L. N. Tolstoy maishiy turmushga bag'ishlangan barcha asarlar, roman bo'ladimi, film bo'ladimi, qissa yo afsona bo'ladimi voqealar rivojlanib borib u bilan tugaydi, hayotda esa aksincha hamma voqealar undan keyin bo


Download 36.95 Kb.
Sana05.04.2023
Hajmi36.95 Kb.
#1275476

Ҳеч замонда ўйлаганмисиз:ҳамма нарсадан бироз узоқлашиб, таътилда гўзал ва бетакрор БАЛИ оролида дам оламан, деб. Дарвоқе, бу орол ўзи қайси давлатга тегишли? J: Indoneziya


Aynan bir poytaxt shahar ichida boshqa bir davlat joylashgan. Savol: U qaysi davlat? J: VATIKAN.
Ingliz fermerlari sigirlarga ko'proq tuz berish samarali ekanligini aytishgan. Savol: Tuzning qanday foydasi bo'lishi mumkin? J: TUZ YEGAN SIFIRLAR KOʻP SUV ICHADI,NATIJADA KOʻP SUT BERADI.
Fransuzlarda "Tuxumdan olmagacha" degan ibora bor. Ular bu koni foyda ekani uchun ham bunga amal qilishadi. Savol: "Tuxumdan olmagacha" iborasida nima nazarda tutilmoqda? J: TUSHLIKNI TUXUM YEYISHDAN BOSHLAB, OLMADA TUGATISH KERAK.
Amir Temur "Jang payti ularning o'rni beqiyos, 100 ta mohir jangchi ham ularning o'rnini bosa olmaydi" - deb aytganlar. Savol: Sohibqiron kimga ta'rif bergan? J: TABIBLARNI.
Qadimgi Rimliklarning fikricha eng shafqatsiz xo'jayinlar — ular. Savol: Ular kimlar? J: SOBIQ QULLAR.
L.N.Tolstoy maishiy turmushga bag'ishlangan barcha asarlar, roman bo'ladimi, film bo'ladimi, qissa yo afsona bo'ladimi voqealar rivojlanib borib u bilan tugaydi, hayotda esa aksincha hamma voqealar undan keyin boshlanadi degan. Mantiqan o'ylab aytingchi, L.N.Tolstoy nimani nazarda tutgan? J: TOʻY
Uni chap qo'l bilan ushlasa bo'ladi, o'ng qo'l bilan umuman ushlashning iloji yo'q! Savol: U nima? J: OʻNG QOʻLNING TIRSAGI.
Flyuger qanday asbob? J: SHAMOL YOʻNALISHINI VA TEZLIGINI ANIQLAYDIGAM QURILMA.
Ukraina, Xitoy, Turkiya, Kanada kabi davlatlarda u 2 ta. O'zbekiston, Rossiya, Fransiya, Italiya kabi davlatlarda – 3 ta. Efiopiya, Surinam, Quvvayt, Suriyada – 4 ta. U nima? J: BAYROQDAGI USTUNLAR.
Qaysi gulning nomini yunon tilidan o‘zbek tiliga tarjima qilsak «Oltin gul» ma'nosini beradi? J: XRIZANTEMA. (yunoncha chrysos~oltin, anthos~gul)
Koreyscha sabzi salatni sevib iste'mol qilamiz. Oldingi vaqtlarda uni bozordagi koreys ayollardan sotib olardik. Hozir o‘zimiz ham tayyorlay olamiz. Lekin koreyslar tomonidan tayyorlanganlarining ta'mi boshqacha. Ammo bu salat koreys salati hisoblansa ham, na Shimoliy, na Janubiy Koreyada uni tayyorlashmaydi. Hayronman, nega? Balkim siz bilarsiz? J: BU SALATLARNI 1937-YIL UZOQ SHARQDAN O‘RTA OSIYOGA DEPORTATSIYA QILINGAN, SALKAM 17 000 OILA SARAM KOREYSLARI (KORYO SARAM) TAYYORLAY BOSHLASHGAN. KOREYA KOREYSLARI OSHXONASIDA BU TAOM YO‘Q.
Italyancha ovqatlarni ba'zan sevib iste'mol qilamiz. Masalan, spagetti, turli makaronlar, rizotto, ravioli, tartanelli, vermishellar va yana hokazolarni. Ha, aytgancha, «vermishel»ning italyanchadan o‘zbekcha tarjimasi nima bo‘ladi? J: CHUVALCHANGLAR.
Robin Gudni bilmaydigan, uning jasoratlaridan hayratlanmagan odam bo‘lmasa kerak. Uning familiyasi Gud (Good~yaxshi) ~ rus tilidagi buzilgan shakli ekanligini esa hammamiz ham bilavermaymiz. Aslida esa uning haqiqiy ismi~sharifi Robin Hud bo‘ladi. Diqqat savol: Hud ~ nima degan ma'noni beradi? J: HUD (HOOD) ~ KAPYUSHON. (u o‘zini tanitmaslik uchun kapyushonli kiyim kiyib yurgani uchun shunday laqab olgan ekan).
Kimyoviy savol: Bizga ma'lumki, katalizator kimyoviy reaksiyaning kechishini tezlashtiradi. Aytingchi, nima uni sekinlashtiradi? J: INGIBITOR.
Agar insonlar ko‘p vaqt uxlamasalar miyaning ishchanligi, fikrlash tezligi susayib ketadi. Diqqat savol: Bunga nima sabab bo‘ladi deb o‘ylaysiz? J: MIYA QIZIB KETADI.
Islom dinida cho‘chqa go‘shti xarom hisoblanadi. Shuning uchun ko‘pchilik musulmon mamlakatlar uni o‘z hududiga olib kirishni ta'qiqlashadi. Ammo bir mamlakat borki, uning hududiga cho‘chqa go‘shti olib kirganlik uchun o‘lim jazosi beriladi. Diqqat savol: Bu qaysi mamlakat? J: YAMAN DAVLATI.
Bilasizki, kolibri qushi dunyodagi eng kichik qush hisoblanadi. Baquvvat va yengil in qurish maqsadida ko‘p hollarda kolibri qushlari boshqa bir jonzot mehnati mahsulini o‘g‘irlashar ekan. Savol: Qaysi jonzot haqida gap ketmoqda? J: O‘rgimchak. Izoh: O‘rgimchak to‘ri kolibrilar uchun ham yengil, ham baquvvatligi uchun juda qulay “qurilish materiali” hisoblanar ekan.
Turkiyaga borganda oshxona yoki tamaddixonaga, restoran yoki qahvaxonasiga kirsangiz, albatta mehmondo‘stlik yuzasidan bir stakan choy ichishni taklif qiladilar. Diqqat savol: Turkiy tilda stakan nima deyiladi? J: BARDAK.
Dunyodagi qaysi shaharning nomini yunon tilidan o‘zbekchaga tarjima qilsak «Do‘stona muhabbat shahri» degan ma'noni beradi? J; FILADELFIYA
Dunyoda shunday bir davlat borki, uning butun hududiga metroda sayohat uyushtirish mumkin. Diqqat savol: Bu qaysi mamlakat? J: SINGAPUR RESPUBLIKASI. (Singapur kichkina orolda joylashgan, butun orol metropoliten bilan qamrab olingan).
Yer yuzida faqat Lyuksemburgdagina ularning hammasi tekin. Diqqat savol: Lyuksemburgda nimaning hammasi tekin? J: Jamoat transportida
Dunyoning aksariyat mamlakatlarida avtomobilda xavfsizlik kamarini taqmaganlik uchun jarima yoziladi. Lekin shunday bir mamlakat borki, u yerda xavfsizlik kamarini taqmagan ma'qul deyishadi va taqmaydilar ham. Chunki xavfsizlik kamarini taqish taqmagandan ko‘ra xavfliroq hisoblanadi.Diqqat savol: Bu qaysi mamlakat bo‘lishi mumkin deb o‘ylaysiz? J: BUTAN QIROLLIGI. (Butan tog‘li mamlakat va yo‘llari ham asosan tog‘ yo‘llaridan iborat, biror kor-hol bo‘lgan taqdirda avtomobildan tushib qolish imkonini hosil qilish maqsadida haydovchi va yo‘lovchilar xavfsizlik kamarini taqmaydilar).
Mantiqiy va hazil savol: Qanday qilib katta uyni kichkina uyga aylantirsa bo‘ladi? J: Uyni uycha deganimizda
Tanamiz va sochlarimiz tozaligini saqlash uchun yuvinib yurishga odatlangmiz. Ammo hech o‘ylab ko‘rganmizmi, shampun nechanchi yilda ixtiro qilingan? J: 1903 - yildan beri shampunlar bizga beminnat xizmat qilmoqda.
1812 - yildagi Napoleon urushlari davrida Rossiya armiyasining oddiy askarlari tomonidan rus zobitlarini, ya'ni o‘zlarining zobitlarini otib yarador qilish, ba'zan esa o‘ldirib qo‘yish holatlari oddiy holdek bo‘lib qolgan edi. Ko‘pincha boy xonadonlardan chiqqan, yuqori ma'lumotli zobitlarni otib qo‘yish holatlari ko‘p uchragan. Ayniqsa, tungi paytda.Diqqat savol: Zobitlarni nega otishgan? J: ZOBITLAR FRANSUZ TILIDA SO‘ZLASHISHGAN. (o‘sha payt Rossiya zodagonlari orasida fransuz tilida so‘zlashish urf bo‘lgan («Urush va Tinchlik» kinosini eslang). Qorong‘uda askarlar fransuz tilida so‘zlashayotgan o‘z zobitlarini dushman deb o‘ylashgan va otishgan).
Qo‘g‘irchoq teatrlarda asosan qo‘lga kiyib o‘ynatiladigan qo‘g‘irchoqlardan foydalaniladi. Hech o‘ylab ko‘rganmisiz, shu qo‘g‘irchoqlar nima deb ataladi? J: BIBABO yoki BI-BA-BO.
‼️ Диққат, савол:Маълумки, ҳаётдан кўз юмган, маҳшар манзилига йўл олган одам ҳақида “Нариги дунёга риҳлат қилди”, дейилади. Қизиғи, “риҳлат” сўзи аслида бутунлай бошқа маъно англатади ва илдизи узоқ тарихга бориб тақалиши баробарида маъноси ҳам жуда теран.Хўш, “риҳлат” сўзининг асл маъноси нима? J: Тўғри жавоб: ТУЯ ✔️ Араб тилида биргина туянинг юзлаб номи бўлиб, уруш туяси “жут”, қора рангдагиси “малҳа”, оқини “самҳа”, қора узра сариқ йўли бўлса “саҳба”, тариқ ранглиси “сафра”, оқу қора аралаши “зарқа” дейиларкан. Юк туяси эса “риҳла” дейилиб, вафот этган кишига нисбатан айтиладиган “Фалончи риҳлат қилди” ибораси шундан келиб чиққан экан. Яъни киши ҳам худди юк ортилган туя – риҳла каби яхшилик ва ёмонликлардан иборат “юк”ини ортмоқлаб, маҳшар манзилига равона бўлади.📙 Манба: Исажон Султон “Алишер Навоий” романи, Тошкент; “Адабиёт” нашриёти, 2021 йил.
Uni Qadimgi Xitoyliklar qog'ozdek yupqa bolishi kerak, oynadek yaltiroq, qo'ng'iroq kabi jaranglab turadigan va quyoshli kunda ko'l suvining silliq yuzasidek bo'lishi kerak deb hisoblaydigan narsa bor. SAVOL:Qora qutida nima bor?? J: Chinni idish
Ahmad Lutfiy Qozonchi qalamiga mansub ,, Bir vijdon uyg‘onur" romanida qahramon bu asar haqida gapirar ekan ,, Bu asarni o‘qimay o‘lsam ko‘zlarim o‘chiq ketardi" deya aytadi. Bu qaysi asar? J: Guliston Sa'diy asari
Charli Chaplin aytadi: Uch narsani pulga sotib olib bo'lmaydi: 1- Muhabbat. 2- Do'stlik. 3-? Yordam: Amerikada 2006- yildan boshlab ?- shu nomli korsatuv efirga ketadavol: Pulga sotib olib bo'lmaydigan uchinchi narsa nima? J; Vaqt
Qadimgi Misr ehromi devorlarida yuzida sepkili bor ayollar tasvirlangan. Aslida bular sepkil emas edi. Savol: Bu ayollarning nima ish qilayotgani tasvirlangan edi? J: Javob: Yig‘lash. Izoh: Sepkillar aslida ko‘z yoshlar edi. Devorlarda tasvirlangan ayollar yig‘lovchi ayollar edi.
Shoxli quzg‘un juda tajovuzkor. Masalan mana shunday tajovuzkor quzg‘unlardan biri avtomobil old oynasiga bir necha bor zarba berib old oynasiga zarar yetkazgan. Savol: Avtomobil old oynasiga zarar yetkazishiga nima sabab bo‘lganligini mantiqan o‘ylab yozib bering. J: Javob: O‘z aksi.Izoh: Old oynada o‘z aksini taniy olmagan quzg‘un oynadagi o‘z aksiga xujum qilgan.
Dastlab muzlatgichlar eshigi ochilishi boshqa eshiklar singari ochilishi oddiy bo‘lgan. Keyinchalik esa aynan mana shu o‘yin sababli eshiklarga magnit o‘rnatilgan. Savol: Qaysi o‘yin sababli eshiklarga magnit o‘rnatila boshlangan? J: Javob: Berkinmachoq. Izoh: Berkinmachoq o‘yini sababli bolalar muzlatgichlar ichiga ham kirib yashina boshlashgan. Shuning uchun bolalarning muzlatgich eshigini ochishini qiyinlashtirish maqsadida eshikga magnit o‘rnatishgan.

Britan organizatsiyasi Action on Smoking xabar berishicha, bu narsaning ommalashuvi o'smirlar orasida chekishni 19% kamaytirib yubordi. Oldin o'smirlar sigaretni kattalarga o'xshash uchun qo'lga olardilar. Endi esa xuddi shu maqsadda unga ruju qo'yishdi. Bu nima bo'lishi mumkin ? J: Uyali telefon


Lola ko'pchilik xush ko'radigan gullar sirasiga kiradi. Uni tinchlik ramzi sifatida qadrlaymiz, ajablanarlisi shundaki, II jahon urushida ham lolani qadri baland bo'lgan. Savol : Nima uchun ? J: Lola piyozi ovqat o‘rnida ishlatilgan
Bir sportchi aytyapti: Agar barmoqlarim 1 sm ga uzun bo'lganda edi, men albatta g'olib bo'lar edim"
Bu sportchi qaysi sport bn shug'ullangan ? J: Suzish
Ulug'bek uzugimning ostidagi mamlajat deganda ko'pchilik tushunmagan. Balki siz tushungandirsiz. J: Uzukdagi muhr
Bir donodan boy-u kambag'al bir bo'lib savol so'rashibdi! Biz ovqatni qachon yeylik ? Dono qanday javob beribdi ? J: Бой оч булганда, камбагал топганида
AQSHda shunday mashhur gap bor: "O'limdan va yana bir narsadan qochib qutilib bo'lmaydi". Savol nimadan AQSHda qochib bo'lmaydi? J: Soliq
Bu narsa o'rniga avvaliga suvdan,keyin quyoshdan,vaqt o'tgandan so'ng qumdan,texnika rivojlangandan so'ng esa mehanizmlardan foydalanishgan. Diqqat savol:Bu narsani toping? J: Soat
Avstraliyaning sobiq bosh vaziri Garold Xolt suv ostida suzishni shunchalik yoqtirganki, hatto parlament majlislarida ham shugʻullangan .Diqqat savol:Garold Xolt majlis paytida aynan nima qilganini ayting? J: nafasini qancha vaqt ushlab turishini ko'rsatgan
Mark Tven o'zining 1874 yili yozgan xatida yangi sotib olgan un i bosh og'rig'idan boshqa narsa emas ekanligini yozadi. Savol: uni toping? J: Ёзув машинаси
Yugurish musobaqasi boshlanib, endi sportchilar yugurayotgan edi birdan tepadan oldilariga samalyot bo‘laklari tusha boshladi. Keyinchalik bu musobaqa bekor qilindi.D/s: Kutilmagan savol musobaqa to‘xtalishiga sabab bo‘lgan atributni ayting. J: Start to‘pponchasi. Izoh: Musobaqa hakami start berish uchun haqiqiy pistoletdan o‘q otib yuboradi va tepada uchayotgan samolyotning qanotiga o‘q borib tegadi!
Quyosh tutilishi vaqtida BU KASB egalari o'z ish qurollarini yo'qotib qo'yish holati ko'p uchrar ekan. Savol: bu qaysi kasb? J: Svarshiklarning oynali himoya quroli
SAVOL :Аёллар!!!К,оматни яхши ушлаш ва муносабатни яхши ушлаш учун ........ вак,тида
ёпинг. Савол:Нимани? J: Огизни
SAVOL: U havoda sekundiga 335 metr tezlikda harakatlanadi. Uning harakati xuddi suvga tushgan toshdan hosil bo'lgan to'lqinlarga o'xshaydi. U nima? J: Товуш
Savol: Afrikaliklar bu hayvondan juda qo'rqishadi. Uni nomini o'zgartirib, "jilmayib o'ldiruvch" deb
ataydilar. Bu qaysi hayvon? J: Timsoh
Savol :Кадимги Римнинг етти донишмандларидан бири шундай деган экан:" У " ер" да
хукмронлик урнатмасдан туриб,сиесат хакида гапирманг!" .Савол: у " ер" ни топинг? J: OILA
Savol : Bu tana a'zosi bazi bir hayvonlarda uchramaydi. Insonlar uni bezashni sanat darajasiga ko'targan,
lekin bu tana azosi kimlargadur yoqadi, ba'zilarning esa asabiga tegadi. U nima? J: Тирнок
Savol !!!! Bu shunday davlatki uni qishda kiysa bo'ladi . U qaysi davlat?J: ITALIYA
Savol. Rus yapon urushi davrida bir rus oqituvchsi birinchi etajda yashar edi ..u oz uyini derazasiga yangi gazetalarni yapishtrib qoyardi kochadagi jangchilar bu gazetalarni oqish uchun kelardi. Savol. U odam qanday fandan dars berardi???jangchilarni qanday foydasi tekkan??? J: Харбий таьлим
Savol : Хитойда ҳурматга сазовор учта қуш тури бор. Қақнус (императорлик кучни ва ҳукмни
англатади). Лайлак – узоқ умрни. Ўрдаклар – нимани англатади. J: Садокат
SAVOL: Qadimgi Rimda eng birinchi bo'lib ,,yurt otasi'' unvoniga kim sazovor bo'lgan? J: Sitseron
Савол: Агар дунёни сув босса Кайси давлат биринчи булиб сув остида колади? J: Amerika
САВОЛ:ИНГИЛИЗЛАР КАЙСИ ХАЙВОННИ ТАБИАТ У́ЗИ СУГИРТАЛАГАН ХАЙВОН ДЕЙИШАДИ? J: ТИПРАТИКОН
Diqqat savol:U o'smirligingizda paydo bo'lsa uyaltiradi,o'rta yoshingizda bo'lsa joningizga tegadi, qariganingizda bor bo'lsa ziynat beradi.Nima ekan u? J: Soqol mo'ylov
Adabiyotda koʻp bora tilga olingan olovdan tugʻilib olovdan omon chiqqan qush nomi ? J: Samandar
ʼBir koʻcha,bir kecha ʼʼ asarining muallifi kim ? J: Tohir Malik
Ingliz tilidan tarjima qilinganda "uchqun" maʼnosini beruvchi oʻzbek avtomobili qaysi? J: SPARK
QAYSI RAQAM SEHRLI SON HISOBLANADI??? J: 4
BIR KUNDA NECHA SONIYA BOR?? J: 86400
Matematika fanining otasi deb kim aytiladi? J: Arximed
OʻZ RAQAMIGA EGA BOʻLMAGAN RAQAM ? J: 0---nolmi
Yagona juft tub son qaysi ? J: Ikki
Nima uchun itlar bilan mushuklar hecham chiqisholmaydilar?J: Ularning tana harakatlari orqali muomala qilishlari bir-biriga teskari ma'noga ega. Ya'ni it dumini likillatsa do‘stona, mushuk dumini likillatsa dushmanona kayfiyatni izohlaydi.
Mashhur detektiv yozuvchi Agata Kristidan so‘radilar: Asarlaringizdagi aql bovar qilmas voqealarni qanday va qachon o‘ylab topasiz? -- Odatda yangi g‘oyalar kallamga BU ISHNI qilayotgan paytimda kelib qoladi. Ammo bu shunchalik ahmoqona va zerikarli mashg‘ulotki, har doim qotillik haqida fikrlar paydo bo‘laveradi... Diqqat savol: Agata Kristi BU ISH deb qanday ishni ko‘zda tutgan? J: IDISH - TOVOQ YUVISHNI
Odamzot juda ham ko‘p ixtirolar qilgan. Har bir ixtiro kimlargadir tegishli. Ularning ba'zilarisiz hayotimizni tasavvur qilish ham qiyin. Diqqat savol: O‘q o‘tkazmaydigan jiletlar, o‘t o‘chirish moslamalari, avtomobil oynasini tozalagichlar, glushitel, sirkulyar arra, Wi Fi va lazer printerlarni kimlar ixtiro qilgan? J: AYOLLAR.
Dunyoda turli xil millatlar va ularning o‘z vatanlari bor. Madyarlar degan millat borligini eshitganmisiz? Diqqat savol: Madyarlar qaysi mamlakatda yashaydilar? J: VENGRIYA. (Vengerlar o‘zlarini madyarlar deyishadi).
Afrikadagi bu mamlakatning nomini tarjima qiladigan bo‘lsak «Yuzi Quyoshda toblangan odam» ma'nosi kelib chiqadi. Diqqat savol: Bu qaysi mamlakat? J: EFIOPIYA. (HABASHISTON).
Genri Fordning zavodlaridan birida bir guruh ishchilar ishlagani uchun emas, balki dam olish xonasida dam olganliklari uchun ish haqi olishgan. Ular qancha ko‘p dam olishsa shuncha ko‘p maosh olishgan. Diqqat savol: Ular qanday ish bilan shg‘ullanishgan? J: TA'MIRCHILAR. (ular zavoddagi asbob-uskunalar va konveyrni qancha sifatli qilib ta'mirlasalar shuncha ko‘p dam va yuqori maosh olishgan, ish ham to‘xtab qolmagan).
Yer shari aholisi oxirgi marta 22 yil burun «hamma o‘z o‘rnida» bo‘lgan ekan. 2000-yil 2-noyabrdan beri esa «hamma o‘z o‘rnida» bo‘la olmas ekan. Diqqat savol: Bu qanday yuz bermoqda? J: O‘SHANDAN BERI BIR NECHA KISHI XKS (Xalqaro Kosmik Stansiyasi) DA NAVBATCHILIKDA BO‘LIB KELMOQDA.
Avraam Linkoln 1860-yilda, AQSH Prezidenti bo‘lib saylanishidan bir necha hafta oldin 11 yashar Greys Bedell ismli qizdan maktub olgan. Maktubida Greys unga ovoz berishlari uchun targ‘ibot va tashviqot olib borishini, chunki uni juda hurmat qilishini yozgan hamda bu ishida unga yordam uchun o‘z imidjini o‘zgartirishi kerakligini iltimos qilgan. Chunki bunday tashqi ko‘rinishdagi erkaklar barcha ayollarga yoqishini, shunday ekan ayollar erlarini unga ovoz berishlariga undashini aytgan. Linkoln bu maslahatga amal qilib imidjini o‘zgartirgan va saylovda g‘olib chiqqan. Diqqat savol: Greys Linkolnga qanday maslahat bergan? J: BAKENBARD va SOQOL O‘STIRISH. (XIX asrda bunday erkaklar savlatli ko‘rinishgan ekan).
Klaviatura bilan hammamiz tanishmiz. U bilan hozir ham ishlab o‘tiribmiz. Lekin undagi harflar alfavit tartibda emas. Ammo bir vaqtlar yozuv mashinalarining klaviaturalarida harflar alfavit tartibda edi. Uni keyinchalik o‘zgartirishgan. Diqqat savol: Nima uchun harflar tartibini o‘zgartirish kerak bo‘lib qoldi? J: BUNGA SABAB KOTIBALAR SHUNCHALIK TEZ YOZISHGANKI, NATIJADA YOZUV MASHINALARI JUDA TEZ BUZILIB QOLAVERGAN. BUNING OLDINI OLISH UCHUN HARFLAR TARTIBI BUZIB QO‘YILGAN.
Do, re, mi, fa, sol, lya, si.... Nima ekanligini darrov ilg‘ab oldingiz-a?! To‘g‘ri, bular musiqa notalari edi. Ular XVI asrda yaratilgan. Diqqat savol: Musiqa notalari qaysi mamlakatda yaratilgan? J: ITALIYA.
Dunyodagi deyarli barcha yirik shaharlar, ayniqsa poytaxt shaharlarda markaziy maydonlar mavjud. Masalan, Mustaqillik maydoni (Toshkent), Qizil maydon (Moskva), Tyanenmen maydoni (Pekin),Yelisey maydoni (Parij) kabilar. Lekin bir yirik shahardagi asosiy yirik maydon «Konstitutsiya maydoni» deb ataladi. Uning yuzasi 46 800 kv. m ga teng.Diqqat savol: Qaysi shahardagi asosiy yirik maydon shunday ataladi? J: MEXIKO SHAHRIDAGI KONSTITUTSIYA MAYDONI.
Diqqat Savol 3 harfdan iborat idish bor. Òsha idish nomiga 1 ta harf qòshsak. Qushni nomi kelib chiqadi🧐
4 harfli usha qush nomiga 1 ta harf qushsak. Sevgi muhabbat bilan bogliq sòz kelib chiqadi. 5 harfli sevgi muhabbatga oid sòzga yana 1 ta harf qushsak 6 harfdan iborat qiz bolani ismi kelib chiqadi. Ana endi bularni hammasini topinglar aziz bilimdonlar....... J: Хум. Хумо. Хумор. Хумора
Har yili millionlab odamlar haj amalini bajarishadi.Makka Shahriga bu tadbir oʻtkazish uchun xavfsizlik masalalarida xizmatkorlar taksistlar va boshqa yoʻllanma ishchilar jalb etiladi.Turkiya davlatidan bir kasb vakillari 30 minglab kishilar chaqiriladi. Savol bu qaysi kasb vakillari?J: Qassoblar
Qizil bananni ko‘rganmisiz? Qizil banan oddiy sarg‘ish bananlarga nisbatan mayin va yumshoq. Shuning uchun u uzoq yo‘lga yaramaydi va eksport qilinmaydi. U dunyoning bitta joyida faqat .............orollarida o‘sadi.Diqqat Savol Qayerda Oʻsadi? J: Seyshel
“Дунё бўйлаб” журналида турли хил жонзотлар ўртасидаги жангларга бағишланган мақола эълон қилинади. Унда жонзотлар орасидаги жанглар спорт турларига қиёсланади. Масалан, оқ айиқлар ушу жангчилари каби тасвирланган. Энди савол, қайси ҳайвонлар худди сумо курашчилари каби тасвирланган? J: Бегемот
U narsa XX asrda ayollar uchun nazokat belgisi, jinoyatchilar uchun qurol vazifasini bajargan. Hozir esa uni hammmada uchratish mumkin. Savol: u nima? J: Кулкоп
O‘zbekistonda – patir, Gretsiyada – churek, Gruziyada – madauri. Savol: Armanistonda nima? J: : Lavash.
Izoh: Mamlakatlardagi eng mashhur non turlari.
Ayiq panjasidan qilingan sho‘rva ixlosmandlari ayiqning aynan chap panjasini xush ko‘rar ekan. Chunki ularning fikricha, chap panjada ayiq BU ISHni qiladi. Savol: Nima qiladi? J: Asal oladi. Izoh: Shuning uchun ham sho‘rva shirin chiqadi deb hisoblashar ekan.
Taxminlarga ko‘ra, yurtimiz janubidagi ushbu tumanning nomi forscha “yelkadagi suv” ma’nosini beruvchi so‘zlardan hosil bo‘lgan. Lekin ko‘pchilik bir qarashda tuman nomi boshqa narsani anglatadi deb o‘ylashi hech gap emas. Savol: 1926-yilda tashkil etilgan qaysi tuman haqida gap ketmoqda? J: Kitob. Izoh: Kitob so‘zi forscha “kift - yelka, ob – suv” so‘zlaridan kelib chiqqan degan versiya mavjud. Lekin ko‘rinishidan shunchaki kitob so‘zini anglatadi deb o‘ylash mumkin.
Yelena Kolina romani qahramoni o‘zini qashshoq, yolg‘iz yetim, ertaknamo moʻjizaga umid bog‘laganlardan biri deb hisoblaydi. Shu sababli ham turli anketalarda “o‘ttiz yetti” sonini yozadi va izoh sifatida bu uning yoshi emasligini ham keltirib o‘tadi.Savol: Anketadagi “O‘ttiz yetti” asar qahramonining yoshi bo‘lmasa, nimani bildirishini toping. J: Oyoq kiyim o‘lchami.
1720-yilda Pyotr I eski yelkanlar, eskirgan arqonlar va odamlarni eski-tuski kiyim-kechaklarini yig‘ishni buyuradi. Pyotr I ga bu chiqindilar Uni tayyorlash uchun kerak bo‘lgan. Uning vatani Xitoy hisoblanadi. Savol: U nima? J: Когоз
Yapon injeneri asosan guruch yetishtiruvchi fermer xo‘jaliklari ehtiyoji uchun ushbu jonivor ko‘rinishidagi robot ishlab chiqdi. Bu robot o‘z vintlari yordamida suvni kislorod bilan to‘yintirib, suv tagidan loyqalarni ko‘taradi. Robot ushbu jonivorga o‘xshab ovoz chiqarmaydi, lekin baribir fermerlarga foydali bo‘lishi mumkin.Savol: Robot qaysi beg‘am jonivorga o‘xshatib ishlab chiqilgan? J; Урдак
Stanislav Eji Lets aytishicha, U ko‘rinmasni ko‘radi, sezilmasni sezadi va iloji yo‘q narsalarni amalga oshiradi. Mashhur iboraga ko‘ra esa U eng oxirida o‘ladi. Savol: U nima? J: Умид
Yapon siyosiy yozuvchisi Takesi Kayko amaldorlarning uch qoidasini ishlab chiqqan: 1 – dam olmaslik, 2 – kech qolmaslik. Savol: Yaponlarga xos bo‘lmagan uchinchisini toping. J; Ishlamaslik
Fan Doktori Yosir Darvish bir kasb egalarini asalarilarga o‘xshatgan. “Asalarilar kabi achchiq gullardan shirin va foydali asal chiqarish uchun millionlab gullar uzra aylanadi” deya ta’rif bergan.SAVOL: Qaysi kasb? avob: Ustozlar (O‘qituvchi, murabbiy).Izoh: Ustozlar ham turli kitoblardan kerakli va to‘liq ma’lumotlarni to‘plashadi.
Ma’lumki, farzand tug‘ilishi bilan unga ism qo‘yiladi. O‘zbeklarda shunday ism borki, go‘yoki ota-onalar o‘zlarini aldab, biz uni tanimaymiz deb qo‘yganga o‘xshaydi. “Ikki eshik orasi” romanida ham shunday ismli qahramon mavjud.SAVOL: Qaysi ism? Javob: Kimsan.Izoh: Farzandlari vafot etaversa Kimsan deb ism qo‘yishadi, bu bizning bolamiz emas, biz uni tanimaymiz degan ma’noda.
Hind qabilalari U haqida “urushning kichik ukasi” degan fikr bildirishgan. Bir fransuz esa Uni “tinchlik elchisi” deb atagan. SAVOL: Uni bir bo‘g‘inli so‘zda yozib bering. J: Sport
lslom dinimizda yolgʻon gapirish gunoh sanaladi. Hatto hazil qilib yolgʻon ishlatsa ham. Paygʻambarimiz Muhammad s. a. v. ning oldilariga bir keksa onaxon kelib men ham jannatga kiramanmi deb savol beribdi. Shunda Paygʻambarimiz Onaxonga hazil qilib kapmirlar jannatga kirmaydi deb javob berdilar.
Diqqat Savol Nega Kampirlar jannatga kirmasligini bir necha soʻzda ayting? J: Ular jannatga yosh bo'lib kiradi
Mantiqiy Savol: Xitoyda itlar 3 toifaga boʻlingan. Birinchisi ov uchun, ikkinchisi qorovul uchun. Diqqat savol: Uchinchisi nima uchun? J: Yeyishga
Mantiqiy Savol: Dunyoda shunday kasb egalari borki. Ular kundalik maʼlumotlarini qalam bilan qayd etishadi. Diqqat savol: Qaysi kasb egalari maʼlumotlarni qalam bilan yozishadi? J: Kosmonavtlar
3⃣. Tangalar tarixdan xabar beradilar, deyishadi. Bu haqiqat. Ularda har xil yozuvlar, hukmdorlar tasvirini va rasmlarni ko‘rish mumkin. Diqqat savol: Qaysi hukmdor birinchi bo‘lib zarb qildirgan tangalarida o‘zining tasvirini joylashtirishga farmon bergan? 3⃣ ning javobi: ALEKSANDR MAKEDONSKIY.
1⃣. 1504-1515-yillarda Leonardo da Vinchi tomonidan yozilgan «Lester kodeksi» kitobi unchalik katta kitob bo‘lmasa ham, u dunyodagi eng qimmat kitob hisoblanadi. 1994-yilda Bill Geyts uni 30,8 million 💲ga sotib olgan. Uni eksponatlari sifatida namoyish etish uchun eng mashhur muzeylar yillab navbat kutishadi.Leonardo da Vinchi uni o‘ziga xos usulda yozgan. Ya'ni uni boshqa kitoblardek oddiy yozuvda yozmagan. Uni bir buyunning yordamidagina o‘qish mumkin. Qanday buyum nazarda tutilmoqda va nega? 1⃣ ning javobi: KO‘ZGU.
(Yozuvlar teskari yozilgan, xuddi tez yordam mashinasidagi kabi. Shuning uchun uni faqat ko‘zgu yordamida o‘qish mumkin).

Инглиз олимлари сичкон, маймун,денгиз чучкасини тажриба учун маълум йиллар давомида бир нарса билан бокишади. Натижада улар хам инсониятга азоб бериб келиётган 60 дан ортик касалга чалинганининг гувохи булишади.Савол. Улар хайвонларни нима билан бокишади? Ж: Олимлар хайвонларни пиширилган овкатлар билан бокишади.


O‘zbekistonda shunday bir daraxt bor, erta bahorda g‘arq gullaydi, ammo meva bermaydi. Shuning uchun ham farg'onaliklar uni va‘daboz deb ham atashadi. Savol: bu ta'rif qaysi daraxtga berilgan?
Ж: TOL daraxti
Арман халк топишмоги:Бир кабоб бор, кабобнинг гаройиблиги шундаки, унинг сихи гущтдан ясалган, гушти эса металлдан.Савол: топишмокдаги сихни ва гуштли кабобни топинг. Ж: Бармок сих булса,унга кирадиган гушт—узук
Х асрда яшаган Абу Мансур ас Саолибийдан антика асар мерос колган. Китобнинг номи "Китоб латоиф ал маориф" деб номланиб,"Ажойиб маълумотлар хакида китоб " деб таржима килинган.У китобдан уша даврдаги гаройиб вокеолар жой олган.
Муаллифнинг тахаллуси "Саолиб" сузига диккат килинг,у муйначилик билан шугулланган.
Савол : "Саолиб" кайси хайвон номи? Ж: Абу Мансур тулки терисини олиб сотиш билан шугулланган, --- тулки
Amir Temur davrida uning etti xilidan foydalanishgan. Suls, muhaqqah, nasx, tavqe‘, riqo‘, ta‘liq, nasta‘liq.Savol : nimaning 7 turi sanaladi? Ж: Xattotlik uslublari
Момом кетиб бораётир, кулчаларин колдириб.Топишмокнинг жавобини топинг.Ж:Т уянинг харакати кари одамникига ухшийди.Туянинг ортидан нима колади? Кум устида шапалркдек излари колади.Туя ва унинг излари
Чистон
Бир отлик ва лекин пиёда хар он
Ок майдон ичида уради жавлон.
Бадани ок, бирок чехраси кора,
Узи бунда, хукми кезади жахон!
Гап нима хакида кетаяпти .... Ж: Qog'oz va qalam
Зардуштийликнинг мукаддас китоби "Авесто"да келтирилишича, каналлар, ариклар буйига мевали дарахт экиш катъиян ман килинган.Нега??? Ж: Арикка тушган мева тез айнийди,бу чеклов юкумли касалликлар таркашининг олдини олиш мақсадида жорий килинган.
Жанна Родарида шундай шеърий ухшатиш бор:
Бу денгизда сузишни билмайдиган кишилар учун чумилса,мазза килади. 😊
Савол : кайси денгиз? Жанна Родарида шундай шеърий ухшатиш бор:
Бу денгизда сузишни билмайдиган кишилар учун чумилса,мазза килади. 😊
Савол : кайси денгиз? Ж: Ойдаги денгиз назарда тутилган
Европада катта трассаларда айрим холларда " .... кофе ☕️" деган ёзувни куриб коламиз.Савол: ........кофе, яъни нукталар урнидаги сузни топинг.Ж: "Бепул кофе " Йулда хайдовчилар ухлаб колмаслиги учун бепул кофе таркатилган
"Уруш ва тинчлик" романида: Хеч ким кекса момолардек беморга яхши карай олмайди.Беморга караб утириш ута зерикарли иш.Аммо кекса момолар зерикишмайд, чунки улар.....Фикрни давом эттиринг..Бир иш килиб утиришган улар Ж: Улар пайпок тукиб утиришади
Куръонда учта жонзотнинг улгани харом хисобланмайди дейилган.Биринчиси---асалари 2 чи ва 3 чи нарса нима? Ж: 2---- балик 3------ чумоли
Ispaniyada ayrim fermerlar uchun soliq bo'yicha chegirmalar mavjud. Soliqchilar bu fermerlarni ro‘yxatga kiritib qo'yishadi.Savol : qaysi xizmatlari uchun fermerlardan kam soliq olingan.?Ж: Korridalarga buqa yetishtirib berganlari uchun
Fazoviy jismlar tarkibining 23% ni bu kimyoviy element tashkil etadi.Bu qaysi element??Ж: Geliy
Buxoro atamasi bir necha manbalarda turlicha bayon qilinadi. So‘g‘dcha " Bug‘ " va " oro " Tangri jamoli ma‘nosini bildiradi. Sanskrit tilida " Buxoro " so'zi Vixora deb qayd etilgan. Vixora--qanday ma‘noni anglatgan?Ж: Ibodatxona
Дунёда Шундай Касб Номи борки, Унинг Бош харфини олиб ташласа инсоннинг исми келиб чиқади, Яна Бош харфини олиб ташласа ҳашорат Номи келиб чиқади, Яна Бош харфини олиб ташласа бир ҳайвон Номи келиб чиқади.
У қайси Касб? Ж: Зобит
Aqlli odamlar undan qochishadi Nimadan qochishadi? Ж: Аклсиздан
Diqqat savol:
Tom ustida bir palak
Unda o'n ikki handalak
O'n birini yesa bo'lar
Birin yemay bo'lasiz halak Ж: Рўза ёки рамазон
Xorazmning qaysi tumani "Ming tulpor" degan ma'noni anglatadi? Ж: Хазорасп
Diqqat savol; Sovuqqonli hayvonlarning ichida qaysi hayvonning yuragi 4 kamerali?Ж: Timsoh
O'tkir Hoshimovning "daftar hoshiyasidagi bitiklar" kitobida yozishicha o'zbek xonadonida doimo 2 narsani hidi kelarkan
1- non bo'lsa
2-? NimaJavob: Rayhon hidi
" Yillar armoni " she'ri kimning qalamiga mansub Ж: Абдулла Орипов
Yulduzli tunlar asarida qadimda eshikning kirish tomoniga olov naqshi tushirilishi haqida ma'lumot beriladi. Savol: Nega olov naqshi chizilgan?Ж: Olov eshikdan keladigan yomonliklarni yo''q qiladi deyishgan
Ёнимда бўл менинг жуфти ҳалолим!

Кексайган чоғимда, турсам дард ютиб,


Яшайман меҳрни бир сендан кутиб.
Бировга зор қилмай қўлимдан тутиб,
Ёнимда бўл менинг жуфти ҳалолим.

Тугамас, тугатар бу дунё иши,


Пешонага битган турфа ташвиши.
Сендек тушунади мени қай киши,
Ёнимда бўл менинг жуфти ҳалолим.

Сен борсан билинмас ҳаётимда кам,


Юзимни ювмайди кўзимдаги нам.
Оғирим тушмасин фарзандларга ҳам,
Ёнимда бўл менинг жуфти ҳалолим.
Аёлга бахт беринг!

Аёлга бахт беринг, саодат беринг,


Деманг юрибди-ку кулиб, жилмайиб.
Аёл кулиб туриб ўлиши мумкин,
Дунёни олиши мумкин жилмайиб.

Аёлга бахт беринг, саодат беринг,


Гар кўзлари кулиб турса-да,
Бўғзининг остида неча минг ҳасрат,
Ой юзлари кулиб турса-да…

Кўнглини кўтаринг ҳеч бўлмаганда,


Қўлини силашга шафоат топинг.
Йиғлаб турганида ҳеч бўлмаганда,
Ёшини артишга мурувват топинг.

Аёлга бахт беринг, саодат беринг,


Иллоҳи нур топинг, ҳидоят топинг.
Иллоҳи бахт берган аёл ёнидан
Бахтиёр ўтмокқа иноят топинг.

Аёлга бахт беринг, саодат беринг,


Тоғ қимирлаб, тошлар сўзга кирса-да,
Аёлга бахт беринг, саодат беринг, —
Олтмишга кирса-да, юзга кирса-да.

©️ Зулфия Мўминова


СОЯНГИЗДА
(Турмуш ўртоғимга)

Сизнинг соянгизда шодман, ҳабибим,


Юраман ўзимни малика билиб.
Дард чексам парвонам, ҳамдард, табибим,
Қўясиз меҳрингиз билан соғ қилиб.

Сиз билан қанча паст-баланд йўл босиб,


Келяпмиз умрнинг сўқмоқларида.
Сиз менга, мен сизга бўлиб муносиб,
Омонмиз ҳаётнинг тўқмоқларидан.

Кам-у кўст, ташвишлар, асли шу ҳаёт,


Одимлайверамиз қўлга қўл бериб.
Нокерак ҳисларни дилга қилиб ёт,
Яйраймиз ботқоқдан нилуфар териб.

Дунё кўзларимда кетади гуллаб,


Дилимга бир ҳовуч меҳр солсангиз.
Кўнглим ярим эмас, битади тугаб,
Агар мендан олдин кетиб қолсангиз.

Оқкўнгил, меҳрибон, жонкуяр бўлиб,


Болаларимиз ҳам сизга ўхшасин.
Ҳақнинг раҳматидан шукурга тўлиб,
Яшайлик Ўзига келтириб таҳсин!

Билинг, менинг бахтим сиз билан тўкис,


Азизим, бахтимга соғ бўлинг доим.
Олдида минг бора чўкиб сўрай, тиз –
Умрингизни узоқ қилсин худойим!

VATAN UCHUN. MILLAT UCHUN. XALQ UCHUN


Bu dunyoda kurash ketar tunu kun,
Har qarich ong, har bir qarich qalb uchun.
Uyg‘on bolam, eng bebaho baxt uchun ‒
Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun.
Jaholatning bayrog‘i ham qoradir,
Inson yashar yorug‘lik barhaq uchun.
Har o‘g‘il-qiz, bilsang, jigarporadir ‒
Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun.
Oshu non deb nom sotganlar, ayo, siz,
O‘ylamangkim ro‘zg‘orlari talx uchun,
Kurash ketar tinimsiz va ayovsiz ‒
Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun.
Razolat tinch turmas axir hech qachon,
Otlanganday har tong harbu zarb uchun,
Hushyor bo‘lgil, bedor bo‘lgil, bolajon ‒
Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun.
Bobolaring xokin borib surishtir,
Tug‘lariyu tug‘rolarin ko‘r kuchin:
Umrlari boshdan oyoq kurashdir ‒
Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun.
Maʼrifatdan najot izla, ista kom,
O‘qigan har bir kitobing bir ustun,
Bir qo‘rg‘ondir, mustahkam bir istehkom ‒
Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun.
Davr sendan shiddat kutar, jadal qil,
Yosh joningga shuncha tahdid, xavf uchun,
Umringning har onin jangu jadal bil ‒
Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun.
Shu millatning ko‘rki sensan, naqshi sen,
Jismu joning safarbar et, qalq butun.
Yovuzlikka o‘zing turgin qarshi sen ‒
Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun.
Elning shaʼnu shavkati ham ziyosi
So‘nmas aslo to bor ekan bu ochun.
To uyg‘oqdir har bir ko‘zi qarosi ‒
Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun.
2017
Sirojiddin Sayyid,
O‘zbekiston xalq shoiri
Download 36.95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling