L qabridan I-II asrlarga tegishli zarbob kiyimlar topilgan


Download 67 Kb.
Sana16.11.2023
Hajmi67 Kb.
#1781022
TuriKompozisiya
Bog'liq
d 4 zar


4-MAVZU: . Zardo‘zlikda kompozisiya eskizlarini tuzishni o‘rganish

Zardo’zlik — hunarmandchilikning qadimiy turlaridan biri zar ip bilan nakqsh (kashta) tikish kasbi. U forscha zar (tilla), duzi (tikmoq) suzini anglatadi.


Zardo’zlik san’ati uzoq tarixga yega. Zardo’zlikning vatani Vavilon bo`lib, u Rim imperiyasiga qarashli bo`lgach, zar, ipak va jun ip qo`shib tikilgan rangbarang kashtachiligi bilan butun dunyoga mashxur bo`lgan. Vizantiyada zardo’zi kiyim kechaklarni faqat imperator a’yonlari, aslzodalar kiyishgan. Vizantiya bilan muntazam madaniyat hamda siyosiy hamkorlik qilishi tufayli zardo’zlik san’ati Yeron podsholigi saroyida ham rivoj topgan. Yeronda zardo’zlik san’atining rivojlanganligiga XV—XVII asrda ishlangan zardo’zlik namunalari misol bo`la oladi. Vizantiyadan Qadimgi Rusga ham zardo’z­lik san’ati kirib keldi. Kichik Osiyo doirasida zardo’zlik XIII va XV asrlarda ham rivojlandi. Xullas Vizantiya qayerga ta’sirini o`tkazgan bo`lsa usha yerda zardo’zlik rivojlangan.
O`rta Osiyoda zardo’zlik juda qadimdan rivojlanib kelayotgan xalq amaliy san’ati turlaridan biridir. Arxeologik topilmalar va tarixiy manbalardan ma’lumki, O`rta Osiyo xalqlari orasida qadimdan I—II asrlarda zarbob kiyimlar, badiiy buyumlar keng tarqalgan. 1947 yili Toshkent viloyatining Vrevskiy qishlog`ida o`tkazilgan arxeologik topilmada ayo
l qabridan I—II asrlarga tegishli zarbob kiyimlar topilgan.



Abdurazzoq Samarqandiy «Hindiston safarnomasi» asarida 1442 yili Shoxrux zamonida Shimoliy Hindiston bilan Xirot o`rtasida turgan yelchilarning sovg`alari orasida zarbop kiyim­lar bo`lganligini aytib o`tgan. 1465 yili «Ashratxona» makbarasi xaqidagi xujjatlarda zarbop kiyimlar xaqida bayon yetib o`tgan. Xirotda yashab ijod yetgan Vasfiy o`zining risolalarida zarbop kiyimlar va zardo’zlik kasbi to`g`risida bayon yetgan.
XVII asrda yashagan samarqandlik shoir Fitratning asosiy kasbi zardo’zlik bo`lgan, u matolarga zardan ajoyib kashtalar tikkan. XIX—XX asr boshlarida zardo’zlikning o`ziga xos maktabi yaratilgan. O`zbekistonda Buxoro, Samarqand, Fargona va boshqa joylarda zardo’zlik maktablari ochilgan. Qimmatbaxo matodan tayyorlanadigan zardo’zi kiyimlar maxalliy aholining turli tabaqalari o`rtasida keng tarqalgan. Bu kiyim kechaklar asosan amir saroyidagilar, shahar boylari uchun tikilgan. Yuzlab qo`li gul ustalar hammasi amir saroyining yextiyoji uchun

Download 67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling