Квк 63.(50') м-3 Tarix xalq ma'naviyatining asosidir


Xorazmshohlar davlatining inqirozga yuz tutishi


Download 1.67 Mb.
bet14/20
Sana11.09.2020
Hajmi1.67 Mb.
#129279
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   20
Bog'liq
7 uzb yangisi

Xorazmshohlar davlatining inqirozga yuz tutishi
XIII asrning boshlarida Xorazmshohlar saltanati qo'shinining umumiy soni Chin­gizxon harbiy kuchiga nisbatan birmun-cha oshiqroq edi. Xorazmshoh hokimi-yati siyosiy, xususan, ma'muriy boshqaruv jihatidan mustahkam emas edi. Chunki, mansabdorlar davlat tang ahvolga tushib qolgan paytlarda o'z vazifalarini tashlab ketar, podshoga itoat-sizlik qilar, o'zboshimchalik bilan o'z bilganlaricha yo'l tutar edilar. Hatto ayrim viloyat hokimlari Xorazmshohga nomigagi-na bo'ysunib, amalda deyarli mustaqil edi. Buning ustiga Sulton oliy dargohi ichida kuchli nizo hukm surardi. Ayniqsa, Turkon xotun, ya'ni «turklar onasi» nomi bilan shuhrat topgan Sulton Muhammadning volidasi qo'shinning oliy sarkardalari hisob­langan qipchoq oqsuyaklari bilan urug'-qabila aloqalari orqali mahkam bog'langan edi. U o'z qabiladoshlari manfaati yo'lida saroyda ko'tarilgan barcha fitnalarga boshchilik qilar, hatto ularda shohga qarshi adovat ruhini uyg'unlashtirib qo'ygan edi.

  • Ichki nizo, boshboshdoqlik va fuqarolarning noroziligi kucha­yib, mamlakat siyosiy hayoti inqirozga yuz tutgan edi. Bunday o'ta xavfli vaziyatni bartaraf etish maqsadida Sulton Muham­mad o'z hukmronligining so'ngida «Davlat kengashi»m ta'sis etadi. Kengashga 6 nafar bilimdon vakillar jalb etiladi. Unda eng dolzarb masalalar muhokama etilib, qaror qabul qilinsa-da, ammo u amalda ijobiy natija bermaydi. Ana shunday vaziyatda u jangari mo'g'ul qabilalarining Chingizxon boshliq bosqiniga duchor bo'ldi.

  • 1. Mo'g'ullar davlati qanday vujudga keldi? 2. Chingizxon qaysi qo'shni davlatlarni bosib oldi? 3. Chingizxon va Xorazmshohning elchilik aloqalaridan tub maqsadlari nima edi?

    1. Chingizxon va Xorazmshoh aloqalari nima uchun keskin-lashdi?

    2. Qanday sabablar Xorazmshohlar davlatini siyosiy inqirozga olib keldi?

    3. Tayanch tushunchalar: Mudofaa rejasi; O'tror qamali; Buxoro fojiasi; Temur Malik jasorati






      Download 1.67 Mb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   20




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling