Kvant o‘tishlar
Download 2.64 Kb.
|
Kvant o‘tishlar-fayllar.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- Spontan va majburiy o‘tishlar.
Kvant o‘tishlar Kvant o‘tishlar Atomning har bir diskret holati o‘z energiyasi bilan xarakterlanadi. Atom bunday holatda ma’lum vaqt bo‘la oladi, bunday holat stasionar holat deyiladi. Atom energiyasi yuqori bo‘lgan holatdan energiyasi kichik bo‘lgan boshqa holatga o‘tganda holatlar orasidagi energiya farqi E ni yorug‘lik kvanti sifatida chiqaradi. Bunda chiqarilgan energiya chastotasi hE ko‘rinishda aniqlanadi. Xuddi shunday atom energiyasi kichik bo‘lgan stasionar holatdan energiyasi yuqori bo‘lgan stasionar holatga o‘tishi mumkin. Lekin buning uchun atomga tashqaridan E energiya berish kerak. Bunda atom chastotasi hE bo‘lgan yorug‘lik kvantini yutadi.
Shunday qilib, atom pastki energetik holatdan yuqori energetik holatga o‘tishi uchun fotonni yutishi kerak. Bunday o‘tish majburiy o‘tish bo‘ladi. Majburiy o‘tishda atomga nurlanish maydoni ta’sir qilishi kerak (ya’ni atomga tashqaridan energiya berishi kerak). Atomga tashqi nurlanish maydoni ta’sir qilmaganda, atom o‘z-o‘zidan yoki spontan ravishda pastki energetik sathdan yuqori energetik sathga o‘tmaydi, chunki bu energiyaning saqlanish qonuniga ziddir. Atomning yuqori energetik sathdan pastki energetik sathga o‘tishi ikki xil bo‘lishi mumkin: birinchisi, majburiy o‘tish, bu o‘tish atomga nisbatan tashqi sabablar ta’sirida bo‘ladi; ikkinchisi, spontan o‘tish, bu o‘tish atomdagi ichki sabablar ta’sirida bo‘ladi. http://fayllar.org Download 2.64 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling