Xotira jarayonlarini tekshirishda qo‘llaniladigan quyidagi usul laboratoriya eksperimentiga misol bo‘la oladi: eksperiment qilayotgan kishi tekshirilayotgan kishining oldida o‘n ikki so‘z qilib beradi. Tekshirilayotgan kishi ana shu eshitgan so‘zlarini belgilangan vaqtdan keyin aytadi. Ana shu so‘zlarning qanchalik to‘liq, aniq va tez aytib berilishi tekshirish natijalaridan bilinadi. Xuddi shunday eksperimentlar qilib, so‘zlarni, raqamlarni yoki qanday bo‘lmasin boshqa materialni yodlash tezligi, esda nechog‘li mahkam saqlash, unutish tezligi va shu kabilarni aniqlash mumkin. - Xotira jarayonlarini tekshirishda qo‘llaniladigan quyidagi usul laboratoriya eksperimentiga misol bo‘la oladi: eksperiment qilayotgan kishi tekshirilayotgan kishining oldida o‘n ikki so‘z qilib beradi. Tekshirilayotgan kishi ana shu eshitgan so‘zlarini belgilangan vaqtdan keyin aytadi. Ana shu so‘zlarning qanchalik to‘liq, aniq va tez aytib berilishi tekshirish natijalaridan bilinadi. Xuddi shunday eksperimentlar qilib, so‘zlarni, raqamlarni yoki qanday bo‘lmasin boshqa materialni yodlash tezligi, esda nechog‘li mahkam saqlash, unutish tezligi va shu kabilarni aniqlash mumkin.
- Eksperimental metodni birinchi marta fiziolog Veber (1795–1878) va fizik Fexner (1801–1887), sezgilarni tekshirishda qo‘llanilgan eksperimental tadqiqot usullarini Vilgelm Vundt (1832–1920) mukammal ishlab chiqqan. 1879-yilda V. Vundt Leypsig universiteti huzurida eksperimental psixologiya bo‘yicha birinchi laboratoriyani ochgan. XIX asrning oxirida Rossiyada eksperimental psixologiya bo‘yicha bir qancha laboratoriyalar vujudga keltirildi. Tokarskiy – Moskvada, Bexterev – Qozonda, N. N. Lange – Odessada shunday laboratoriya ochishgan. 1911-yilda Moskva universiteti huzurida professor Chelpanov rahbarligi ostida eksperimental psixologiya instituti ochildi.
Eksperiment metod
Maxsus qurilgan binoga joylashtirilgan va yaxshi jihozlangan bu institut hozirgi vaqtda Rossiya Federatsiyasi Pedagogika fanlari akademiyasi sistemasiga kiradi. Toshkentda birinchi laboratoriya P. I. Ivanov rahbarligida TDPU da tashkil etildi. 1-rasm. Xronoskop. Endilikda texnika taraqqiy etishi munosabati bilan laboratoriya eksperimenti tekshirilayotgan psixik hodisalarga aloqador bo‘lgan fiziologik jarayonlarni, masalan, yurak va qon tomirlari, ichki sekretsiya bezlari faoliyatidagi o‘zgarishlarni, amaliy ish vaqtida miyadagi elektr toklarining o‘zgarishini ham nazarda tutish imkonini beradi. - Maxsus qurilgan binoga joylashtirilgan va yaxshi jihozlangan bu institut hozirgi vaqtda Rossiya Federatsiyasi Pedagogika fanlari akademiyasi sistemasiga kiradi. Toshkentda birinchi laboratoriya P. I. Ivanov rahbarligida TDPU da tashkil etildi. 1-rasm. Xronoskop. Endilikda texnika taraqqiy etishi munosabati bilan laboratoriya eksperimenti tekshirilayotgan psixik hodisalarga aloqador bo‘lgan fiziologik jarayonlarni, masalan, yurak va qon tomirlari, ichki sekretsiya bezlari faoliyatidagi o‘zgarishlarni, amaliy ish vaqtida miyadagi elektr toklarining o‘zgarishini ham nazarda tutish imkonini beradi.
- Ayniqsa, I. P. Pavlovning shartli reflekslar metodi psixologiya uchun g‘oyat samarali metoddir. Laboratoriya eksperimenti psixologiyani taraqqiy ettirishda katta ahamiyatga ega. Yuqorida aytilganidek, bu metod tekshirilishi lozim bo‘lgan psixik hodisalarni qachon kerak bo‘lsa, shu vaqtda vujudga keltirish va o‘zgartirishga, tajribani ko‘p marta takrorlash yo‘li bilan shu hodisalarni sinchiklab tahlil qilishga imkon beradi. Eksperiment bir xil psixik hodisalarning ikkinchi xil psixik hodisalar bilan bog‘lanishini aniqroq bilishga imkon beradi. Jumladan, psixik jarayonlarning fiziologik mexanizmlari ko‘proq eksperiment yo‘li bilan aniqlanadi. Laboratoriyada qilinadigan eksperiment metodlari bilan olib borilgan, tekshirib chiqqan natija va xulosalarni tekshirib ko‘rishga ham imkon beradi. Hozirgi zamon psixologiyasining ko‘pgina muvaffaqiyatlari laboratoriya eksperimenti tufayli qo‘lga kiritilgan. Eksperiment metodining psixologiya sohasida qo‘llanishi psixologiya ma’lumotlarini pedagogikaga keng tatbiq etishga imkon beradi. Ammo psixologiyadagi laboratoriya eksperimentining kamchiliklari bor. Shu kamchiliklardan eng muhimi shuki, bu metodda sun’iylik bor. Eksperiment o‘tkaziladigan sharoitning o‘zi tekshirilayotgan kishilarning psixik holatiga, demak, tekshirilayotgan hodisalarga va tekshirish natijalariga salbiy ta’sir etishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |