Kvazarlar


Download 48.3 Kb.
bet1/4
Sana03.12.2023
Hajmi48.3 Kb.
#1797949
  1   2   3   4
Bog'liq
Kvazarlar 1

Kvazarlar

Kvazarlar (ing. quasistellar radiosource — kvaziyulduzli radiomanba) — burchak oʻlchamlari juda kichik kosmik obʼyektlar. Galaktikamizdan ancha uzoqda joylashgan kuchli nurlanish manbai boʻlib, optik diapazonda xira yulduzsimon koʻrinishga ega. Ilk bor 1960-yil radionurlanish manbai sifatida topilgan va keyinchalik ularni 16t—18t koʻrinma kattalikdagi optik xira yulduz ekanligi maʼlum boʻlgan. Tez orada K.ning spektral chiziqlari qizilga keskin ravishda siljiganligi aniqlandi. Masalan, 3C273 eng yorugʻ kvazar hisoblanib, uning qizilga siljishi 0,158 ga teng, yaʼni bizdan ungacha boʻlgan masofa 630 megoparsek (Galaktikamiz oʻlchami 30 kiloparsek).

Bugunga qadar 2000 ga yaqin K. topilgan. K. bizdan kosmologik masofada joylashib, Koinot kengayishi jarayonida qatnashadigan asosiy obʼyektlar hisoblanadi. Keyingi vaqtda topilgan kvazarning qizilga siljishi 5,0 dan katta boʻlib, u bizdan deyarli nur tezligi bilan uzoqlashib bormoqda. Kvazar elektromagnit nurlanish spektri boʻyicha sekundiga 1045—1047erg energiya tarqatadi. Afsuski, bunday kuchli nurlanish mexanizmi maʼlum emas. Koʻpchilik nazariyotchilar fikricha: 1) bu — protogalaktika gazining markazdagi oʻtamassiv qora oʻraga akkretsiyasi tufayli ajralayotgan energiyadir; 2) K. Koinotning uzoq qismida tugʻilayotgan boʻlajak "chaqaloq" galaktikalarning yadrolari hisoblanadi.

                  • m.

Oxirgi fikr OʻzMU Astronomiya kafedrasida protogalaktikalarning nochiziqli modellarini tuzish va ularning gravitatsion beqarorliklarini topish borasida analitik hamda sonli hisob-kitob usullarida koʻrsatib berilgan. Eng uzoq K.ni Maydanak balandtogʻ rasadxonasi Oʻzbekiston FA Astronomiya instituti, Oʻz MU bilan hamkorlikda gravitatsion linzalarni zaryad yigʻuvchi matritsalar usuli bilan olib borilayotgan dasturi yordamida kuzatishmokda.

Olimlarning fikriga ko'ra, bu kuchli signallar o'zlarining asosiy galaktikalaridan ko'proq bo'lgan galaktik yadrodan kelib chiqadi. Darhaqiqat, biz kvazarlarni faqat supermassiv qora tuynukli galaktikalarda (hatto barcha qora tuynuk galaktikalarida ham) topamiz. Osmon moddasi juda yaqin bo'lsa, u millionlab darajagacha qiziydigan va juda ko'p radiatsiya chiqaradigan to'plash diskini hosil qiladi.


Download 48.3 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling