin: Hemd, Dorf, Tisch, Katze ; c) yopiq bo‘g‘inda kelsa: an, ab, das, es, Linde, finden; d) ixlaut , axlaut harf birikmalaridan oldin kelsa: mich, wichtig; lachen; singen. Nemis tilida ikkita unli harf birikib, bir unli kabi o‘qilish holatlari mavjud. Bunday harflar birikmasiga d i f t o n g deyiladi. Nemis tilida uchta diftong bor: ai,ei; au,äu (eu) 1) [ae] – diftongi ai, ei harflar birikmasi o‘zbek tilidagi „aylana“ so‘zidagi „ay“ tovushiga o‘xshab o‘qiladi: Mai , Speise 2) [ao]- diftongi – a va u harf birikmalaridan iborat. Bu diftong ifodalaydigan tovushning birinchi qismi „o“ kabi va ikkinchi qismi taxminan o‘zbekchadagi „o‘“ va „u“ tovushlar oralig‘ida talaffuz qilinishi kerak:Bau, Haus 3) äu,eu harflar birikmasi o‘zbekcha “oy” kabi o‘qiladi .neu , Beute Nemis tilida ba’zi unlilar ustiga qo‘shimcha diakritik belgi (..) qo‘yish yordamida yangi tovushlar ifodalanadi. Bunday belgili unlilar u m l a u t l i u n l i l a r deyiladi. Bu belgilar yangi tovush hosil qilish bilan birga, so‘z yasash, forma yasash va so‘z ma’nosini o‘zgartirish xususiyatlariga ham ega. ä (a-Umlaut), ö (o-Umlaut), ü (u-Umlaut). ä (a-Umlaut) o‘zbek tilidagi „etik, ertak“ so‘zlaridagi „e“ kabi o‘qiladi: zählen. ö (o- Umlaut) o‘zbek tilidagi „o‘t“, ”o‘rdak” so‘zlaridagi ”o‘ ”kabi o‘qiladi: Höhe, Höfe. ü (u-Umlaut) o‘zbek tilidagi „uy, kun“ so‘zlaridagi „u“ kabi o‘qiladi: für, üben. Download 1.05 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling