Labaratoriya ishi 3-4


Download 1.38 Mb.
Sana16.06.2023
Hajmi1.38 Mb.
#1507658
Bog'liq
MUhammadaziz Labaratoriya 3-4


Labaratoriya ishi 3-4
Mavzu: : Microsoft Excel elektron jadvali bilan ishlash. Formulalarni kiritish va tahrirlash. «Master funktsiy» yordamida formulalarni kiritish. Jadvallar bo'yicha siljib yurish va yacheykalarni belgilash. YAcheykalar mazmunidan nusxa.ko'chirish. Aniq iqtisodiy masala echish.
1. Jadvalli protsеssorlar xaqida umumiy ma'lumot.
2. Elеktron jadvallarni xosil qilish.
3. Yachеykalarga formulalarni kiritish va ma'lumotlarni qayta ishlash.

Microsoft Excel (baʼzan Microsoft Office Excel deb ataladi[1]) — Microsoft korporatsiyasi tomonidan Microsoft Windows, Windows NT va Mac OS, shuningdek Android, iOS,Windows Phone uchun yaratilgan elektron jadvallar bilan ishlash uchun dastur. U iqtisodiy-statistik hisob-kitoblar, grafik vositalar imkoniyatlarini taqdim etadi. Mac OS X platformasidagi Excel 2008 ning dasturlash tili VBA (Visual Basic for Application). Microsoft Excel Microsoft Officening tarkibiy qismi hisoblanadi va bugun Excel dunyodagi eng mashxur ilovalar qatoriga kiradi.


Elektron jadvallar hayotning har xil sohasida uchraydigan, avvalambor hisoblash va iqtisodiy masalalarni echishda, jumladan, berilganlarni tez oʻzgartirib turuvchi masalalarni tezkor ravishda qayta ishlab chiqishda, masalan, bank hujjatlari bilan ishlash kabi keng koʻlamli masalalarni yechishda qoʻllaniladigan oʻta quvvatli vosita hisoblanadi. Hisoblash elektron jadvalining dastlabki dasturi 1979-yili Visicals (Visiblencalculators-koʻrinib turuvchi kalkulyator) nomi bilan Software Arts firmasida chiqqan. Bu dastur Apple II kompyuteri uchun ishlab chiqilgan va koʻp jihatdan uning bozorda ommabopligi aniqlandi. 1981-yil IBM PS kompyuteri paydo boʻlishi bilan bu tipdagi kompyuterlar uchun elektron jadvallar ishlab chiqila boshlandi. Visicals va Supercals dasturlarining yangi koʻrinishlari paydo boʻldi, shu bilan birgalikda Microsoft-Multiplan firmasining birinchi amaliy dasturi paydo boʻldi va u elektron jadvallar yangi avlodining yorqin yulduziga aylandi. Hisoblashlar natijalarini koʻrgazmaliroq tasvirlash uchun joylashtirilgan grafik rejimlarining paydo boʻlishi, bu elektron jadval rivojlanishining navbatdagi qadami boʻldi. 1983-yil LOTUS firmasining 1-2-3 paketlari chiqib, kutilgandan ham ziyodroq muvaffaqiyatga erishdi.
Ekrandagi Пуск tugmasi bosilb microsft office dasturlari mavjud bo’lgan fayl ichiga kirib excel dasturi tanlanadi va ishga tushiriladi

Microsoft excel dasturi ishga tushirilganda shunday oyna paydo bo’ladi


Formulalar kiritish



Formulalar - bu mavjud qiymatlar asosida yangi qiymatlarni xisoblovchi tenglamadir. Formulalar yordamida elektron jadvadlar ko’pgina foydali ishlarni amalga oshirish mumkin. Elektron jadvallar formulalarsiz oddiy matn muharririga aylanib koladi. Formulalarsiz elektron jadvallarni tasavvur qilish kiyin.
Jadvalga formulani ko’yish uchun uni kerakli yacheykaga kiritish kerak. Formulalarni ham boshqa ma’lumotlar singari uzgartirish, saralash, ulardan nusxa ko’chirish va o’chirish mumkin. Formuladagi arifmetik amallar sonli qiymatlarni hisoblashda, maxsus funktsiyalar matnlarni kayta ishlashda hamda yacheykadagi boshqa formulalar yacheykada qiymatlarni hisoblashda ishlatiladi..
Formula quyidagi elementlardan ixtiyoriysini o’z ichiga olishi mumkin:
- Operatorlar. Bittadan oshik operatordan tuzilgan formulani tuzishda Excel bu operatorlarni taxlil qiladi. Bunda standart matematik koidalarga asoslanadi. (Arifmetik amallarni bajarish tartibi saklanib koladi)
Excelda formulalarni hisoblash va bajarish quyidagi tartib asosida amalga oshiriladi.
Birinchi bo’lib, kavs ichidagi ifodalar karab chiqiladi Undan keyin amallar bajarish tartibi saklangan xolda operatorlar bajariladi.
Agar formulalarda bir xil tartibli bir necha operatorlar bo’lsa, ular ketma- ket chapdan o’ngga karab bajariladi.
Quyidagi jadvalda formulalarda ko’llaniladigan operatorlar bajarilishi tartibi bilan kursatilgan.
Belgilar Operatorlar Bajarilish tartibi
Darajaga kutarish 1
* Kupaytirish 2
/ Bo’lish 2
+ Kushish 3
- Ayirish 3
& Konkatenatsiya 4
= Tenglik 5
> Dan katta 5
< Dan kichiq 5
- Diapozon va yacheykalarga yuborish - kerakli ma’lumotlarni saklovchi diapozon va yacheykalar nomi yoki manzili ko’rsatiladi: Masalan D10 yeki AEE8
- Sonlar
- Ishchi jadval funktsiyalari. Masalan. SUM
Agar formula yacheykaga kiritilsa, unda yacheykada kiritilgan formula asosidagi xisob kitob natijasi kurinadi. Lekin formulaning o’zi tegishli yacheyka faollashtirilsa formulalar qatorida paydo bo’ladi. Formulalar har doim «=» belgisi bilan boshlanadi. Ushbu belgi yerdamida Excel matn va formulalarni farqlaydi.
Xulosa
Men ushbu labaratoriya ishidan shuni tushundimki Microsoft excel dasturi juda ko’plab imkoniyatlar va qulayliklar yaratadi.Biz bu dasturda Microsoft word dasturiga o’xshab jadvallarni yaratmaymiz ,Ms excel dasturida jadvallar tayyor xolatda bo’ladi .Microsoft excel raqamli ma’lumotlarni yozib olish va tahlil qilish uchun fodalaniladigan electron jadval dasturi hisoblanadi.Bu dasturda moliyaviy ishlarda foydalanish mumkin.Masalan bu dastur yordamida turli xil hisob kitob va amallarni bajarish mumkin.
Download 1.38 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling