L o y I x a meҳnat jamoasining umumiy yiғilishida ma`қullangan


IX.   IJTIMOIY   SUҒURTA.   IJTIMOIY    IMTIYOZ    VA


Download 328.99 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/4
Sana02.12.2017
Hajmi328.99 Kb.
#21377
1   2   3   4

IX.   IJTIMOIY   SUҒURTA.   IJTIMOIY    IMTIYOZ    VA   

KAFOLATLAR 

9.1.  Taraflar  O`zbekiston  Respublikasi  Prezidenti  tashabbusi  bilan  xar  yili 

қabul қilinadigan ijtimoiy yo`nalishdagi Davlat dasturlarini amalga oshirish uchun 

chora-tadbirlar  ishlab  chiқish  va  қat`iy  bajarilishiga  erishish  majburiyatini  o`z 

zimmasiga oladilar. 

9.2.  Taraflar  O`zbekiston  Respublikasi  Meҳnat  kodeksining  қuyidagi 

moddalarida  nazarda  tutilgan  kafolatlarga  rioya  etish  va  imtiyozlar  berish 

majburiyatini o`z zimmasiga oladilar: 

a)  1941-1945  yillardagi  urush  қatnashchilari  va  imtiyozlari  bo`yicha  ularga 

tenglashtirilgan shaxslar uchun (103, 144, 150-moddalar); 

b)  atom  ob`ektlaridagi  falokatlar  okibatlarini  bartaraf  etish  ishlari 

қatnashchilari va ularga tenglashtirilgan shaxslar uchun (103-modda); 

v)  I  va  II  guruҳ  nogironlari  uchun  (68,  135,  143,  144,  150,  214,  220-

moddalar). 

9.3.  Ish  beruvchi  қuyidagi  miқdorlarda  vaқtincha  meҳnatga  layoқatsizlik 

nafaқasini to`lab borish majburiyatini o`z zimmasiga oladi: 

9.3.1. Ikkinchi jaҳon urushi қatnashchilariga, baynalminalchi jangchilarga va 

ularga tenglashtirilgan shaxslarga, қaramoғida 16 yoshga to`lmagan uch va undan 

ortiқ  farzandi  bor  xodimlarga,  CHernobil  AЭSdagi  ҳalokat  oқibatlarini  bartaraf 

etishda  ishtirok  etgan  xodimlarga,  CHernobil  AЭSdagi  ҳalokat  natijasida 

radioaktiv  ifloslangan  zonadan  evakuaktsiya  қilingan  va  ko`chirib  kelingan 

xodimlarga  (agar  ularda  қonyaratish  organlari  (o`tkir  lekozlar),  қalқonsimon  bez 

(adenomalar,  rak) kasalliklari  ҳamda  rakni  keltirib  chiқaruvchi  o`simtalar  mavjud 

bo`lsa),  yadroviy  poligonlar  va  boshқa  radiatsiya-yadroviy  ob`ektlarda  xarbiy 

xizmatni  o`tagan  pensiya  yoshidagi  nogiron  xodimlarga,  shuningdek  meҳnatda 

mayib  bo`lishi  yoki  kasb  kasalligi  natijasida  vaқtincha  meҳnatga  layoқatsiz 

xodimlarga – ish ҳaқining to`liқ miқdorida; 

9.3.2.  ijtimoiy  aҳamiyatga    molik  kasalliklar  bo`yicha  ro`yxatda  turuvchi 

xodimlarga  ularning  davlat  ijtimoiy  suғurtasi  badallarini  to`lagan  davri  (umumiy 

ish staji)ga қarab – ish ҳaқining 60dan 100 foizigacha; 

9.3.3.  boshқa  xollarda,  xodimning  umumiy  ish  stajiga  қarab  -  ish  ҳaқining 

60dan 100 foizigacha. 

9.4. Ish beruvchi xodimlarni yilida kamida bir marta epidemiya xavfi mavjud 

bo`lgan  kasalliklardan  ta`lim  muassasa  ҳisobidan  emlab  borish  majburiyatini  o`z 

zimmasiga oladi. 

9.5.  Ish  beruvchi  ishlayotgan  pensionerlarga  o`tgan  oy  uchun  pensiyani 

oyning  2-yarmi  uchun  to`lanadigan  ish  ҳaқi  bilan  bir  vaқtda  to`lab  borish 

majburiyatini  o`z  zimmasiga  oladi.  (O`zbekiston  Respublikasi  Adliya  vazirligida 

1995  yil  20  dekabrda  198-raқam  bilan  ro`yҳatga  olingan  ishlab  turgan 

pensionerlarga pensiya to`lash tartibiga binoan). 

9.6.  Xodim  surunkasiga  bir  oydan  ortiқ  kasal  bo`lganida  unga  O`zbekiston 

Respublikasida  o`rnatilgan  eng  kam  ish  ҳaқining  1  barobaridan  kam  bo`lmagan 

miқdorda moddiy yordam ko`rsatish majburiyatini Raҳbar o`z zimmasiga oladi.  


9.7. Kasaba uyushmasi Ish beruvchi bilan birgalikda xodimning ota-onasidan 

biri  yoki  yaқin  қarindoshi  vafot  etganda  O`zbekiston  Respublikasida  o`rnatilgan 

eng kam ish ҳaқi miқdorida moddiy yordam ko`rsatadilar. 

9.8.  Xodim  meҳnat  vazifalarini  bajarish  bilan  boғliқ  bo`lmagan  sabablarga 

ko`ra vafot etganda uning oilasiga O`zbkiston Respublikasida o`rnatilgan eng kam 

ish  ҳaқining  3  barobari  ҳisobidan  kelib  chiққan  ҳolda  қisman  қoplash 

majburiyatini o`z zimmasiga oladi. 

9.9.  Taraflar  talabalar  turar  joylarini  saқlab  turishga,  ularda  yashash  uchun 

ijtimoiy-maishiy  sharoitlarni  yaxshilashga,  yashovchilar  orasida  madaniy-

ommaviy, ma`naviyat-ma`rifat ishlarini olib borishga mablaғ ҳamda zarur ashyolar 

ajratish majburiyatini oladilar. 

 

X.   MADANIY-MA`RIFIY, JISMONIY TARBIYA-SOҒLOMLASHTIRISH, 



SPORT ISHLARI 

 

10.1.  Ish  beruvchi  xar  oyda  Meҳnatga  ҳaқ  to`lash  jamғarmasining  1  foizi 

miқdorida  mablaғni  madaniy-ma`rifiy,  jismoniy  tarbiya-soғlomlashtirish  ishlari 

uchun Kasaba uyushma қo`mitasi xisob raқamiga o`tkazish majburiyatini oladi.  



10.2.  Madaniy-ma`rifiy  ishlarni  yaxshilash  uchun  taraflar  қuyidagilarni 

o`z zimmasiga oladilar: 

10.2.1. “Ma`naviyat va ma`rifat” xonasini tashkil etib, uni O`zKUFKning  va 

Respublika  Ma`naviyat  va  tarғibot  markazi  tavsiyalari  asosida  jiҳozlab, 

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti I.Karimov asarlari, Mustaқillik yillarida chop 

etilgan zamonaviy adabiyotlar ҳamda plakatlar, stendlar  va texnik vositalar bilan 

ta`minlash; 

10.2.2.  Davlat  dasturlarini  bajarish  borasida  meҳnatkashlar  va  yoshlar 

o`rtasida  taniқli  fan,  adabiyot  va  san`at    arboblari,  adabiyotshunoslar, 

ishlabchiқarish  ilғorlarini  jalb  etgan  xolda,  xar-xil  mavzudagi  mazmunli  va 

қiziқarli uchrashuvlar tashkil etish; 

10.2.3.  tasarrufdagi  kutubxona,  madaniyat  uylari  va  saroylari    faoliyatini 

Muassasa  ҳisobidan  yanada  rivojlantirish,  ularni  saқlab  turish,  moddiy-texnika 

bazasini  mustaҳkamlash,  joriy  va  kapital ta`mirlash  ishlarini o`tkazish,  jiҳozlarini 

yangilash, kutubxonalarni yangi adabiyotlar bilan to`ldirish, jamoat tashkilotlari va 

jamғarmalarni  jalb  қilgan  xolda,    Milliy  ғoya  tarғiboti,  ma`naviy-ma`rifiy 

dunyoқarashlarini o`stirish borasida tadbirlar o`tkazish;  

10.2.4.  xodimlar  va  ularning  oila  a`zolari  o`rtasida  badiiy  ҳavaskorlikni  

yanada  rivojlanishiga  xar  taraflama  yordam  ko`rsatish.  Ularning  bo`sh  vaқtlarini 

sermazmun o`tkazib, tarixiy yodgorliklar mavjud bo`lgan Respublikaning қadimiy 

shaҳarlariga sayoҳatlar uyushtirish; 

 10.2.5. umumxalқ bayramlarini nishonlash kunlarida kasb maҳorati va badiiy 

ҳavaskorlik bo`yicha musobaқa, tanlov va tadbirlar uyushtirish. 

10.3. Xodimlar va ularning oila a`zolari o`rtasida soғlom turmush tarzini  

tarғibot қilish maқsadida, taraflar қuyidagilarni o`z zimmasiga oladilar: 

10.3.1.  jismoniy tarbiya va sport bilan shuғullanish uchun moddiy va boshқa 

sharoitlar  yaratib  berish  ҳamda  meҳnat  jamoasida  ishlab  chiқarish  gimnastikasini 

joriy etish; 



10.3.2.  kasaba  uyushmalari  jismoniya  tarbiya  va  sport  jamiyati,  jamoat 

tashkilotlari  va  jamғarmalarni  jalb  қilgan  xolda,  meҳnatkashlar  va  ularning  oila 

a`zolarini ommaviy sportga, turli sport sektsiyalari, to`garaklariga jalb etish xamda 

ular o`rtasida spartakiadalar va sport turlari bo`yicha musobaқalar uyushtirish; 

10.3.3.  Muassasa  balansida  bo`lgan  sport  inshootlari,  stadionlar  va 

maydonchalarning  faoliyatini  Muassasa  ҳisobidagi  mablaғlardan  yanada 

rivojlantirish,  moddiy  –texnikaviy  bazasini  mustaҳkamlash,  joriy  va  kapital 

ta`mirlash, sport inventar va jiҳozlarni yangilash;  

10.3.4. kasaba uyushmalari  jismoniya  tarbiya  va  sport  jamiyati  bilan aloқani 

mustaҳkamlash; 

10.3.5. jismoniy tarbiya bo`yicha қo`shimcha yo`riқchi lavozimini Muassasa 

mablaғlari ҳisobidan kiritish imkoniyatini ko`rib chiқish. 



 

XI.  AYOLLAR   MEҲNATINI    TARTIBGA   SOLISH.    

 AYOLLAR   VA  OILAVIY  VAZIFALARNI  BAJARISH BILAN  

MASHҒUL  SHAXSLARGA  BERILADIGAN ҚO`SHIMCHA      

IMTIYOZLAR VA KAFOLATLAR 

 

11.1.  Taraflar  Meҳnat  kodeksida  ko`zda  tutilgan  қuyidagi  kafolatlarga  rioya 

etilishini  ҳamda  imtiyozlar  berilishini  ta`minlash  majburiyatini  o`z  zimmalariga 

oladilar: 

a)  ҳomilador  ayollar  uchun  (78,  84,    224,    237,  228,  229,  143,  231,  233-

moddalari); 

b)  ikki  yoshga  to`lmagan  bolasi  bor  ayollar  uchun    (  143,  227,  234,  236-

moddalari); 

v)  uch  yoshga  to`lmagan  bolasi  bor  ayollar  uchun  (    78,  84,  150,  224,  228, 

228


I

, 234, 237-moddalari); 

g) o`n ikki yoshga to`lmagan ikki va undan ortiқ bolasi yoki o`n olti yoshga 

to`lmagan nogiron bolasi bor ayollar uchun (  150, 232-moddalari);   

d) o`n olti yoshga to`lmagan nogiron bolani tarbiyalayotgan ota-onaning biri 

(vasiy, ҳomiy) uchun (230-modda); 

e)  o`n  to`rt  yoshga  to`lmagan  bolasi  yoki  o`n  olti  yoshga  to`lmagan  nogiron 

bolasi bor ayollar uchun (68, 144, 228, 229-moddalari);   

j) onasiz bolalarni tarbiyalayotgan shaxslar uchun (235, 238-moddalari).  

 

11.2.  Ish beruvchining majburiyatlari: 

11.2.1.  қisқartirilayotgan  ayollarni  meҳnat  bozorida  talab  bo`lgan  kasblarga 

o`қitishni ta`minlash; 

11.2.2.  ayollarga  malaka    oshirish  va  қo`shimcha  ma`lumot  olish  xuқuқidan 

foydalanish uchun  imkoniyatlar yaratib berish;  

11.2.3.  Muassasada  meҳnati  vaқtinchalik  foydalanilmaydigan  ayollar  uchun 

kasanachilikni tashkil etish; 

11.2.4.  Muassasa  (tizim  birligi)  rekonstruktsiyadan  so`ng  ishga  tushganda 

unda  ishga  joylashtirish  uchun  қayta  o`қitilgan  va  ilgari  mazkur  Muassasada 

meҳnat қilgan ayollarga afzalliklar berish;  



11.2.5.  Tibbiy  ҳulosaga  muvofiқ  ҳomilador  ayollarga  engilroқ  yoki  noқulay 

ishlab chiқarish omillari ta`siridan ҳoli bo`lgan ish o`rinlari ajratish; 

11.2.6.  ҳomilador  ayollarni  tibbiy  ko`rikdan  o`tishlari  uchun,  ularning 

o`rtacha  ish xaқi  saқlangan  xolda ishdan ozod  etish,  agar  mazkur ko`rikni  ishdan 

tashқari vaқtda o`tkazish imkoniyati bo`lmasa; 

 

11.2.7.  uch  yoshga  to`lmagan  bolalari  bor  ayollarga  1  soatga  қistқartirilgan 



ish kuni belgilash; 

11.2.8.  sakkiz  (10-12)  yoshgacha  farzandi  bo`lgan  ayollarning  iltimosiga 

ko`ra, oyda  2  kundan iborat ish xaқi saқlanmaydigan dam olish kuni berish;   

11.2.9. normativda ko`zda tutilganidan tashқari ayollar uchun shaxsiy gigiena 

xonalarini tashkil etish. Soғlomlashtirish majmualari va dam olish xonalarini joriy 

etish. 


11.3.  Ikki  yoshgacha  farzandi  bo`lgan  ayollarga,  bolani  ovқatlantirish  uchun 

xar uch soatda 30 daқiқadan tanaffus beriladi, ikki nafardan ko`p        2 yoshgacha 

farzandi  bo`lgan  ayollarga  esa,  xar  uch  soatda  1  soatdan  tanaffus  belgilanadi. 

Bolani  ovқatlantirish  uchun  beriladigan  tanaffuslar  ish  soatiga  қo`shilib,  o`rtacha 

ish  xaқi  to`lanadi.  Xodimaning    xoҳishiga  ko`ra,  bolani  ovқatlantirish  uchun 

ajratilgan tanaffuslar vaқti dam olish va ovқatlanish uchun belgilangan tanaffusga 

қo`shib  berilishi  yoki umumlashtirilib, ish kunining (smena) boshiga yoki oҳiriga 

o`tishi  mumkin.  (O`zbekiston  Respublikasi  Meҳnat  kodeksining  236-moddasiga 

asosan ). 

11.4. Kasaba uyushma қo`mitasi ayollar meҳnat sharoitlarini  yaxshilashga 

ko`maklashishni  o`z  zimmasiga  oladi,  ayollar  meҳnati  va  soғligi  muҳofazasi 

bo`yicha  Muassasaning  ijtimoiy  dasturi  bajarilishida  Ish  beruvchiga  yaқindan 

yordam beradi.  

 

XII.  YOSHLAR  UCHUN  ҚO`SHIMCHA  IMTIYOZLAR  VA  



KAFOLATLAR 

 

12.1.  Muassasanning  ishida  va    rivojlanishida  yosh  mutaxassislar  ishtiroki 

samarasini  yanada  oshirish  xamda  yoshlarni  ijtimoiy  ҳimoya  masalasi  echimini 

topish maқsadida tomonlar қuyidagilarga kelishb oldilar: 

-  Xalқaro  meҳnat  tashkilotining  138,  182-sonli  Konventsiyalariga  binoan 

ishga қabul қilish uchun eng kichik yoshga rioya etish xamda bolalar meҳnatining 

oғir shakllarini taқiқlash yuzasidan aniқ maқsadga yo`naltirilgan ish olib borish; 

-

 



yoshlar  bilan  ishlash  bo`yicha  kompleks  dastur  va  uni  amalga  oshirish 

tadbirlarini ishlab chiқish; 

-

 

yosh mutaxassislar va yosh ustalar kengashini tuzish; 



-

 

yosh  xodimlar,  mutaxassislar  va  boshқalar  o`rtasida  kasb  maҳorati 



bo`yicha tanlovlar o`tkazish; 

-

 



yosh  oilalar  a`zolari  bo`lmish  xodimlarga  xar  taraflama  yordam 

ko`rsatish. 

12.2. Қonun ҳujjatlariga binoan va mazkur SHartnoma maқsadlarida: 

a) 30 yoshgacha bo`lgan xodimlar yoshlar deb xisoblanadilar; 



b)  oliy  va  o`rta  maxsus  ma`lumotga  ega  bo`lgan  va  olgan  mutaxassisligi 

bo`yicha ilk bor mazkur Muassasaga  ishga kirgan xodimlar, ta`lim muassasasini 

bitirgandan so`ng 3 yil davomida  yosh  mutaxassislar  deb xisoblanadilar; 

v)  rasmiylashtirilgan nikoҳda ilk bor  turgan  va  xar  biri  30  yoshga to`lmagan 

er-xotinlar  yosh oilalar deb ҳisoblanadilar. 

12.3.  Taraflar  Meҳnat  kodeksida  ko`zda  tutilgan  қuyidagi  kafolatlarga  rioya 

etilishini  ҳamda  imtiyozlar  berilishini  ta`minlash  majburiyatini  o`z  zimmalariga 

oladilar: 

a)  o`n  sakkiz  yoshga  to`lmagan  xoldimlar  uchun  (135,  143,  144,  202,  203, 

214, 239, 240, 241, 242, 243, 244, 245, 246-moddalar); 

b) ishni ta`lim bilan birga ko`shib olib borayotgan xodimlar uchun ( 103, 143, 

144, 249, 250, 251, 252, 253, 254, 255, 256, 257-moddalar); 

v) ta`lim muassasalarini bitirgan xodimlar uchun (68, 103-moddalar). 

12.4. Ish beruvchi majburiyatlari: 

12.4.1. o`n sakkiz yoshga to`lmagan shaxslarga meҳnatni muҳofaza қilish, ish 

vaқti,  ta`tillar  va  boshқa  meҳnat  shartlari  soҳasida  ko`shimcha  imtiyozlar  berish, 

ularni Muassasaning soғlomlashtirish markaziga  soғlomlashtirish; 

12.4.2.  o`rta  maxsus  kasb-xunar  ta`limi  muassasalarida  yosh  mutaxassislarni 

tayyorlash borasida aniқ maқsadga yo`naltirilgan ish olib borish; 

12.4.3.  kollej  va  oliy  o`қuv  yurtlarini  tugatib,  Muassasada  birinchi  yil  (ikki, 

uch yilgacha) meҳnat қilayotgan yosh mutaxassislarga O`zbekiston Respublikasida 

o`rnatilgan eng kam ish ҳaқining 2 baravari miқdorida  қo`shimcha xaқ to`lash;  

12.4.4.  ishga  kelgan  yosh  mutaxassislarga  O`zbekiston  Respublikasida 

o`rnatilgan  eng  kam  ish  xaқining  ikki  baravari  miқdorida    bir  martalik  to`lov 

berish. 

12.5.  Ta`lim  muassasalarida  ishlab  chikarishdan  ajralmagan  ҳolda  o`kib, 

o`kuv  rejasini  bajarayotgan  xodimlarga  O`zbekiston  Respublikasi  Meҳnat 

kodeksida belgilanganiga қo`shimcha imtiyozlar beriladi. 

12.6. Kasaba uyushma қo`mitasi majburiyatlari: 

a)  yosh  xodimlarning  ijtimoiy  xuқuқlari  va  kafolatlarini  ҳimoya  қilish 

ishlarini  yanada  mukammallashtirish  uchun  mavjud  ҳuқuқiy-normativ  bazadan 

foydalanish; 

b)  yosh  yigit-қizlarni  kasaba  uyushmalari  faoliyatiga  jalb  etish  ishlarini  olib 

borish, jamoat ishida faollik ko`rsatganlarni muntazam ravishda taқdirlash. 

 

XIII.  MEҲNAT  NIZOLARINI ҲAL  ETISH.  

 

13.1.    Kelishuvchi  tomonlar,  ijtimoiy  sherikchilik  printsiplarini  tan  olgan 

xolda, jamoa shartnomasini bajarilishida yuzaga kelgan xar қanday nizolarni oldini 

olish choralarini ko`rishni o`z zimmasiga oladilar. Baҳslashuvlar o`zaro ishonch va 

xurmat bilan, O`zbekiston Respublikasi қonun xujjatlari asosida ҳal etiladi. 

13.2.  YAkka  tartibdagi  meҳnat  nizolari  va  ziddiyatlar  olti  nafar  `zolardan 

tashkil  topgan  (xar  tarafdan  uch  nafardan)  ish  beruvchi  va  kasaba  uyushma 

қo`mitasi  tomonidan  tenglik  asosida  mazkur  SHartnomaning  amal  қilish 



muddatiga tuziladigan meҳnat nizolari komissiyasi tomonidan ko`rib chiқiladi. 

13.3.  Meҳnat  nizolari  komissiyasi  o`z  faoliyatini  қonun  xujjatlariga  va    13-



Ilovada keltirilgan Nizomga binoan  olib boradi. 

13.4.  Meҳnat  nizolari  komissiyasini  tashkiliy-texnikaviy  ta`minlash  ishlari 



14-Ilovaga asosan amalga oshiriladi. 

13.5.  Jamoalarga  doir  meҳnat  nizolari  O`zbekiston  Respublikasi  қonun 

xujjatlarida belgilangan tartibda xal etiladi. 

 

XIV.  IJTIMOIY   SHERIKCHILIK.   KASABA  UYUSHMASI  



FAOLIYATINING   KAFOLATLARIGA  RIOYA   ETILISHI 

14.1. Ish beruvchi va Kasaba uyushma қo`mitasi  o`zaro munosabatlarida 

ijtimoiy  sherikchilik,  ҳamkorlik,  o`zaro  manfaatlarni  ҳurmat  қilish  tamoyillariga 

ҳamda O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, Meҳnat kodeksi va boshқa қonun 

ҳujjatlariga amal қiladilar.  

14.2.  Ish  beruvchi  O`zbekiston  Respublikasining  amaldagi  қonun 

ҳujjatlariga, shuningdek O`zbekiston Respublikasi tomonidan ratifikatsiya қilingan 

xalқaro  shartnomalar  ҳamda  Xalқaro  meҳnat  tashkilotining  konventsiyalariga 

binoan    kasaba  uyushmasining  ҳuқuқlariga  rioya  қiladi,  uning  faoliyatiga 

ҳartomonlama ko`maklashadi. 

14.3. Ish beruvchi Muassasada xodimlarning yagona vakillik organi sifatida 

Kasaba uyushma қo`mitasini  tan oladi. 

14.4.  Tomonlar  kasaba  uyushma  a`zolarining  yozma  arizalari  asosida  kasaba 

uyushmasi  a`zolik  badallari  Muassasa  buxgalteriyasi  orқali  pul  o`tkazish  yo`li 

bilan to`lanib borilishini maқsadga muvofiқ deb ҳisoblaydilar. 

14.5.  O`zbekiston  Respublikasi  Adliya  vazirligida 1999  yil  30 yanvarda 615 

raқam  bilan  ro`xatga  olingan  “Xo`jalik  yurituvchi  sub`ektlarning  bank  ҳisob 

varaқlaridan pul mablaғlarini ҳisobdan chiқarish tartibi to`ғrisidagi yo`riқnoma”ga 

binoan  Muassasa  ҳisob  varaғida  mablaғ  etarli  bo`lmagan  xollarda  kasaba 

uyushmasi  a`zolik  badallari  ijro  to`lov  ҳujjatlari  bo`yicha  proportsiya  asosida 

ҳisobdan chiқariladigan mablaғlar қatoriga kiritiladi. 

14.6. Ish beruvchi

  a)  jamoa  shartnomasiga  kirmagan  ijtimoiy-iқtisodiy  masalalar  bo`yicha 

қarorlar қabul қilishdan oldin Kasaba uyushma қo`mitasi bilan oldindan kelishib 

olish; 


  b) Kasaba uyushma қo`mitasi talab қilganda unga meҳnat ҳamda ijtimoiy-

iқtisodiy rivojlanish bilan boғliқ masalalar yuzasidan ma`lumotlar taқdim etish; 

  v)  Kasaba  uyushma  қo`mitasining  ustavda  belgilangan  faoliyatini  amalga 

oshirish  uchun  uni  xonalar,  transport,  tashkiliy  texnika,  aloқa  vositalari, 

kantselyariya mollari bilan bepul ta`minlash majburiyatlarini oladi. 

14.7. Kasaba uyushma қo`mitasi: 

  a)  Muassasaning  ijtimoiy  va  iқtisodiy  rivojlanish  dasturlarini  bajarilishiga 

ko`maklashish, bu borada xodimlar tashabbusi va ijodiyotini қo`llab-қuvvatlash va 

rivojlantirish; 


  b)  ish  xaқi  to`lanishi,  jamoa  shartnomasi  bo`yicha  қo`shimcha  to`lovlar 

berilishi  to`ғriligini,  shuningdek  meҳnat  muҳofazasi  va  xavfsizlik  texnikasi 

sharoitlarini yaxshilash bo`yicha tadbirlar bajarilishini nazorat қilish; 

  v)  meҳnat  to`ғrisidagi  қonunlar  ijrosini  nazorat  қilish,  xodimlar  ҳuқuқiy 

savodҳonligini yuksaltirishga ko`maklashish; 

  g)  kasaba uyushmasi a`zolarining meҳnat қilish ҳuқuқini ҳimoya қilish; 

  d)  ish  joylaridagi  mavjud  kamchiliklarni  o`z  vaқtida  bartaraf  etilishiga 

erishish  va  ish  joylarini  meҳnat  muҳofazasi,  xavfsizlik  texnikasi  va  sanoat 

sanitariyasi қoidalari talablariga muvofiқ xolatga olib kelish borasida ish beruvchi 

tomonidan tegishli choralar ko`rilishini talab қilish; 

  e)  xodimlar  va  ularning  oila  a`zolarini  dam  olishi  va  soғlomlanishi  uchun 

xodimlarning  arizalarini  tegishli soғlomlashtirish  maskanlariga yo`llanmalar  bilan 

O`zbekiston  kasaba  uyushmalari  Federatsiyasi  Kengashi  tomonidan  tasdiқlangan 

me`yorlar doirasida ta`minlash; 

  j)    Muassasada  meҳnat  va  turmush  sharoitlari  aҳvolining  jamoat  nazoratini 

tashkil қilish va amalga oshirish; 

z)  kasaba  uyushma  a`zolari  orasida  meҳnat  va  ishlabchiқarish  intizomini 

mustaҳkamlashga  қaratilgan  tushuntirish  va  tashkiliy  ishlarni  olib  borish, 

mojarolarga olib keluvchi vaziyatlarni oldini olishga қaratilgan choralar ko`rish; 

i)  xar  xil  tanlovlar,  sport  musobaқalari  ғoliblarini  taқdirlar  uchun  

raғbatlantiruvchi sovғalar va mukofotlar ta`sis etish; 

k)  kasaba  uyushmalari  Federatsiyasining  «Ishonch»,  «Ishonch-Doverie» 

gazetalariga obunani ta`minlash majburiyatlarini oladi. 

14.8. O`zbekiston Respublikasining “Kasaba uyushmalari, ularning ҳuқuқlari 

va  faoliyatining  kafolatlari  to`ғrisida”gi  Қonuniga  binoan  kasaba  uyushma 

organlariga saylanib ishlab chiқarish faoliyatidan ozod etilgan shaxslarga ularning 

vakolat muddatlari tugaganidan so`ng avvalgi yoki shunga teng ish berilishi kerak.  

Mazkur  kafolatni  to`liқ  amalga  oshirish  maқsadida  Ish  beruvchi  kasaba 

uyushmasiga  saylangan  xodimlarning  bo`shab  қolgan  ish  o`rinlariga  yangi 

xodimlarni  faқatgina  muayyan  muddatga tuzilgan  meҳnat shartnomalariga binoan 

ishga қabul қilish majburiyatini oladi. 

14.9. 


Xalқaro 

meҳnat 


tashkilotining 

“Korxonalarda  meҳnatkashlar 

vakillarining  ҳuқuқlarini  ҳimoya  қilish  va  ularga  beriladigan  imkoniyatlar 

to`ғrisida”gi  135-Konventsiyasiga,  shuningdek  O`zbekiston  Respublikasi  Adliya 

vazirligida  1995  yil  18  dekabrda  196  raқam  bilan  ro`xatga  olingan  “Meҳnat 

muҳofazasi  bo`yicha  vakil  ҳaқida  Nizom”ning              12-bandiga  binoan 

xodimlarning қuyidagi toifalari mazkur SHartnoma maқsadlarida Meҳnatkashlar 

vakillari deb e`tirof etiladilar: 

a) saylab қo`yiladigan kasaba uyushma organlari a`zolari; 

b) meҳnatni muҳofaza қilish bo`yicha vakillar; 

v) meҳnat nizolari komissiyasining a`zolari; 

g) sport soғlomlashtirish ishlari  

1.  Ishlab  chiқarishdagi  asosiy  ishidan  ozod  қilinmagan  Meҳnatkashlar 



vakillariga  jamoatchilik  ishlarini  bajarish  uchun  xar  ҳaftada  ikki  soatdan  bo`sh 

vaқt beriladi va bu davr uchun ularga o`rtacha ish ҳaқi saқlab қolinadi. 

14.12.  Ishlab  chiқarishdagi  asosiy  ishidan  ozod  қilinmagan  Meҳnatkashlar 



Download 328.99 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling