‘l texnikumi “Temir yo'l transportida intellektual axborot tizmlari va ularni loyihalash


Mavzu:15.Ma'lumotlar bazani me'yorlashtirish haqida umumiy ma'lumot


Download 1.16 Mb.
bet27/36
Sana28.09.2023
Hajmi1.16 Mb.
#1689304
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   36
Bog'liq
maruza

Mavzu:15.Ma'lumotlar bazani me'yorlashtirish haqida umumiy ma'lumot.
Reja:
1. Ma'lumotlar bazani me'yorlashtirish haqida
2. Oracle ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimi haqida
3. Ma'lumotlar bazasi
Oracle ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimi haqida
Oracle (Ma'lumotlar Bazasini Boshqarish Tizimi) – katta hajmdagi ma'lumotlarni boshqarish, ulardan kerakli ma'lumotlarni so'rov orqali istalgan ko'rinishda chiqarib olish, ma'lumotlarning zahira nusxalarini olish, katta xajmdagi ma'lumotlarni siqish, qulay interfeysda baza ustidan nazorat o'rnatish, ma'lumotlar asosida hisobotlar hosil qilish va bulardan boshqa ma'lumotlar ustida juda katta ko'lamdagi ishlarni amalga oshiradigan dasturiy kompleksdir. Oracle dasturini server va klient ko'rinishida o'rnatish mumkin va berilgan ruxsat doirasida ishlatish mumkin.
Bu dastur asosan katta xajmdagi ma'lumotlar bilin ishlaganligi uchun , asosan yirik korxonalarda ishlatiladi. Bu dasturning asosini ma'lumotlar bazasi tushunchasi tashkil etadi.

Ma'lumotlar bazasi – bu serverda joylashgan bir yoki bir necha fayllardan tashkil topgan, shu serverga yig'iladigan va so'rovlar orqali nazorat qilib boriladigan ma'lumotlardir. Ma'lumotlar bazasi mantiqiy va jismoniy ko'rinishda bo'lishi mumkin. Mantiqiy ko'rinishdagi ma'lumotlar bazasining asosini jadvallar tashkil etadi. Jadvallar ustun va qatorlardan tashkil topgan bo'lib, ular birlashgan joy(yacheyka) da ma'lumotlarni saqlaydi. Bu ko'rinishdagi ma'lumotlar bazasi " реляционная база данных " deyiladi. Baza eng kamida jadvaldan tashkil topgan bo'lishi shart, bu shart ma'lumotlar bazasi mavjud bo'lishning eng minimum shartidir.

Bazada saqlanayotgan ma'lumotlarni xafsizligini saqlash maqsadida Oracle(MBBT) da juda ko'p ishlar amalga oshirilgan, biz ularni keyingi maqolalarda ko'ramiz. Ma'lumotlar bazasini tashkil etgan fayllarni: ma'lumotlar bazasi fayllari va ma'lumotlar bazasiga tegishli bo'lmagan fayllar ko'rinishida ajratishimiz mumkin. Ma'lumotlar bazasi fayllarida ma'lumotlar saqlanadi, ma'lumotlar bazasiga tegishli bo'lmagan fayllarda har xil protokollar, sozlashlar kabi qo'shimcha ma'lumotlar saqlanadi. Bu ma'lumotlar bilan Oracle administratorlari ruxsat bergan foydalanuvchilargina ishlay oladi.

Oracle ning juda ko'p utilitlari(Rman, Oracle Data Guard, Oracle Data Grid,… ) mavjud bo'lib, ular ham ma'lumotlarni foydalanuvchi uchun qulay ko'rinishda taqdim etish(boshqarish, nazorat qilish) uchun ishlatiladi. Misol tariqasida Rman utilitasini oladigan bo'lsak, bu utilita bazani to'liq yoki qisman zahira nusxalarini juda katta xajmga kamaytirib(siqib) hosil qiladi va saqlash uchun o'zi chunarli bo'lgan kodlarga aylantiradi. Bazaga shikast etganda shu zahira nusha orqali bazani qayta tiklash mumkin bo'ladi.

Oracle SQL kodlari orqali buyruqlarni qabul qiladi. Bu so'rov tili ma'lumotlar bazasini yuklash, uni to'xtatish, montirovka qilish, jadvallar yaratish, o'chirish, o'zgartirish, ma'lumotlar ichidan kerakligini chiqarib olish va boshqa vazifalar uchun ishlatiladi. Bu til juda ko'p Ma'lumotlar Bazasini Boshqarish Tizim lari uchun umumiy hisoblanadi. SQL kodlari bir yoki bir necha jadvallar ustida so'rovlarni amalga oshira oladi.

Ma'lumotlarni boshqarishda foydalanuvchilarga qulaylik yaratish maqsadida Oracle dasturi yaratuvchilari Oracle Enterprise Manager deb nomlangan web sahifa yaratishgan bo'lib, bu sahifa orqali butun Oracle ni boshqarish mumkin bo'ladi. SQL kodlarini bilmaydigan foydalanuvchilar ham bu web sahifa orqali barcha vazifalarni bajarishi mumkin, faqatgina kerakli "ссылка" larni bosish kifoya. Har bir ma'lumotlar bazasi uchun alohida-alohida Enterprise Manager sahifasi bo'ladi, har bir sahifa portlar orqali ajratiladi. Barcha brauzerlarda bu sahifa yaxshi namoyon bo'ladi va bazani xafsizligiga portlarni boshqarish yo'li bilan erishish mumkindir.
Axborot atrof - muhit ob`ektlari va hodisalari, ularning o`lchamlari, xosiyatlari va holatlari tug`risidagi ma`lumotlardir. Keng ma`noda axborot insonlar o`rtasida ma`lumotlar ayirboshlash, odamlar va qurilmalar o`rtasida signallar ayirboshlashni ifoda etadigan umummilliy tushunchadir.
Informatika fani axborotga hodisalar yoki ob`ektlar to`g`risidagi tasavvurlarimizni o`zgartiruvchi, o`zaro kontseptual bog`liq ma`lumotlar, ko`rsatkichlar, negizlar va tushunchalar sifatida qaraydi. Informatikada axborot bilan bir qatorda ma`lumotlar tushunchasi ham keng qo`llaniladi.

Komp`yuterlarni ishlatish faoliyatida esa axborotdan boshqarish funktsiyalarini amalga oshiruvchi ob`ekt sifatida foydalaniladi. Axborot tushunchasi ma`lumot tushunchasi bilan uzviy bog`langan, lekin har qanday ma`lumot axborot bo`lavermaydi.


Ma`lumotlarga u yoki bu sabablarga ko`ra foydalanilmaydigan, balki faqat saqlanadigan belgilar yoki yozib olingan kuzatuvlar sifatida qarash mumkin. Agar bu ma`lumotlardan biror narsa to`g`risidagi mavhumlikni kamaytirish uchun foydalanish imkoniyati tug`ilsa, ma`lumotlar axborotga aylanadi. SHuning uchun axborotni foydalaniladigan ma`lumotlar, deb atasa ham bo`laveradi.

Masalan, qog`ozga telefon raqamlarini ma`lum tartibda yozib, uni boshqa kimsaga ko`rsatsangiz, u buni biror axborot bermaydigan ma`lumot sifatida qabul qiladi. Biroq, ana shu har bir telefon raqami to`g`risidagi muayyan korxona yoki tashkilot nomi, uning faoliyat turi yozib qo`yilsa, avvalgi ma`lumot axborotga aylanadi.

Ma`lumotlar. Axborot iste`molchiga etib borgunga qadar bir qator o`zgarishlarga uchraydi. Oraliq bosqichlarda xabarning mohiyatiga ko`ra xususiyati ikkinchi darajaga tushib qoladi, natijada «axborot» tushunchasi nisbatan cheklangan «ma`lumotlar» tushunchasi bilan almashtiriladi. SHuning uchun ham ma`lumotlarni axborotning komp`yuterdagi tasviri deb aytish mumkin. Ma`lumotlar bir - biri bilan o`zaro bog`langan dalil va raqamlar, fikrlar to`plamini ifodalaydi. Axborot va ma`lumotlar o`rtasidagi farq ta`kidlanmaydigan hollarda ular anonim sifatida ishlatiladi.

Iqtisodiy axborot - axborotning eng muhim turlaridan biri hisoblanadi. Iqtisodiy axborot ishlab chiqarish jarayonlari, moddiy resurslar, bozorlar, bank va moliya muassasalari faoliyati bilan to`g`ridan- to`g`ri bog`liqdir. Jamiyatning rivojlanish tarixida bir necha axborot inqiloblari ro`y berdi – axborotni qayta ishlash sohasida tub o`zgarishlar sodir bo`lgani tufayli ijtimoiy munosabatlarda o`zgarishlar yuzaga keldi. Bunday o`zgarishlar oqibati sifatida insoniyat jamiyati yangi sifatga ega bo`ldi.

So`ngi axborot inqilobi yangi soha – yangi bilimlarni ishlab chiqish uchun texnologiyalar, uslublar, texnik vositalarni ishlab chiqarish bilan bog`liq axborot sanoatini oldingi safga olib chiqdi. Axborot texnologiyalari, ayniqsa, telekommunikatsiyalarning barcha turlari axborot sanoatini eng muhim tarkibiy qismlaridir. Zamonaviy axborot texnologiyasi komp`yuter texnikasi va aloqa vositalari sohasidagi yutuqlarga tayanadi.

Axborot texnologiyasi (AT) ob`ekt, jarayon yoki hodisaning holati haqida yangi sifat axboroti olish uchun ma`lumotlar yig`ish, qayta ishlash va uzatish (boshlang`ich axborot) vosita va uslublari jamlanmasidan foydalanadigan jarayondir.

Telekommunikatsiya komp`yuter tarmoqlari va zamonaviy texnik aloqa vositalari negizida ma`lumotlarni masofadan uzatishdir.

Axborot jamiyatning moddiy va texnologik negizini komp`yuter texnikasi va komp`yuter tarmoqlari, axborot texnologiyalari, telekommunikatsiya aloqalari asosidagi turli xil tizimlar tashkil etadi.

Axborot jamiyati - unda ishlovchilarning axborot, ayniqsa uning oliy shakli bo`lmish bilimlarni izlab topish, saqlash, qayta ishlash va amalga oshirish bilan band bo`lgan jamiyatdir.

XXI asrda ilg`or mamlakatlarda fan va texnika rivojlanishining real amaliyotida nazariyotchilar yaratgan axborot jamiyati manzarasining chizgilari sekin - asta namoyon bo`lmoqda. Butun dunyo intelektual makoni elektron kvartira va kottejlarda yashovchi kishilar yagona komp`yuterlashgan va axborotlashgan jamiyatga aylanishi kutilmoqda. Istalgan turar joylar turli elektron uskunalar va komp`yuterlashgan moslamalar bilan jihozlanadi. Odamlar faoliyati asosan axborotni qayta ishlashga qaratiladi, moddiy ishlab chiqarish esa mashinalarga yuklanadi.

Axborot jamiyatiga o`tishda komp`yuter va tellekommunikatsiya axborot texnologiyalari negizida yangi axborotni qayta ishlash sanoati yuzaga keladi.

Bir qator olimlar axborot jamiyatiga xos xususiyatlarni quyidagicha ta`riflaydilar:

axborot inqirozi muammosi hal etildi, ya`ni axborot mo`l-ko`lligi va axborot taqchilligi o`rtasidagi ziddiyat echildi boshqa zahiralarga qiyoslaganda axborot ustuvorligi ta`minlandi; rivojlanishning asosiy shakli axborot iqtisodiyoti bo`ladi;

eng yangi axborot texnika va texnologiyalar yordamida avtomatlashtirilgan holda bilimlarni saqlash, qayta ishlash va foydalanish jamiyati shakllanadi;

axborot texnologiyasi inson ijtimoiy faoliyatining barcha sohalarini qamrab olib, umumiylik xususiyatini kasb etmoqda;

butun insoniyat tsivilizatsiyasining axborot birligi shakllanmoqda;

zamonaviy axborot vositalari yordamida har bir insonning butun tsivilizatsiya axborot zaxiralariga erkin kirishi amalga oshdi.

Ushbu ijobiy tomonlardan tashqari, uning salbiy oqibatlar ham oldindan qurilgan:

ommaviy axborot vositalarining jamiyatga tobora ko`proq ta`sir ko`rsatishi;

axborot texnologiyalari odamlar va tashkilotlarning xususiy hayotini buzib

yuborishi;


v) sifatli va ishonchli axborotni tanlash muammosi mavjudligi;

g) ko`pgina odamlarning axborot jamiyati muhitiga moslashishi qiyinligi. ―Axborot elitasi‖ (axborotlarni qayta ishlash bilan shug`ullanuvchi kishilar) va iste`molchilar orasida muammolar vujudga kelishi havfi.


Moddiy ishlab chiqarishga yunaltirilgan sanoat jamiyatida allaqachonlar klassik iqtisodiy kategoriyalar bo`lgan bir necha asosiy zaxira turlari ma`lum, ya`ni:

Moddiy zaxiralar - ijtimoiy mahsulot ishlab chiqarish jarayonida foydalanish uchun mo`ljallangan mehnat predmetlari yig`indisidir, masalan, xom-ashyo, materiallar, yoqilg`i, energiya, yarim tayyor masulotlar, detallar va hokazolar.

Tabiiy zaxiralar – kishilarning moddiy va ma`naviy ehtiyojlarini qondirish uchun jamiyat tomonidan foydalanadigan tabiat ob`ektlari, u erdagi jarayonlari sharoitlaridir.

Mehnat zaxiralari – jamiyatda ishlash uchun umumiy ma`lumot va kasbiy bilimlarga ega kishilardir.

Moliyaviy zaxiralar – davlat yoki tijorat tuzilmalari ixtiyorida bo`lgan pul mablag`lari.

Energetika zaxiralar – energiya quvvati mavjud mahsulotlar, masalan, ko`mir, neft` mahsulotlari, gaz, gidroenergiya, elektr energiyasi va hokazolar.

Kibernetika, so`ngra hisoblash texnikasi va axborotlashtirishning paydo bo`lishi va rivojlanishi bilan axborot so`zi o`zining dastlabki ma`nosini saqlab qolgan bo`lsada, ayni paytda bir qator yangi ma`nolarga ham ega bo`ldi. Axborot deganda biz qandaydir bir tizim haqida ma`lumotlar, dalillar, bilimlar yig`indisini tushunamiz. Tizim haqidagi axborot yoki kuzatish yo`li bilan ham tabiiy, ham modelli tajribalar natijasida mavhum gipotetik tizimlarni o`rganish – mantiqiy xulosa chiqarish asosida olinishi mumkin.

Tajriba o`tkazilguncha mavjud bo`lgan axborot aprior, tajribadan keyingisi – aposterior deyiladi. Axborot olish jarayoni ko`pincha statistik xususiyatga ega bo`lgani uchun tizim haqidagi axborot (ayniqsa murakkabi) determinlashgan yoki ehtimollashgan ham bo`lishi mumkin.

Hozirgi paytda axborotni qanday tushunish haqida quyidagicha nuqtai nazarlar yuzaga kelgan:

Jamiyat rivojlangani sari iqtisodiyot, fanlar, texnika, texnologiya, madaniyat, san`at va tibbiyot kabi sohalarning turli masalalari haqidagi mavjud ma`lumotlari, axborot zaxiralaridan foydalanishni tashkil etish intellektual va iqtisodiy hayotga tobora ko`proq ijobiy ta`sir ko`rsatmoqda.

Axborot – fan va texnika rivojlanishi natijalari haqidagi fan-texnika ma`lumotlari, bilimlari yig`indisidir. Boshqacha aytganda, axborot, mazkur talqinga binoan, fan-texnika faoliyati axborot xizmati tizimining mahsuli va xom-ashyosidir.

Axborot – axborot xizmati tizimlarida fan-texnika faoliyati va turli sohalarda kadrlar tayyorlashni shakllantiruvchi ma`lumotlar yig`indisidir, ya`ni axborot zaxiralarini ishlab chiqarish va iste`mol etish faqat jamiyatning intellektual hayoti bilan cheklanadi.


Download 1.16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   36




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling