Labaratoriya ishi tezkor va doimiy xotira qurilmalari


Download 0.62 Mb.
bet3/5
Sana08.05.2023
Hajmi0.62 Mb.
#1444831
1   2   3   4   5
Bog'liq
Tagayev Jurabek 5-LABARATORIYA ISHI

DDR3 yoki DDR4?
Ayni vaqtda tezkor xotiraning DDR3 tizimlari ham sotilmoqda. Ammo uning keyingi avlodi – DDR4 tizimi ham allaqachon ommalashishga ulgurdi. Agar DDR3 tizimidan foydalanishni talab etadigan biror sababingiz bo‘lmasa, sizga birato‘la DDR4 xotira tizimiga ega qurilmani xarid qilishni tavsiya qilamiz. Undan keyingi o‘n yillikda bemalol foydalanishingiz mumkin.
Kattaroq RAM tizimi video o‘yinlarni ham sifatli o‘ynash kafolatini bermaydi. RAM qurilma tarkibidagi boshqa tizimlardan kelib chiqib, ba’zida tizim faoliyatini oshiradi.
Kompyuter sizga grafik tasvirlar, televideniye yoki film ko‘rish, o‘yin o‘ynash, CAD/CAM ilovalaridan foydalanish uchun kerak bo‘lsa, sizga katta hajmli RAM kerak. Xat, yozish, operatsion tizim ilovalaridan foydlanish, veb-saytlarga kirib turish uchun esa kichik hajm ham yetarli bo‘ladi.
64 bit xotira hajmiga ega Windows 7 talqinini xotirasi 2 GB dan kam bo‘lgan tizimga o‘rnatib bo‘lmaydi. Bu 2 GB ma’lumot hajmi kamlik qiladi degani emas. Bu tizimda siz bir vaqtning o‘zida audio tinglab, internetdan foydalanib, Word hujjatlarni tahrir qila olmaysiz.
Windows operatsion tizimi doimo yarim bo‘sh tezkor xotirani yoqtiradi. Shunda kerakli ilovalar zudlik bilan ochiladi. Aslida bu kabi operatsion tizimlarning muhim tarkibiy qismlari tezkor xotiraning ancha-muncha hududini egallab oladi.
Agar siz zamonaviy qidiruv tizimlari orqali bir vaqtning o‘zida ko‘plab axborot manbaalarini izlab, aksariyat vaqtingizni internetda sahifalarning yuklanishi kutib o‘tkazishni istamasingz, unda kamida 4 GB tezkor xotiraga muhtojsiz.

Video, audio va foto tahrir, grafikaga boy o‘yinlar o‘ynash istagida bo‘lsangiz, 4 GB tizimidagi operativ xotira eng ma’quli. Ammo yuqori pikselli tasvir, 3D modelidagi tasvirlar tahriri uchun bu hajm kichkinalik qilish ham mumkin.


Tezkor xotirani tanlash
Windows Vista / Windows 7 32-bit uchun 2-4 GB, Windows Vista / Windows 7 64-bit uchun 6-16 GB, Windows 8 32-bit uchun 2-4 GB, Windows 8 64-bit uchun 6-16 GB, Ubuntu, Mint, yoki X-Server’li boshqa Linux 32-bit uchun 1-4 GB, Ubuntu, Mint, yoki X-Server’li boshqa Linux 64-bit 4-16 GB hajmga ega tezkor xotira kerak.
Tekor xotirani tanlashda uning chastota tezligini ham inobatga olish kerak. 1600 chastotali DDR3 yoki 2133 chastotali DDR4 tezkor xotira tizimlari bugungi ishlab chiqaruvchilarning “asosiy plata”lariga muvofiq keladi.
Agar siz 800 MGS da ishlaydigan DDR2 operativ xotirasini 533 chastotali plataga ulasangiz ham operativ xotira tezligi oshmaydi va 533 chastotada ishlaydi.



Download 0.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling