«kzt va dt» fanidan ishchi dastur bajarilishining kalendar tematik rejasi


Download 203 Kb.
bet5/11
Sana16.06.2023
Hajmi203 Kb.
#1489411
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
RAQAMLI TARIX SILLABUS TAYYOR

Jami:

12



III. Seminar mashg’ulotlar bo’yicha ko’rsatma va tavsiyalar
Seminar mashg’ulotlaridan ko’zlangan maqsad – ma’ruza darslarida olgan nazariy bilimlarini mustahlash bilan birga, seminarlar mavzulari bo’yicha tayyorgarlik ko’rish jarayonida qo’shimcha va xorijiy adabiyotlar, tarixiy manbalar bilan tanishish orqali qo’shimcha bilim oladilar. Natijada ularning bilim doiralari ilmiy jihatdan asoslangan holda kengayadi. Seminar mashg’ulotlar uchun quyidagi mavzular tavsiya etiladi:


1-mavzu. Kirish. Fanning maqsadi va vazifalari. Raqamli tarix fanining shakllanishi va taraqqiyoti. Tarix fanida axborot texnologiyalarining qo‘llanilishi.
Fanning tarixiy tadqiqotlar tizimida tutgan o‘rni. Fanning maqsadi, vazifalari. Tarix ta’limida axborot texnologiyalarining o‘rni va ahamiyati. Fanning uslubiy, ilmiy-nazariy asoslari. Fanga oid tamoyil va yangicha yondashuvlar. Fanning boshqa fanlar bilan aloqadorligi.
“Digital History” (Raqamli Tarix) tushunchasi. “Tarixiy informatika” yo‘nalishi. Digital History tadqiqot doirasi, rivojlanish tarixi. Mazkur yo‘nalishda olib borilgan tadqiqotlar. Xorij tajribasi.
Tarix fanida axborot texnologiyalari fani taraqqiyoti. Tarix va informatika. Tarixiy tadqiqotlarda axborot texnologiyalaridan foydalanish tajribasi. Fanda axborot texnologiyalaridan foydalanishning zamonaviy bosqichi hamda rivojlanish tendensiyalari.
Qo’llaniladigan ta’lim texnalogiyalari: diologik yondashuv, muammoli ta’lim. Blits, munozara, savol-javob, o’z-o’zini nazorat.
Adabiyotlar: A1; A3; A4; Q5; Q6; Q8; Q10; Q12.


2-mavzu. Axborot texnologiyasining rivojlanish tarixi. Elektron manbalarning tarixiy tadqiqotlardagi ahamiyati. Tarixiy tadqiqotlarda elektron matnning o‘rni. Tarix ta’limida elektron taqdimot ahamiyati. Matnli, statistik, kartografik va tasviriy manbalar.
Ma’lumot va ma’lumotlar modeli. Ma’lumot turlari. Ma’lumotlar tuzilishi. Matnli manbalar. Statistik manbalar. Kartografik manbalar. Tasviriy manbalar. Elektron hujjat tushunchasi. “Kompyuter manbashunosligi”ning vujudga kelishi. Tarixiy manbalar va zamonaviy axborot texnologiyalari.
Elektron matn konsepsiyasi. Elektron matn axborot manbasi sifatida. Elektron matnga bo‘lgan talab. Elektron hujjat aylanmasi. “Qog‘ozsiz texnologiyalar”.Tarixiy mantlarni skanerlash va optik qurilmalar orqali elektron shaklga o‘girish: qo‘lyozma va toshbosma matnlarni elektron shaklga o‘girishda dasturlarning imkoniyatlari va kamchiliklari. Tarixiy manbalarni elektron shaklga o‘girish tajribalari.
Taqdimot tayyorlash tizimi (Power Point). Elektron taqdimot: umumiy tushuncha, tuzilishi. Taqdimot tayyorlashning asosiy bosqichlari. Taqdimot tayyorlash dasturlari. Tarixiy jarayonlarni anglash hamda o‘qitishda elektron taqdimotlarning o‘rni va ahamiyati.

Download 203 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling