Квк 63.(50') м-3 Tarix xalq ma'naviyatining asosidir


Download 1.67 Mb.
bet4/20
Sana11.09.2020
Hajmi1.67 Mb.
#129279
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20
Bog'liq
7 uzb yangisi

Oltoy xoqonlikning markazi qilib belgilanadi. Turklarning g'arbga tomon yurishlariga Istami boshchilik qiladi. Unga «Yabg'u xoqon» degan unvon beriladiiQTez orada Yettisuv va Sharqiy Turkistonga tutashgan yurtlarda yashovchi turkiy qabila-lar bo'ysundiriladi. 555-yildayoq turklar Sirdaryo va Orol dengizi bo'ylarigacha cho'zilgan keng o'lkalarni egallaydilar. Xoqonlik chegarasi Eftallar davlati hududlariga tutashib ketgan.

558-yilda turklar Yoyiq (Ural) va Itil (Volga) bo'ylarini zabt etadi. 575-576-yilIarda Shimoliy Kavkazning bepoyon yerlari-ni egallab, Qrim yarimoroliga kirib boradilar. Natijada eftallar davlatining shimoliy hududlari xavf ostida qoldi. Bunday qulay vaziyatdan foydalangan sosoniylar Toxariston va Chag'oniyonni eftallardan tortib oladilar.

Eftallar davlatining qulashi

Turk xoqonligining eftallar bilan to'q-nashishi muqarrar edi. Bunday murakkab siyosiy vaziyat xoqonlikni Eron, so'ngra

Vizantiya bilan yaqinlashtiradi. Uzoq vaqt eftallar tazyiqida yashagan sosoniylar bu davlatning tamomila barbod bo'lishidan manfaatdor edi. Xusrav I Anushervon (531-579) tashabbusi bi­lan yuzaga kelgan o'zaro harbiy ittifoq Eron shohining Istamiga kuyov bo'lishi orqali yanada mustahkamlanadi.



Eron askarlarining Balxga hujumi ko'magida turklar 563-yilda Eftallar davlati yerlariga bostirib kiradilar. Parak (Chirchiq) vo-diysi va uning markazi Choch shahri ishg'ol qilinadi. Sirdaryodan o'tib, Zarafshon vodiysiga kirib boradilar. Ular Samarqand, Kesri va Naxshabni egallab, Buxoroga yaqinlashadilar. Sakkiz кип davom etgan shiddatli jangda eftallar qo'shini yen-giladi. Shunday qilib, janubdan Eron soso-niylaridan, shimoldan esa Turk xoqonligidan 563-567-yillarda zarbaga uchragan Eftallar davlati tamomila barbod bo'ladi. Natijada mag'lub davlatning merosi o'zaro bo'linib, Amudaryoning janubiy qirg'oqlarigacha bo'l­gan viloyatlar Eron, uning o'ng sohillari bo'ylab Kaspiy dengizigacha cho'zilgan yer-lar Turk xoqonligi tasarrufiga o'tadi.

Eftallar davlati qulagach, vaziyat tubdan o'zgaradi. Endilikda o'z chegarasini shimo-li sharqqa tomon kengaytirib olgan Eron Amudaryodan to Suriyaga qadar Ipak yo'H ustida haqiqiy sarbon bo'lib oladi. Uzoq Sharqdan Eron hududlarigacha karvon yo'li nazoratini o'z homiyligi ostiga olgan turk­lar esa Eron orqali Vizantiya bilan bevosita savdo qiladigan bo'ldi.




5-§. G'ARBIY TURK XOQONLIGI

Tayanch tushunchalar: G'arbiy turk xoqonligi; Yabg'u; Boshqaruv tartibi; Ijtimoiy hayot; Abruy qo'zg'oloni

G'arbiy turk xoqonligi tasarrufiga O'rta Osiyo va Sharqiy Turkistonning bir qis­mi kirardi. Uning markazi Yettisuv edi. G'arbiy xoqonlik ijtimoiy, iqtisodiy va madaniy jihatdan Sharqiy xoqonlikdan mutlaqo ajralib turardi. Sharqiy xoqonlik aholisining asosiy qismi chorvador ko'chmanchilar edi. G'arbiy xoqonlik aholisining kattagina qismi esa o'troq dehqonchilik, hunarmand­chilik va savdo-sotiq bilan mashg'ul edi.







Turk xoqonligining boshqaruvi
Turk xoqonligi qanchalik katta bo'lma-sin, chinakam markazlashgan davlat emas edi. Uning asosi turkiy tilda so'z-lashuvchi qabilalar ittifoqidan iborat bo'lgan. Bu ittifoqni xoqon boshqargaiu Hukmdorning hokimiyati urug'-aymoq udumlariga tayangan harbiy-ma'muriy boshqaruvga asoslangan. Mamlakat ko'chmanchi chorvador va o'troq dehqon aholiga bo'linardi. Ko'chmanchi chorvador aholi «budun» yoki «qora budun» nomlari bilan yuritilgan. Budun o'z navbatida qabilalar ittifoqi birlashmasini tashkil etardi. O'n o'q budun yoki elning hokimi «yabg'u» yoki «jabg'u» nomi bilan atalardi. Yabg'u darajasiga faqat xoqon urug'iga qon-qarindosh bo'lganlargina ko'tarilardi. O'n o'q el sardori bir tuman (ya'ni o'n ming) suvoriyni safga tortar edi. Bunday harbiy boiinmaning tumanboshisi «shod» deb yuritilgan.

) v




  • Budun - chorvador aholi

  • Xoqon - buyuk hukmdor, podshoh, imperator

  • Yabg'u xoqon - xoqon urug'idan bo'lgan yurt hokimi

  • Shod - o'n ming qo'shin qo'mondoni

* Yasoq - dehqonlar va chorvadorlardan olinadigan soliq

л r


VI asrda Chirchiq, Zarafshon, Qashqadaryo va Amudaryo havzalarida o'ndan ortiq voha hokimliklari mavjud edi. Ular­ning iqtisodiy va siyosiy boshqaruvi mahalliy sulola hukmdor-lari qo'lida qoldirilib, turklar ulardan faqat boj va yasoq undirib olish bilan cheklanadilar.


Xoqonlikning bo'linishi


Katta-katta qabilalar yoki qabilalar itti­foqi markaziy hokimiyatga bo'ysunmas-likka intilganlar. Turk xoqonligi tasar-ruflda bo'lgan hududlardagi hokimlar mustaqil bo'lishni istar edilar. Bu omillar xoqonlikning mustahkam markazlashgan davlatga aylanishiga imkon bermagan.

Bo'ysundirilgan hududlarni mahalliy hokimlar orqali boshqa-ruv tartibi xoqonlikni tobora zaiflashtira borgan. Buning ustiga, Vizantiya, Xitoy va Eron bilan doimiy raqobat xoqonlik ahvolini yanada og'irlashtirgan. Oqibatda, Turk xoqonligi VI asrning 80-y ill an oxirlarida ikkiga: Sharqiy turk xoqonligi va G'arbiy turk xoqonligiga bo'linib ketadi. Buyuk turk xoqonligi barpo etil­





gan el-yurt Oloy togiari sharqidan to Uzoq Sharqqacha bo'lgan hudud, ya'ni Janubiy Sibir, Urxun havzasi (Mo'g'uliston), Shi­moliy Xitoy Sharqiy xoqonlik tasarrufida bo'lgan. Mazkur xo­qonlikning poytaxti O'tukan vodiysi (Mo'g'uliston)da qaror topgan. Oloy tog'larining g'arbida joylashgan o'lkalar: Yettisuv, Sharqiy Turkiston, Sirdaryo va Amudaryo havzalari hamda ular­ga tutashgan hudud G'arbiy xoqonlik tomonidan idora etilgan, qarorgohi Yettisuvda joylashgan. G'arbiy xoqonlik o'troq voha va viloyatlarni boshqarishda qator mavjud mahalliy sulolalarni saqlab qolgan. Muhim ahamiyatga molik ayrim o'lkalarda esa turkiy hokimiyatni tashkil etish maqsadida xoqon xonadoniga tegishli mansabdorlar tayinlangan.


  1. Turk xoqonligi qachon va qayerda tashkil topdi, unga kim asos soldi?

  1. Nima maqsadda Turk xoqonligi bilan Eron o'rtasida harbiy ittifoq tuzildi?

  1. Turk xoqonligining O'rta Osiyoga yurishi qanday oqibatlar-ga olib keldi?

  2. Turk xoqonligi qanday boshqarilgan?

  3. Turk xoqonligi qanday sabablarga ko'ra bo'linib ketgan?


Xoqonlik hududlari va boshqaruv

* Mustahkam markazlashgan davlat - - bu barcha hududlari yagona hukmdor hokimiyati tomonidan ^ idora qilinuvchi davlatdir

о 'Ц- (ГО
s*s !•§

1 ^ з со Ь4 сто р

, N — В. N р



Download 1.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling