Labaratoriya ishi №14 Eritmalarning elektrokimyoviy xossalari. Metallarning aktivligini tekshirish. Galvanik element tayyorlash. Suvdagi eritmalarni elektroliz qilish
Download 292.33 Kb.
|
1 2
Bog'liqLABARATORIYA ISHI №14
Eslatma. Tajriba tugagandan so‘ng anodni yoddan tozalash uchun natriy tiosulfat eritmasi bilan, so‘ngra distillangan suv bilan yuving.
v) Natriy sulfat eritmasining elektrolizi. Ishning bajarilishi: Konus shaklidagi probirkani yarim hajmiga natriy sulfat va 1/4 hajmiga neytral lakmus eritmalaridan soling. Eritmani aralashtirib, elektrolizerga quying. Eritmadan elektr toki o‘tkazing va ikkala qutblardan eritmani ranggi o‘zgarishini kuzating. Natriy sulfat elektrolizidagi katod va anod jarayonlarini tenglamasini yozing. Katod va anodda qanday moddalar ajraladi. Katod va anod bo‘limlaridagi lakmus rangining o‘zgarishini tushintiring. g) Titan (IV) sulfat eritmasining elektrolizi Ishning bajarilishi: Yeletrolizerni titan (IV) sulfat eritmasi bilan to‘ldiring va grafit elektrodlaridan foydalanib, tok manbayiga ulang. Elektrolizerni bir bo‘lagida Ti3+ ionlari hosil bo‘lishi sababli eritma binafsha rangga kirishini kuzating. Qaysi elektrodlarda Ti3+ hosil bo‘ladi? Titanning elektrokimyoviy qaytarilish reaksiya tenglamasini yozing. 9. Eruvchan anodlar ishtirokida suvli eritmalarning elektrolizi Ishning bajarilishi: Elektrolizerga 0,5n mis sulfat eritmasidan soling, grafit elektrodlarini tushirib. elektr toki o‘tkazing. Bir necha daqiqadan so‘ng elektrolizni to‘xtating va katodda qizil mis qatlamini kuzating. Katod va anod jarayonlari tenglamasini yozing. Anodda kam miqdorda qanday gaz ajralib chiqadi? Elektrolizerni tok manbayidan uzmasdan turib, katod va anodlarni o‘rnini almashtiring, natijada mis bilan qoplangan elektrod anod vazifasini bajaradi. Yana elektr toki o‘tkazing. Anoddagi misga nima bo‘ldi? Katodda qanday modda ajraladi? misli anod ishtirokidagi mis sulfat elektrolizidagi katod va anod jarayonlari tenglamalarini yozing. Yuqoridagi tajribani 0,5n nikel (II) sulfat eritmasi bilan qaytaring. Katodda nima ajraladi? Nikelni katodda qaytarilish tenglamasini yozing. Ko‘mir anodli nikel sulfat elektrolizida anodda qanday modda oksidlanadi? Nikelli anodda-chi? Mos holdagi anod jarayonlari tenglamalarini yozing. Download 292.33 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling