Kuydirgi sabablari, alomatlari, klinik tasviri, tashxislash, davolash, oldini olish


Download 340.06 Kb.
bet4/5
Sana22.02.2023
Hajmi340.06 Kb.
#1220479
1   2   3   4   5
Bog'liq
KUYDIRGI

KLINIK TASVIR


Inkubatsion davr muddati bir necha soatdan bir necha kungacha bo’lishi mumkin, ko’pincha 2-3 kun oralig’ida o’zgarib turadi. Kasallik lokalizatsiyalangan (teri) yoki generalizatsiyalangan (o’pka va ichak) shaklda kechishi mumkin.

KUYDIRGINING TERI SHAKLI


Bu kuydirgi kasalligi holatlarining 98-99 foizida kuzatiladi. Uning eng keng tarqalgan shakli karbunkulyar shaklidir, kamroq tarqalganlari kasallikning edematoz, bullyoz va erizipeloid shakllari. Ko’pincha tananing ochiq qismlari shikastlanadi; karbunkullar bosh, bo’yin, burun va og’izning shilliq qavatida joylashganida kasallik ayniqsa og’ir kechadi.

Kuydirgi infektsiyasining generalizatsiyasi klinikasi shaklidan (teri yoki vistseral) qat’iy nazar, kasallikning boshlang’ich davrining terminal bosqichida namoyon bo’lishlarning turfaligi bir xil: u konsentratsiyasi 1mm3 qonda yuz ming va hatto millionlab bakterial hujayrasi bo’lgan kuydirgi bakteriyalarining periferik qonga chiqishi bilan kechadi.


Bunday konsentratsiya esa kuydirgili sepsis deb qaralishi mumkin va o’zi bilan infektsion-toksik shok klinikasini taqdim qiladi. Bu qonning koagulyatsion (ivish) va antikoagulyatsion tizimining jiddiy buzilishlari, atsidoz, o’tkir buyrak yetishmovchiligi, tana haroratining me’yordan pasayib ketishi, o’ta kuchli intoksikatsiya demakdir.
Odatda karbunkul bitta bo’ladi, biroq ba’zan ularning soni 10-20 yoki undan ko’p bo’lishi mumkin. Infektsiyaning kirish darvozasi joyida ketma-ketlikda dog’, papula, vezikula, yara rivojlanadi. Og’riqsiz ko’k-qizg’ish rangli va 1-3 mm diametrli, hasharot chaqishi izini eslatadigan dog’, bir necha soat ichida mis-qizg’ish rangli papulaga aylanadi. Qichish va achish hissi kuchayadi.
12-24 soatdan so’ng papula diametri 2-3 mm bo’lgan suyuqlik bilan to’lgan pufakchaga aylanadi, suyuqlik bir muddatdan keyin qorayadi va qonsimon bo’ladi. Qashilaganda (ba’zan esa o’z-o’zidan) pufakcha yoriladi va uning o’rnida to’q jigarrang tagli, chetlari ko’tarilgan va seroz-gemorragik ajralmali yara hosil bo’ladi. Bir sutkadan keyin yara diametri 8-15 mm ga yetadi.

Nekroz natijasida, yaraning markaziy qismida 1-2 hafta o’tgach zich, og’rimaydigan qattiq chaqa hosil bo’ladi va uning atrofi qizil rangli sezilarli yallig’llanishli bolish qayd qilinadi. Tashqi tomondan, qattiq chaqa olovdagi ko’mirni eslatadi, aynan shu ko’rinish kasallikning nomlanishiga sabab bo’lgan (Antrax — ko’mir). Ushbu shikastlanish karbunkul nomini olgan.



Download 340.06 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling