L. Musulmon sharqida fan taraqqiyoti (VII xi asr)


Download 29.5 Kb.
Sana09.01.2020
Hajmi29.5 Kb.

I. O’RTA ASR FIZIKASI (VI – XI ASRLAR)

Reja:Yunonistonda fan va madaniyat inqirozi. Musulmon renessansi. Sharq akademiyalari. Al-Ma’mun akademiyasi. Al-Xorazmiy, Ahmad Al- Farg’oniy, Abu Nasr Forobiy, Umar Hayyomlarning ilmiy merosi.


Aristotel va Ptolemeydan keyin Yunonistonda fan va madaniyat inqirozga uchraydi. Fan va madaniyat markazi Sharq mamlakatlariga Xitoy, Hindiston VII asrlardan boshlab musulmon sharqi: Bog’dod, Damashk„ Xorazm, Urganj, Samarqandga ko’chdi. Arab xalifaligi davrida arab tili yagona ilmiy til bo’lib shakllandi. Ushbu davrda asosan mexanika va optika fanlari keng rivojlandi. O’rta asrlardagi fizika fani taraqqiyotini quyidagi davrlarga bo’lib o’rganish mumkin:

l. Musulmon sharqida fan taraqqiyoti (VII — XI asr)


2. Yevpropa feodal fani rivoji (XI — XV asr)
3. Tabiatshunoslikda tajriba — kuzatish davrining yuzaga kelishi (XV— XVIII asr).

1) O’rta Osiyo va Sharqda musulmonchilik o’rnatilishi bilan bu davlatlar o’rtasida savdo-sotiq fan va madaniyat rivojlandi. Tabiiy fanlar rivojiga avvalo iqtisodiy va ijtimoiy omillar sabab bo’ldi. Dexqonchilik uchun yil fasllarini aniqlash, sug’orish inshootlarini qurish, ilmi nujum, astrologiya, savdo-sotiq uchun tarozi, suv chiqarish uchun chig’iriq ulkan imoratlar, maqbaralar qurishda mexanik moslamalar ixtiro etishni taqozo etardi. Bizning Ona Vatanimiz zaminidan yetishib chiqqan allomalarimiz: al-Xorazmiy, al-Farg’oniy, al-Beruniy, Ibn Sino, Forobiy, Ulug’beklar matematika, fizika va astronomiyaga doir ko’plab ilmiy asarlar yaratishdi.

I. Abu Abdullo Muxammad Ibn Muso al-Xorazmiy — 780 yillarda Xiva shahrida tug’ilgan, 850 yilda Bog’dodda vafot etgan.

Xorazmiy o’qish, yozish va sanashni mahalliy diniy maktab-madrasada o’rgandi. U O’rta Osiyoning juda ko’p shaharlarida bo’lib, geografiya, tarix, astronomiya bo’yicha o’z bilimlarini boyitdi. O’z ona tili bilan bir qatorda fors, arab va Hindistonning adabiy tili — sanskritni o’rgandi. U qadimgi turk tili bilan, ba’zi ma’lumotlarga ko’ra, hatto, qadimgi yaxudiylar tili bilan tanish edi.Vatandoshimiz Abu Rayhon Beruniyning guvohlik berishicha, «Qutayba ibn Muslim al-Boxiliy xorazmiyliklarning kitoblarini halok etib, bilimdonlarini o’ldirib, kitob va daftarlarini kuydirib yuborganligi sababli ular savodsiz qolib, o’z ehtiyojlarida yodlash quvvatiga suyanadigan bo’ldilar». VIII asrning oxiriga kelib Xorazmda ilm-fan bilan shug’ullanish qiyinlashib qoladi. Shu sababli ilmga chanqoq yosh Muhammad Xorazmiy musulmon dunyosining poytaxti Bog’dodga keladi. Bog’dodda fanning rivojlanishi asosan yunon, hind va eron olimlarining asarlarini arab tiliga tarjima qilishdan boshlanadi. Bu Xorun ar-Rashid (786-809) va uning o’g’li al-Ma’mun (813-833) xalifalik qilgan davrga to’g’ri keladi. Xorun ar-Rashidning o’g’li al-Ma’mun Bog’dodda «Baytul hikma» (Donishmandlar uyi)ni tashkil etadi. Unda juda yaxshi jihozlangan rasadxona va boy kutubxona bor edi. Xorazmiy o’zining ilmiy faoliyatini «Baytul hikma» da qadimgi yunon olimlari Yevklid, Arximed, Appoloniy va boshqalarning hamda qadimgi hind astronom va matematiklarining asarlarini qunt bilan o’rganish va ularni arab tiliga tarjima qilish bilan boshlaydi. Tez orada u «Baytul hikma»dagi ilmiy ishlarga rahbarlik qila boshlaydi. Al-Xorazmiygacha Akademiyada quyidagi olimlar, tarjimon va hattotlar ishlagan. Munajimlardan: Ibn al Kiftiy, Muhammad al Nazariy, Abu Ishoq, Ibrohim al Fazariy, Yoqub ibn Tariq tarjimonlar: Joir ibn Xayyan, Abu Hasan, Solmon, Abu Zanare va h.k. Al-Xorazmiyning ilmiy merosi


Xorazmiyning astronomiyaga doir ishlari

Al-Xorazmiy


(780-850)
l-Xorazmiyning «Az-zij al-Xorazmiy», («Astronomik jadval») asari, o’zi saqlanmagan bo’lsada, 1126 yildagi lotin tilidagi tarjimasi saqlangan, Nyut va Gershellar davrigacha asosiy astronomik jadval sifatida foydalanilgan. U Yerning 10ga to’g’ri keluvchi meridianini aniqlagan. Aniqlik darajasi 1% dan kichik; 111815 metr (hozirgi hisob bo’yicha 110938). Matematika va astronomiya tarixida VII-XV asrlar orasida yuzga yaqin «Zij» yaratilganligi ma’lum. Shular orasida Mas’udiy, Ulug’bekning «Ziji Ko’ragoniy»lari bo’lib, Xorazmiyning ziji O’rta asr Sharqida eng qadimgi zij hisoblanadi.

II. Xorazmiy arifmetikasi.

Xorazmiyga dastlabki olamshumul shuhratni uning «Hisob al — Hind» (Hind hisobi) nomli asari keltirdi. Bu risola amaliy arifmetikaga doir bo’lib, unda birinchi marta unli pozision sistema amaliyotga tatbiq etiladi. Xorazmiy arifmetikasining Yevropaga bunchalik tez tarqalishiga sabab u taklif etgan sistema bo’yicha hisoblashning juda ham qulayligidir. Rim raqami bilan qo’shish va ko’paytirish juda katta noqulaylikka olib keladi. Al-Xorazmiy arab alifbosidagi sonlarning ifodalanishini Hind sanoq tizmidan olib, uning jahonga tarqalashiga o’z hissasini qo’shadi. Quyida rim, arab va hozirgi paytda ishlatiladigan sonlar keltirilgan:

X IX VIII VII VI V IV Sh II I - Rim raqami.

• ’ ٧ ٨ ٤ ٥ ٦ ٣ ٢ ١ - Arab raqami.

0 9 8 7 6 5 4 3 2 1 - Hozirgi raqamlar.


III. Xorazmiy algebrasi

Hozirda umumta’lim maktablarida o’qitilayotgan algebra fanining shakllanishida al-Xorazmiyning xizmati benihoyadir. «Algebra» atamasi Xorazmiyning «Al-kitob al-muxtasar fi hisob al-jabr va-l- muqobala» («Aljabr va muqobalo hisobi haqida qisqacha kitob») nomli risolasidagi «aljabr» so’zining lotincha yozilishidan olingan. Bu asarning 1342 yilda ko’chirilgan arabcha nusxasi bizgacha yetib kelgan va u hozir Oksford universiteti kutubxonasida saqlanmoqda. Xorazmiy ushbu asarining kirish qismida shunday deydi: «Men al-jabr val-muqobala hisobi uchun zarur bo’ladigan uch xil son: ildizlar, kvadratlar va kvadratlarga ham, ildizlarga ham tegishli bo’lmagan sodda son borligini topdim». Xorazmiy ildiz deb x noma’lumni, «kvadrat» deb kvadrat ildizni, «sodda son» deb esa natural sonni ataydi. Xorazmiy ushbu uchta sonlar orasida quyidagi olti xil munosabat bo’lishini aytadi. 1) sx2 = bx (kvadrat ildizlarga teng); 2) sx2 = a (kvadratlar songa teng); 3) bx = a (ildizlar songa teng); 4) ax2 + bx =s (kvadratlar va ildizlar songa teng); 5) ax2 = bx + s kvadratlar ildizlarga va songa teng); 6) bx = s + ax2 (ildizlar son va kvadratlarga teng). Xorazmiyning ushbu tenglamalari barcha arab va o’rta asr Yevropa mamlakatlarida yozilgan algebraga doir hamma kitoblarda uchraydi. Xorazmiy ushbu tenglamalarni yechish usullarini ko’rsatish bilan birgalikda uning geometrik usulda ham isbotini keltiradi. Al-Xorazmiy nomi turli tillarda turlicha talqin qilinib kelindi: «Algarizmus», «Al Xorezmos», «Algoritmus», «Alxvarizius», «Algoritm» kabi.Faqatgina 1849 yili fransuz olimi Jon Reyno algoritm so’zi Muhammad al Xorazmiy nomidan kelib chiqqanligini isbot qildi.


IV. Xorazmiyning geometriyasi


Xorazmiy asarining geometriyaga doir bo’limida «O’lchamlar haqida» turli shakllar (uchburchak, kvadrat, doira, prizma)ning yuzalarini o’lchashda algebraning tatbiqini ko’rsatgan. Bu bilan Xorazmiy geometriyasi Yevklid va Arximed geometriyasidan o’zining mukamalligi bilan ajralib turadi. Xorazmiy doiraning yuzi uning diametrining yarmi bilan aylana uzunligining yarmining ko’paytmasiga teng deb oladi:
R-aylana radiusi. Doira yuzasini hisoblaydigan munosabat kelib chiqadi. Xorazmiy π soni uchun uch xil munosabatni keltiradi:
Xorazmiyning geografiyaga doir ishlari Xalifa al-Ma’mun «Donishmandlar uyi» olimlariga osmon va Yerning batafsil xaritasini tuzishni buyuradi. Bu muammo ustida ko’p olimlar ish olib borishadi, Xorazmiy ularga rahbarlik qiladi. Natijada 840 yilda «Majmui al-Ma’mun» (Dunyo xaritasi) nomli asar nihoyasiga yetkaziladi. Ushbu asarga doir Xorazmiy «Surat al-arz» (Yer surati) nomli risola yozadi. Xorazmiyning ushbu asari juda ko’plab sharqshunos olimlarni qiziqtirib kelgan. Shulardan biri chex olimi Gans Mjik 1926 yilda ushbu asarni to’laligicha arab tilida nashr ettirgan.
Xorazmiyning ushbu asarida 537 joy nomlari, 203 ta tog’ nomlari, dengizlar va orollarning nomlari va nihoyasida daryolarning nomlari berilgan. O’zbek sharqshunos olimi H. Hasanov o’zining «Sayyoh olimlar» (Toshkent, 1981 y.) asarida Xorazmiy «Geografiya»sining yunon olimi Ptolemeyning shu nomdagi asaridan farqini izohlab, uning Ptolemey asaridan ancha mukammalligini ta’kidlaydi. Xorazmiyning ushbu asari sharq mamlakatlari geografiya fani bo’yicha yangi asar hisoblanib, undan juda ko’plab sharq va g’arb olimlari foydalanishgan. Buyuk vatandoshimiz Xorazmiyning asarlari matematika, astronomiya, geografiya fanlarining shakllanishiga ulkan hissa qo’shdi. Xorazmiy fizika fani bilan maxsus shug’ullangan bo’lmasa-da, fizika fanining nazariy asosi bo’lgan algebra, geometriya, trigonometriya fanlarining yaratilishiga munosib hissa qo’shdi. Masalan, amerikalik sharqshunos olim D. Sarton «Xorazmiy barcha zamonlarning eng ulug’ matematiklaridan biridir», — deb ta’kidlaydi. Xorazmiy buyuk olim, murabbiy va ko’pgina tabiiy fanlarning asoschisi hamdir.

Ahmad Al-Farg’oniy (797-865)




Al-Farg’oniy Farg’ona vodiysining Qubo (Quva) qishlog’ida tug’ilgan. 813 yilda arab xalifaligi taxtiga Xorun ar-Rashidning o’g’li Abdulloh (al- Ma’mun) o’tiradi. Al-Farg’oniy Bog’doddagi «al-Ma’mun» akademiyasida (Baytul hikma) faoliyat olib boradi. Bu akademiya ixtiyorida ikkita rasadxona faoliyat ko’rsatar edi. Biri Bog’dod shahrining ash-Shammosiya mavzesida bo’lib, ikkinchisi Damashq shahri yaqinidagi Kasiyun tepaligida edi. Al-Ma’mun akademiyasida buyuk matematik va astronom, vatandoshimiz al- Xorazmiy faoliyat ko’rsatar edi. Al-Farg’oniy ilm izlab Farg’onadan Bog’dodga borib, al-Xorazmiy bilan tanishadi va uning rahbarligida Damashq shahridagi rasadxonada o’z ilmiy izlanishlarini davom ettiradi. Vatandoshimiz Abu Rayhon Beruniyning guvohlik berishicha, al-Farg’oniy Suriya shimolidagi Sinjor sahrosida 832-833 yillarda Tadmur va ar-Raqqa oralig’ida yer meridianining bir darajasi uzunligini o’lchashda ishtirok etganligini ta’kidlaydi. Al-Farg’oniyning asosiy astronomik asari «Samoviy harakatlar va umumiy ilmi nujum haqida kitob» (Kitob al- harakat as-samoviya va javomi’ ilm an-nujum) XII asrda Ovrupoda ikki marta lotin tiliga va XIII asrda boshqa Ovrupo tillariga tarjima qilinadi. Natijada, uning lotinlashtirilgan nomi «Alfraganus» shaklida Ђarbda keng tarqaladi. Uning ushbu kitobi Ovrupa universitetlarida astronomiyadan asosiy darslik vazifasini o’tagan. Hozirgi kunda al-Farg’oniyning sakkiz asari ma’lum bo’lib, ularning hammasi astronomiyaga aloqadordir. Qo’lyozmalari dunyo kutubxonalarining barchasida bor. «Asturlab yasash haqida kitob» - Berlin, Mashhad, Parij va Tehron kutubxonalarida saqlanmoqda. «Asturlab bilan amal qilish haqida kitob» nomli asarining birgina qo’lyozmasi Rampur (Hindiston) shahri kutubxonasida saqlanmoqda. «Al-Farg’oniy jadvallari» qo’lyozmasi Patna (Hindiston) shahrida, «Oyning Yer ostida va ustida bo’lish vaqtlarini aniqlash haqida risola» qo’lyozmasi Qohira shahrida, «Yetti iqlimni hisoblash haqida risola» qo’lyozmasi Gota va Qohira shahrida, «Quyosh soatini yasash haqida kitob» qo’lyozmasi Halab va Qohira shaharlarida saqlanmoqda. Al-Farg’oniyning faqat ikkita asari o’rganilgan, qolganlarini o’rganish o’z navbatini kutib yotibdi. Uning asarlari to’liq tahlil qilinsa, alloma bobomiz ijodining yangi qirralari ochiladi va uni jahon fani va madaniyatiga qo’shgan ulkan hissasi yanada yaqqolroq namoyon bo’ladi. Al-Farg’oniy nafaqat nazariyotchi olim, balki asl amaliyotchi muhandis ham bo’lgan. U o’z hayoti davomida rasadxona qurilishiga, astronomik asbob va uskunalar yasashga boshchilik qilgan. U Nil daryosida suv sathini o’lchaydigan asbob (nilometr) yaratib, uni ishlatish yo’llarini ko’rsatib bergan va o’zi ham shaxsan ishtirok etgan. Chunki Nil daryosi yoqasida istiqomat qiluvchi aholining dehqonchilik ishlarini boshlashi uchun qurg’oqchilik va suv toshqinlaridan ogohlantirib turish o’sha paytlarda muhim ahamiyatga ega bo’lgan. Nilometr asbobining ishlashi fizikadan hozirgi kunda ma’lum bo’lgan tutash idishlar qonuniga asoslangan. Demak, tutash idishlar qonunini al-Farg’oniy amalda qo’llagan. Ammo fizika tarixida tutash idishlar qonuni XVII asrda yashagan Fransuz olimi Blez Paskal nomi bilan bog’lanadi. Ayon bo’ladiki, vatandoshimiz Al-Farg’oniy tutash idishlar qonunini Ovrupa olimlaridan 800 yil avval amaliy sohalarda qo’llagan.Mustaqillik tufayli buyuk ajdodlarimizning bebaho ilmiy meroslaridan bahramand bo’lish baxtiga erishdik. Mustaqillik tufayli ulug’ alloma vatani Farg’onada uning nomiga ulkan bog’ va memorial haykali o’rnatilib, 1998 yilda Al-Farg’oniyning 1200 yillik to’yi Respublika miqyosida keng nishonlandi.

Abu Nasr - Forobiy (873-950)

Abu Nasr Muhammad ibn Muhammad ibn Uzlug’ Tarxon-Sirdaryo yoqasidagi Forob (O’tror) degan joyda tug’ilgan. Sharq mamlakatlarida uning nomi ulug’lanib, «Al-Muallim as-soniy», «Ikkinchi muallim» (Aristoteldan keyin) yoki Sharq Aristoteli deb yuritilgan. U boshlang’ich ma’lumotini ona yurtida, so’ngra Toshkent (Shosh), Buxoro, Samarqandda oladi. Keyinroq o’z ma’lumotini oshirish maqsadida arab mamlakatlarining madaniyat markazi Bog’dodga keladi. U 70 dan ortiq tilni bilgan, 941 yildan boshlab Damashqda yashagan. Shahar chekasidagi bog’da qarovul bo’lib kamtarona hayot kechirgan. U 950 yilda Damashqda vafot etadi va «Bob as-sag’ir» qabristonida dafn etiladi. Forobiyning ilmiy merosi. Forobiy o’z zamonasining ensiklopedik olimi bo’lib, jami 160 dan ortiq asar yozgan. Uning asarlarini mazmuniga qarab 7 guruhga bo’lish mumkin:

1) falsafaning umumiy masalalariga doir;


2) inson bilish faoliyatining falsafiy asoslari;
3) falsafa va tabiiy fanlar mazmuni;
4) moddaning miqdori, fazoviy va hajmiy munosabatlar, ya’ni matematika fanlari, arifmetika, geometriya, astronomiya va muzikaga doir asarlar;
5) modda xossalari, tabiiy fanlar — fizika, kimyo, optika, tibbiyot, biologiya;
6) tilshunoslik, she’riyat, notiqlik san’ati, xattotlik;
7) ijtimoiy - siyosiy hayot, davlat tuzumi va uni boshqarish, axloq, odob, tarbiya, huquqshunoslik, etika, pedagogikaga doir.

Forobiy insonning amaliy faoliyati uchun tabiiy fanlarning ahamiyatini yaxshi tushunadi. U Yunon tabiatshunoslari Evklid, Ptolemey va Galen kitoblariga sharhlar yozadi, matematikaga doir ilmiy izlanishlar olib borgan.Forobiyning fizikaga doir asarlari — «Hajm va miqdor haqida so’z» (Kalom fi-l xiyz va-l miqdor), «Fazo geometriyasiga kirish haqidagi qisqartma kitob» (Kitob al-madhal ila-l handasat al-vaxmiyati muxtasarsan), «Astrologiya qoidalari haqida mulohazalarni to’g’rilash usuli haqida maqola» (Maqola fi-l jihat allayati yassehu alayho al qavl bi ahkom an-nujum), «Fizika usullari haqida kitob» (Kitob fi usul ilm at-tabiat). Forobiy «Yulduzlar haqidagi qoidalarda nima to’g’ri, nima noto’g’riligi to’g’risida» risolasida osmon jismlari bilan Yerdagi hodisalar o’rtasidagi tabiiy aloqalarni, xususan, bulutlar va yomg’irlar paydo bo’lishining Quyosh issiqligi ta’sirida bug’lanishiga sababiy bog’liqligini yoki Oy tutilishini Yerning Quyosh bilan Oy o’rtasiga tushib qolishi deb tushuntiradi. Forobiy Sharq olimlari orasida birinchilardan bo’lib fizika fanining taraqqiyotiga munosib hissa qo’shdi. Uning ilmiy merosidan U.Xayyom, Abu Rayhon Beruniy, Ibn al-Xaysam va Ibn Sinolar foydalanishdi.

Umar Xayyom (1048 - 1123)
G’iyosiddin Abdulfotih Umar Ibn al-Xayyom an-Nishopuriy 18 may 1048 yil Nishopur shahrida dunyoga kelgan. «Xayyom» so’zi - chodir degan so’zdan olingan, ya’ni uning otasining kasbi chodir yasaydigan usta bo’lgan. U 1131 yilda Nishopurda vafot etgan. U asosan matematik va astronom sifatida mashhur bo’lgan. Ammo uning ruboiylari ham olamga mashhurdir. U 50 ga yaqin kitoblar yozgan, ammo bizgacha yetib kelmagan. U binomial teoremani Nyutondan 550 yil avval ixtiro qilgan. «Arifmetikaning qiyin savollari», «Algebra va al-muqobala masalalarining isboti to’g’risida» asarlari mashhurdir. Navro’z bayramining 22 martda nishonlanishini va u 33 yillik sikl bilan bo’lishini ko’rsatgan. 33 yildan 25 yili oddiy, 8 yili kabisa yili deb ataladi. U Balx, Buxoro, Samarqand va boshqa shaharlarda o’qib ulg’ayadi, 1074 yildan boshlab Isfahon rasadxonasiga rahbarlik qiladi. Umar Xayyom kalendari 1079 yildan boshlab qo’llanila boshlangan. Yevropaga qabul qilingan Grigoryan kalendaridan 500 yil oldin u o’zining kalendarini ixtiro qilgan edi. Uning «Navro’znoma» asarida oy nomlari, bayramlar, turli xil afsonalar keltiriladi. Xayyom bir necha asarlarida Ibn Sino fikrlarini targ’ib etadi va o’zini uning shogirdi deb qaraydi. Umar Xayyomni biz ruboiylari bilan shoir sifatida yaxshiroq bilamiz. Ammo shoirlik uning asosiy faoliyati bo’lmagan. U o’zining matematika, astronomiya va tabiiy fanlar sohasida olib borgan ilmiy izlanishlarini mohirlik bilan falsafiy ruboiylar (to’rtliklar) tarzida ifodalangan. Ushbu to’rtliklarga e’tibor beraylik:

Sen-mendan oldin ham tunu-kun bor edi,


Aylangan falak ham butun bor edi,
Tuproqda avaylab qadamingni qo’y,
Bu tuproq qora ko’z bir nigor edi.
Dunyoning tilagi, samari ham biz,
Aql ko’zin qorasi-javhari ham biz,
To’garak jahonni uzuk deb bilsak
Shaksiz uning ko’zi-gavhari ham biz.

Endi Umar Xayyomning fizika sohasida olib borgan ilmiy izlanishlariga to’xtalamiz. U Beruniyning moddalarning solishtirma og’irligini aniqlash usulini takomillashtirib, gidrostatik tortish usuli yordamida aralashmali qotishmalar tarkibini aniqlashning tajriba va matematik usullarini yaratdi. U o’zining «Aql tarozisi» asarida oltin va kumushdan tashkil topgan qotishmadagi oltin va kumush miqdorining proporsiya va algebraik usulini bayon qildi.


O’RTA ASR FIZIKASI (XI-XV asrlar)


Ibn Al-Xaysan

(965-1039)y


bn Al-Xaysam 965 yilda tug’ilgan, 1039 yilda Qohirada vafot etgan. U Beruniyning zamondoshi bo’lib, o’rta asrning buyuk fizigi deb tan olingan va Yevropada Alxazen nomi bilan atalgan. Shu bilan birgalikda u mashhur matematik va astronom sifatida ham nom qozongan. Uning Optikaga doir fikrlari o’sha paytda fanda ancha ilg’or qarash bo’lgan. Masalan, uning optikaga doir birinchi postulati: «Tabiiy yorug’lik va rang nurlari ko’zga ta’sir etadi». U tajriba va kundalik kuzatishlarga asoslanib, ushbu fikrni bayon etadi: «Quyosh nuri ko’zga tushsa, ko’z og’riqni sezadi». Tabiiy nur deb quyosh nurini, rangli nur (monoxromatik) deb jismlardan qaytgan nurlarni ataydi.Ikkinchi postulati: «Ko’zning ko’rish qobiliyati jismlardan chiqqan yorug’lik ta’sirida sodir bo’ladi». Ushbu fikr Yevklid va Platon nazariyasidan tubdan farq qiladi. Ibn Al- Xaysam davom etadi, «Ko’zning ko’rish qobiliyati piramida yordamida sodir bo’ladi, piramidaning bosh tarafi ko’zda, asosi esa ko’rinadigan jismlarda bo’ladi». Nima sababdan buyum tasviri ko’zda hosil bo’ladi, deb ta’kidlaydi Ibn al-Xaysam, chunki tasvir ko’zning nerv tolalarida tushadi deyilsa, u holda tasvir teskari holda ko’rinar edi. Shu sababli tasvirni piramida shaklida deb qarab tasvir ko’z soqqasida hosil bo’ladi, deb ta’kidlaydi. Ibn Al- Xaysam «Kamera-obskur» yordamida bir necha shamlardan hosil. Ko’z soqqasi tirqish bo’ladigan tasvirlar yordamida birinchi marta yorug’lik dastalari (nurlarini) mustaqillik qonunini ochadi. «Yorug’lik nurlari havoda bir- birlari bilan uchrashganda ular qo’shilib, aralashib ketmaydi»,- deb ta’kidlaydi. «Agar, deb davom etadi Ibn Al-Xaysam, nurlar o’zaro aralashib ketganda edi, buyumlarning tasviri ham aralashib ketib, ularni aniq ko’rish mumkin bo’lmas edi. Uning bu fikri optikaning asosiy qonuni: Yorug’lik nurlarining mustaqillik qonuniga mos keladi. «Aql tarozisiga doir kitob» asari o’rta asrlarda fizika kursi bo’yicha asosiy darslik bo’lib xizmat qilgan. Ushbu asarida u yorug’likning turli muhitlarda sinishini tushuntirishda mexanik tushunchaga asoslanadi, ya’ni gorizontga otilgan jismlar tezligini ikkita parallel va perpendikulyar tashkil etuvchilarga ajratadi va uni yorug’likning sinish hodisasiga nisbatan qo’llaydi. Yorug’lik optik jihatdan zichroq muhitga o’tganda tezlikning normal tashkil etuvchisi ortadi va yorug’lik normal tomonga o’tadi yoki tezligi oshadi degan noto’g’ri fikrga keladi. Ammo uning birinchi marta yorug’lik tezligini V1 va V2 tashkil etuvchilarga ajratishi yorug’lik to’g’risidagi g’oyalarning rivojlanishiga asos bo’ladi. Ibn Al-Xaysam fikricha, yorug’lik optik zichligi kichik muhitdan katta muhitga o’tganda uning tezligi oshadi. Albatta, uning bu fikri noto’g’ri edi, ammo uning qarashlari asosida R.Dekart yorug’likning sinish qonunini ochadi. Ibn Al-Xaysamning asarlari XP asrda lotin tiliga (1114-1187y.G. Kramovskiy) tomonidan tarjima qilindi va 1580 yilda qayta chop etilgan.
Ibn al-Xaysamning optikaga doir ilmiy ishlari Yevropada zamonaviy optika fanining yuzaga kelishiga asos bo’ldi.

Abu Rayhon Beruniy (973-1048)


Abu Rayhon Muhammad ibn Ahmad Beruniy 973 yilda qadimgi Xorazm poytaxti Kot (Qiyot) shahri yaqinida tug’ilgan. Qiyot — hozirgi Qarning Beruniy tumani (Shoboz) shahri hisoblanadi. Beruniy so’zi forscha «Berun» (tashqari) so’zidan kelib chiqqan, ya’ni shahar tashqarisidan yoki shahar tashqarisida tug’ilgan degan ma’nolarni anglatadi. Olimning otasini Ahmad, o’zini Muhammad deb atashgan. Hozirga qadar Beruniyning 152 ta asari ma’lum, shundan 32 tasi bizgacha yetib kelgan. Jami asarlarining 70 tasi astronomiyaga, 20 tasi matematikaga, 12 tasi geografiya va geodeziyaga, 4 tasi minerologiyaga, 1 tasi fizikaga, 1 tasi dorishunoslikka, 15 tasi tarix va etnografiyaga, 4 tasi falsafaga, 18 tasi adabiyotga bag’ishlangan. U 50 yoshida eron, fors, arab, yahudiy va yunon tillarini mukammal bilgan. Beruniy astronomiyaga doir asarlari bilan geliosentrik nazariyani olg’a suradi. Ekliptikaning og’maligini aniqlab, bir yilda 52 sekundga kamayishini (hozirgi natija 47 sek.) aniqladi. U kvadrant astralyabiga o’xshash asboblar ixtiro qiladi. Yer aylanasi 40000 km ekanligini topadi. O’z asarlarida Yerni shar shaklida ekanligini e’tirof etib, Yer sharining bizga teskari tomonida ham materiklar mavjud ekanligini isbotlab, Kolumbdan bir necha yuz yil oldin Amerika qit’asini mantiqiy ravishda ochadi. 1048 yilda «Minerologiya» asarini yaratadi, bu asari ikki qismdan iborat bo’lib, 1- qism 36 bobni o’z ichiga olib, u qimmatbaho toshlarga bag’ishlangan. 2- qismi 12 bobdan iborat bo’lib, metallarga bag’ishlangan. Beruniy fizikaning mexanika, akustika, issiqlik, yorug’lik, elektr va magnetizm masalalariga doir fikrlarni olg’a suradi. Materiya, o’lchov birliklari, tezlik, chiziqli va burchak tezlik, og’irlik va solishtirma og’irlik, tutash idishlar, vodoprovod, buloqlar, fontan, artezian quduqlari, bo’shliq, atmosfera bosimi, konveksiya, suyuqlik zarrachalari orasidagi tortishish kuchi, inersiya, erkin tushish hodisalari, oddiy mexanizmlar g’oyasini boyitadi. U yorug’likni moddiy zarrachalar dastasi deb qaraydi. Yorug’lik tezligini tovush tezligi bilan taqqoslaydi. Yorug’likning qaytishi va sinishi, ranglarga bo’linishini tushuntirishga urinadi. Elektron so’zining sharqda atalishi «kahrabo» so’zining ma’nosini tushuntiradi. «Kah» — somon, «rubo» - o’g’irlamoq (tortib olish) degan ma’noni anglatadi, ya’ni qahrabo junga ishqalanganda yengil (somon) parchalarini tortishi sababli shunday deb nomlangan.


Ba’ zi moddalarning solihtirma og irliklari

1. Oltin


2. Simob
3. Kumuh
4. Qurg’oshin
5. Mis
6. Temir

Beruniy hozirda

19,810~Н/м 19,3.10~Н/м'
13,55 14,19
10,42 10,5
11,47 11,34
8,71 8,89
7,98 7,83

Beruniy idishi

U gidrostatik tortish usuli bilan 50 dan ortiq moddalarning solishtirma og’irligini aniqlagan. Jadvalda bir necha moddalarning Beruniy tomonidan o’lchangan va hozirda ma’lum bo’lgan solishtirma og’irliklari keltirilgan. Ushbu jadvaldan ko’rinadiki, natijalar orasidagi farq unchalik katta emas. Bu narsa Beruniy juda mukammal tajriba usulidan foydalanganligidan guvohlik beradi. Beruniy o’zining «Minerologiya» nomli asarida ta’kidlashicha, u juda ko’p izlanishlar va urinishlar natijasida gidrostatik tortish ishlari uchun maxsus idish ixtiro etganligini yozadi. Ushbu idishning ostki qismi konus shaklida, bo’yin tomoni silindrsimion bo’lib, uning o’rtasidan teshik ochilib ingichka naycha ulangan. Idishga suv to’ldiriladi va unga solishtirma og’irligi aniqlanishi lozim bo’lgan jismlar tushirilganda, ushbu naychadan ma’lum miqdorda suv tarozi pallasiga oqib tushadi. Oqib tushgan suv og’irligi tarozida tortilib va u namuna siqib chiqargan suv og’irligi bilan taqqoslanib, jismlarning solishtirma og’irligi aniqlanadi. Beruniy erishgan ilmiy natijalar va uning Minerologiya asaridan Sharqning buyuk olimlaridan Umar Xayyom, Nosiriddin at- Tusiylar o’z ilmiy izlanishlarida keng foydalanishgan.

Beruniy bilan Ibn Sino bir davrda yashagan. Ular o’rtasida doimo ilmiy muloqot bo’lib turgan. Masalan, Ibn Sino savollariga Beruniy bergan javoblarini keltiramiz:

Savol: Toza suv to’ldirilgan yumaloq shisha idish quyosh nurini to’plab xuddi tiniq tosh kabi kuydirishi mumkin, agar havo bilan to’ldirilsa, u kuydirmaydi, nima uchun?

Javob: Albatta, suv qalin, vazmin, tiniq bir jism bo’lib, uning zotida bir oz rang bor. Shunday sifatdagi har bir narsadan yorug’lik akslanadi (sinadi). Shu’laning to’planishidan, kuydirish quvvati hosil bo’ladi. Havoda shu’la kuchli akslanmaydi, chunki havo nozik yupqa va tiniqdir.

Ikkinchi savol: Agar jismlar issiqlikdan kengayib, sovuqdan toraysa, ichidagi suvi yaxlab qolgan idishlar yorilishining sababi nima?

Javob: Jism qizib, kengayib joy talab qiladi, shunga o’xshash jism sovub kichikroq joy olgach, idishda bo’shliq hosil bo’ladi. Natijada sovuqlik idishni sindiradi.

Uchinchi savol: Nima uchun muz suv yuzida bo’ladi, holbuki, muz sovuqlik bilan qotishi sababli, Yer tabiatiga yaqinroq edi?

Javob: Suv yaxlagan vaqtda suvda havo bo’lakchalari qalashib qolib, yaxni suv tagiga cho’kishidan saqlaydi.

Ikki alloma o’rtasidagi ushbu ilmiy muloqot zamonaviy fizik tasavvurlarga ancha yaqin keladi, ammo o’sha davrga nisbatan ancha ilg’or fikrlar edi.

Al Beruniy «Minerologiya» asarida oltin, kumush, simob, temir, mis, qalay, qo’rg’oshinlarning xossalarini, ularning klassifakasiyasini, qazilish joylarini va ularni qayta ishlash haqida ma’lumot beradi. Ushbu asarida Al Beruniy «Marvarid» toshining optik va fizikaviy xossalari, uning turli tillarda (arab, fors, yunon, suriyon) atalishi, qaysi dengizlardan olinishi, olinish usullari va uni baholash haqida hikoya qiladi.

Abu Rayxon Beruniy

(973-1048) y


eruniy «Mas’ud jadvali» asarini 1030 yilda yozib tamomlagan, u II bo’limdan iborat: uning I bo’limida kun, oy, yil va o’sha vaqtda ma’lum bo’lgan kalendarlarga izoh beriladi. II bo’limda turli xalqlardagi yil sanalari haqida, keyingi bo’limlarda astronomiya masalalari yoritiladi. Beruniy turli xil yulduzlar haqida ulardan ko’zga ko’rinadigan 1017 tasi to’g’risida ma’lumotlar beradi va ularni yorqinligi bo’yicha 6 turga bo’ladi.

Yer shari ekliptikasining og’ishini juda katta aniqlikda o’lchagan: 230 34' ga teng, bu natijaga u 20 yillik kuzatishdan so’ng erishadi. Ekliptika og’ish burchagining turli davrda turli olimlar tomonidan aniqlangan qiymatini keltiramiz:

Ptolemey — 230 51'

Arablar — 230 35'

Xorazmiy — 230 51'

Al Farg’oniy — 230 35'

Xo’jandiy – 230 32’

Ekliptikaning og’ish burchagi har 100 yilda taxminan 52 sekundga kamayishini aniqlangan. Hozirgi paytda o’lchangani bo’yicha har 100 yilda 47 sek. kamayar ekan.

Al Beruniyning «Hindiston» nomli asarining 1159 yilda ko’chirilgan qo’lyozmasi nusxasi hozirda London kutubxonasida saqlanmoqda. Asar 1031 yilda yozib tugallangan. Ushbu asarida Beruniy hindlarning astronomik va matematik bilimlariga ularning xatolari va xulosalariga baho beradi. Beruniy birinchi marta artezian quduqlarni qazishni izohlab bergan edi. Vaholanki, Yevropada 1126 yilda Lils tomonidan artezian qudug’i ixtiro qilinadi va uning nomi bilan bog’lanadi. Demak Beruniy artezian quduqlar nazariyasi va amaliyotini Yevropa olimlaridan 100 yillar oldin izohlab bergan ekan.

Ibn Sino


(980-1037)
uxoro yaqinidagi Afshona degan qishloqda tug’ilgan, 10 yoshida Qur’oni Karimni yod olib, 16 yoshida barcha bilimlarni egallaydi. U ensiklopedik olim bo’lib, g’arbda Avisina nomi bilan mashhur tabib sanaladi. «Tib qonunlari» asari tibbiyotda hozirgacha asosiy qo’llanma bo’lib xizmat qilib kelmoqda. Uning tabiatshunoslikka oid asarlarida «Donishnoma», «Miyar al - akul» (Aqmar o’lchovi) asosan Aristotel va Geron Aleksandriyskiy asarlari asos qilib olingan.

Ibn Sino oddiy mexanik moslamalarning tuzilishi va ishlashini asoslab beradi.

Boshqa olimlardan farqi o’laroq Ibn Sino ushbu oddiy mexanik moslamalarni birgalikda ishlatish orqali kuchdan katta yutuq berishlik g’oyasini yaratadi. Ibn Sino asarlarida Ona zaminimizda foydalanib kelingan tegirmon, objuvoz, o’g’ir (sholini tuyadigan moslamalar), charxpalak (suv ko’targich asbobi) omoch va hokazolar tuzilishi va ishlatish yo’llari yoritib berilgan. Bizning ota-bobolarimiz tomonidan Samarqand, Buxoro, Urganch va boshqa ko’pgina qadimiy shaharlarimizda bunyod etilgan osmono’par minora-yu, imoratlar, ulkan jome masjidlari qurilishida mexanik moslamalardan mohirona foydalanib kelishgan. 1-5 rasmlarda ushbu moslamalarning ayrimlarining tuzilishi keltirilgan. Ibn Sino mexanikaning dinamika masalalariga doir ham ilg’or g’oyalarni ilgari surgan. U asosan Aristotel nazariyasiga asoslansa-da, ammo uning ba’zi fikrlariga qo’shilmagan. Ibn Sino yunon olimi I.Filopon g’oyasini rivojlantirib, mexanik harakatning sababi havoning ta’siri emas, balki jismga berilgan «impetus» («mayl») deb ta’kidlaydi. U o’zining «Kitob ash-shifo» asarida jismlarning harakatiga sabab unga qo’yilgan kuch (quvvat) va «mayl» jismni harakati davomida havoning qarshiligini yengish uchun isrof bo’la boradi, deb aytadi. Ibn Sino inersiya to’g’risida ham ilg’or fikrlarni bayon etadi. Harakatni u uchga bo’ladi: psixik, tabiiy va majburiy. Ibn Sino bo’shliq bo’lishini rad etadi va jismlarga havoning qarshiligi bo’lmasa harakatini cheksiz davom ettirishi mumkin edi, deb ta’kidlaydi. Ushbu fikrlari bilan u inersiyaning saqlanish qonuniga juda yaqin g’oyani ilgari suradi. U issiqlik hodisasini jismlar zarralari harakati orqali tushuntiradi. Optikaga doir qarashlarni u ko’z fiziologiyasi asosida tushntirishga harakat qilgan. Ibn Sino fizik hodisalarni Aristotel g’oyalari asosida izohladi va jismlar tasviri gavhar yordamida ko’rish nervlariga fokuslanadi, deb tushuntiradi. Ushbu qarashlari orqali Ibn Sino inson ko’zida buyum tasviri hosil bo’lishining zamonaviy tasavvuriga juda yaqin keladi.

1-Chig’iriq


4-murvat
Qadimda ishlatilgan mexanik
moslamalardan namunalar
5-pona

Ibn Sino g’oyasi bo’yicha buyum tasviri


Ibn Sinoning mexanika, optika va termodinamika sohalarida olib borgan ilmiy izlanishlari natijalari klassik fizika shakllanishiga xizmat qildi.



Mirzo Ulug’bek

Mirzo Ulug’bek - Amir Temurning nabirasi Mirzo Shohruhning o’g’li 1394 yilning mart oyida Eronning Sultoniya shahrida tug’ilgan. Uning ismi Muhammad Tarag’ay bo’lib, yoshligidan Ulug’bek deb atala boshlangan va keyinchalik uning asosiy ismi bo’lib qolgan. 1411 yil Mirzo Shohruh o’g’li Ulug’bekni Movorounnahr va Turkiston hokimi etib tayinlaydi. Bu paytda Ulug’bek endi 17 yoshga to’lgan edi. Ulug’bek ota va bobolaridan farq qilib, harbiy yurishlarga qiziqmas, ko’proq ilm va fanga moyil edi. Ulug’bek o’zining uztozi deb Qozizoda Rumiyni hisoblaydi. U Mavlono Ahmad va Qozizoda Rumiylar kabi astronom va matematiklar ta’sirida ulg’ayadi. Ulug’bekning safdoshi Ђiyosiddin Jamshid Koshiyning guvohlik berishicha, Ulug’bek Qur’oni Karimni aksariyat qismini yoddan bilgan, fiqh, mantiq ilmlarini mukammal egallagan. Fan va madaniyatga qiziqqan Ulug’bek Samarqand, Buxoro va Ђijduvonda uchta madrasa qurdiradi. Samarqanddagi madrasa qurilishi 1417 yilda boshlanib, 1420 yilda nihoyasiga yetadi. Ushbu madrasa qoshida u dunyoning turli joylaridan mudarris va olimlarni taklif etadi va astronomiya maktabini shakllantiradi. Madrasada ilohiyot ilmidan tashqari tabiiy fanlar bo’yicha yetuk allomalar Ulug’bek, Qozizoda, Koshiy, Ali Qushchilar dars berishgan. Ushbu madrasada asosiy yo’nalish astronomiya fani edi. Ulug’bek rahbarligida Samarqand shahri yaqinidagi Ko’hak tepaligida Rasadxona qurilishi 1424 yilda boshlanib 1429 yilda nihoyasiga yetkaziladi. Rasadxona silindr shaklida 3 qavatli ulkan binodan iborat bo’lgan. Unda radiusi 40 m bo’lgan ulkan sekstant bo’lib, uning yordamida Quyosh, Oy, sayyora va yulduzlar holati aniqlangan. 1908 yilda arxeolog olim V. Vyatkin tomonidan uning qoldiqlari topildi. Ulug’bekning astronomik maktabi mahsuli sifatida uning «Ziji Ulug’bek», «Ziji jadidiy», «Yangi zij» ham deb nomlanadigan mashhur asari hisoblanadi. Ulug’bekning matematikaga doir «Bir daraja sinusini aniqlash haqida risola», «Risolai Ulug’bek»; astronomiya va tarixga doir «Tarixi arba’ ulus» (To’rt ulus tarixi) asarlari bizgacha yetib kelgan. Ulug’bekning «Zij» asari to’g’risida. Bu asar ikki qismdan, ya’ni keng muqaddima (nazariy) va amaliy qismdan, ya’ni 1018 ta sobit yulduzning o’rni va holati aniqlab berilgan jadvaldan iborat. Muqaddimaning boshida Qur’oni Karimdan yulduzlar va sayyoralarga taalluqli oyatlar keltirilgan. Masalan: «Quyosh, Oy va yulduzlarning barchalari falakda suzib yurur» (Yosun surasi, 40 oyat, 322 bet). «Darhaqiqat, biz eng yaqin osmonni yulduzlar bilan ziynatladik. Va uni har bir itoatsiz shaytondan, jindan saqladik». (Vassofot surasi, 6,7 oyat, 325 bet).[16] Ulug’bek bu bilan astronomik kuzatishlarning zarurligini g’oyaviy asoslamoqchi bo’ladi. Ammo shunga qaramasdan Qur’oni Karimning mohiyatiga tushuna olmagan din peshvolari va aqidaparastlar uni g’ayridinlikda ayblab ig’vo tarqatishib, o’z o’g’li Abdullatif tomonidan o’ldirtiriladi. Ulug’bek «Zij» ning muqaddimasida o’zining ustozi Qozizoda Rumiyning ushbu asarni yaratishda unga rahbarlik qilganligini yozadi. O’zining shogirdlari orasidan Ali Qushchini «Farzandi arjumand» (ya’ni farzandim) deb, «Zij» ning amaliy qismini uning ittifoqligida yozganligini ta’kidlaydi. 1449 yili Ulug’bekning fojiali halokatidan so’ng Samarqand olimlari asta-sekin yaqin va O’rta Sharq mamlakatlari bo’ylab tarqalib ketadilar. Ular o’zlari bilan Samarqand astronomiya maktabi asarlarining nusxalarini olib ketadilar va uning Ovrupoga tarqalishiga xizmat qiladilar. Ayniqsa, uning sodiq shogirdi Ali Qushchi 1473 yili Istambulga borib, u yerdagi rasadxonada Ulug’bek ishlarini davom ettiradi. Shu tariqa Ulug’bekning «Ziji» Turkiya va undan Ovrupo orqali butun duyoga tarqaladi. Ma’lumotlarga qaraganda «Zij» ning hozirgi kunda 100 ga yaqin forsiy nusxasi va 15 dan ortiq arab tilidagi nusxalari dunyoning turli kutubxonalarida saqlanmoqda. Endi Ulug’bekning fizika faniga qo’shgan hissasi to’g’risida to’xtalaylik. Fizikanning asosiy fundamental qonunlaridan biri-butun olam tortishish qonuni 1680 yilda ingliz olimi Isaak Nyuton tomonidan ochilgan. Ammo Nyutongacha, Ptolemey, Ulug’bek va boshqa astronomlar tomonidan Oy, Quyosh va boshqa sayyoralarning harakat trayektoriyasi o’rganilgan. Bu to’plangan ilmiy natijalarga asoslanib, Iogan Kepler planetalarning harakat qonunlarini ochdi. Nyuton bu ilmiy izlanishlarni umumlashtirib, Butun olam tortilish qonunini kashf etdi. Demak, Butun olam tortishish qonuni ochilishida vatandoshimiz Ulug’bek va uning astronomiya maktabining ham ulushi bor.

Do'stlaringiz bilan baham:


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2019
ma'muriyatiga murojaat qiling