Labaratoriya №12 Mavzu: Matlab dasturida matematik ifodalar ustida shakl almashtirishlar


Matlabdan chiqish va ishni yakunlash


Download 0.7 Mb.
bet4/5
Sana24.12.2022
Hajmi0.7 Mb.
#1055281
1   2   3   4   5
Bog'liq
15-tajriba. Matlab dasturida matematik ifodalar ustida shakl almashtirishlar

Matlabdan chiqish va ishni yakunlash
Matlabning ishini tugatish uchun, quit buyrug`i buyruq oynasiga kiriting, yoki File-Exit ni ishchi oynadagi asosiy menyusidan tanlang.
Ishning boshlanishi
Matlab dasturi minimal bilan ishlashni tanishib chiqqach, endi qo`shimcha amaliyotlarni bajarishni o`rganamiz.
Matlab qiymatlarni yaratish
Matlabda qiymatlarni yaratish uchun o`zining qonun qoidasi mavjud. O`zgaruvchi qiymatning yozilish qoidasi quyidagicha:
Qiymat nomi = qiymat (yoki tenglama formulasi)
Misol uchun,
>> x = qiymat
bunda qiymat raqamli kombinatsiyalarning to`plami, matematik operatorlar, qiymatlar va funksional chaqiruvlar.
Qiymatlarni o`zgartirish
Qiymatlar yaratilishi bilan, ular darhol o`zgartirilishi mumkin. Agar biz olingan natijani ko`rishni xohlamasak, kiritgan buyruq oldiga ; belgisini kiritishimiz kerak. Shunda buyruq oynasida kiritilgan qiymat quyidagicha bo`lishi mumkin:
>>t=5;
>>t=t+1
t =
6
Xatolik haqida xabar
Agar biz tenglamani noto`g`ri kiritilsa, MATLAB xatolik xabarini chiqaradi. Misol uchun, quyidagida, biz ko`paytirish belgisini tushirib qoldiramiz, *, quyidagi tenglamada
>> x = 10;
>> 5x
??? 5x
Error: Unexpected MATLAB expression.
To`g`rilash va kiritish
To`g`rilash kiritish uchun, albatta teglamani qaytadan kiritishimiz mumkin. Lekin agar tenglama uzun bo`lsa, biz yana ikkinchi marta kiritganimizdan keyin ham yanada ko`proq xatolik qilishimiz mumkin. Oldingi kiritilgan tenglama yoki buyruq yuqoriga o`tish tugmasi ↑ orqali chaqirilishi mumkin.
Amallar yoki prioritet tartibining shajarasini boshqarish
Oldinda ko`rsatilgan arifmetik masalalarni yechaylik, endi tenglamani kiritishda dumaloq qavs ishlatamiz. Misol uchun 1+2*3 ni (1+2)*3 ga o`zgartirib yozamiz
>> (1+2)*3
ans =
9
va oldingi masala uchun
>> 1+2*3
ans =
7
Qavs qo`llanilishi bizga xar xil natija berdi: 9 va 7.
Barcha amallarning ishlashi o`rta maktab kursidan tanish algebra qoidalari asosida ishlaydi. Darajaga ko`tarish birinchi tartibda bajariladi, birga undan keyin bo`lish va ko`paytirish. Oxirida esa qo`shish va ayirish amallari bajariladi. Bu prioritet tartibini o`zgartirish uchu qavs ishlatiladi. Misol uchun 1+2*3 ni qavs qo`yish orqali qavs ichidagi birinchi bajariladi, shunda qavs qo`ysak (1+2)*3, natija 7 va 9 bo`ladi. Dumaloq qavslar har doim prioritetlarni o`zgartirish uchun qo`llanilishi mumkin va qavslarni murakkab sonlar bilan ishlaganda ham qo`llanilish talab etiladi, shu orqali xatoliklar yo`qotiladi.

Download 0.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling