27. Xonning qurol-yarog‘i uchun ham javobgar bo‘lgan shaxs ... deb atalgan?
A) qurchi B) tavochi C) yasovul D) jevachi
28. Oliy bosh qo‘mondon va sarkardalarning alohida topshiriqlari ... deb ataluvchi zobit tomonidan bajarilgan.
A) qurchi B) tavochi C) yasovul D) jevachi
29. Harbiy qurolsozlik ustaxonasiga rahbarlik qilgan mansab bu ...
A) qurchi B) tavochi
C) Qo‘rxona boshlig'i D) jevachi
30. Shayboniylar davrida Xon kim tomonidan qo‘riqlangan?
A) qurchi B) tavochi C) yasovul D) jevachi
31. Xato ma’lumotni aniqlang.
A) Qo‘shin o'q va yoy, nayza, bolta, qilich, qalqon,
cho‘qmor kabi qurollar bilan qurollantirilgan
B) An’anaga ko‘ra, qo‘shin askarlar soniga qarab bo‘lingan.
C) O‘q va yoy asosiy qurol edi.
D) Yoy (kamon) o‘qi joylashtirib qo‘yiladigan moslama to’fang deb atalgan.
32. XVI asrda ( Shayboniylar davrida) miltiq nima deb atalgan?
A) Sadoq B) to’fang C) kejim D) manjanaq
33. Qo‘shinda to‘fangni doimiy ravishda qo‘llash ...dan boshlandi.
A) XVI asr o’rtalari B) XVI asr oxiri
C) XVI asr boshlari D) XVI asr oxirgi choragi
34. Harbiy yurish chog‘larida otlarni o'qlardan himoya qilish uchun otlar ustiga ... deb
ataluvchi maxsus yopinchiq yopishgan.
A) Sadoq B) to’fang C) kejim D) manjanaq
35. Noto’g’ri tarixiy ma’lumotni aniqlang.
A) Harbiy harakatlarda naftandoz (neftni yondirib otuvchi) va manjanaq (tosh otuvchi) qurollar, asosan, shahar yoki qal’alarni qamal qilishda, shuningdek, dushman qo‘shinining safini to‘zg‘itib yuborishda qo‘llanilgan.
B) Manbalarda qayd etilisbicha, xonlik qo'shinida zambarak ham bo‘lgan.
C) Iqtisodiy tanazzul oqibatida ashtarxoniylar
davrida xonlik muntazam qo‘shin saqlay olmadi.
D) butun XVI asrda ham o‘q-yoy otliq askar uchun asosiy qurol bo‘lib qolaverdi.
36. Shayboniylar davlati qo’shinining mis stvolli to’fanglari qaysi davlatning stvoli temirdan yasalgan to‘fanglari bilan almashtirildi?
A) Eron B) Usmonli turklar
C) Rossiya imperiyasi D) Buyuk Britaniya
Do'stlaringiz bilan baham: |