Labaratoriya mashg’uloti 7 Mavzu: Infeksiya xaqida tushuncha. Virulent va patogen mikroorganizmlar. Infeksion kasalliklarni klassifikasiyasi va laboratoriya diagnostika usullari Dars soati 4
Download 40.59 Kb.
|
Labaratoriya mashg’uloti 7 Mavzu Infeksiya xaqida tushuncha. Vi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Patogenlik va Virulentlik omillari.
Kommemsalizm (fr.commensal -xamtovoq)- ikkita organizmning bir biriga ziyon yetkazmay,birga yashashi.Masalan.odam organizmidagi normal mikroflora a'zolari.
Mutualizm (lot.mutuus-o'zaro) ikki organizmning bir biriga foyda keltirb yashashi.Masalan, ichakning normal mikroflorasi,undagi ovqat qoldiqlari xisobiga xar doim odam organizmi bilan birga yashaydi va ayni vaqtda organizm uchun muxim bo'lgan bir necha tur vitaminlarni sintezlab,uning vitaminga bo'lgan extiyojini barqororlashtirib turadi. Parazitizm (yun.parasitos- tekintomoq, tekinxo'r) - bir turdagi organizmning boshqa organizm xisobiga oziqlanib,unga ziyon yetkazishi. Parazitlar yuqumli kasallik qo'zg'atadigan mikroblarning katta guruxini tashkil qiladi. Ular uzoq vaqt davomida tirik organizmda yashashga moslanib borishisababli organizm tekinxo'r mikrob uchun doimiy makon, tabiiy yashash muxiti bo'lib qolgan. Evolyutsion rivojlanish jarayonida odam va xayvonlarning xujayra va to'qimalarida tekinxo'r hayot kechirishga moslashgan va ularga zaxarli ta'sir etib fiziologik holatni izdan chiqaradign mikroblar patogenlar deb ataladi. Patogenlik - mikroorganizmlarning infeksion jarayonini yuzaga keltira oladigan potensial xususiyati. Patogenlik faqat ma'lum bir sharoitda, yani unga moyil bo'lgan organizmdagina amalga oshadi, shuning uchun potensial xossa xisoblanadi.Masalan,bo'g'ma bakteriyasi yoki vabo vibrioni faqat odam uchun patogen bo'lib, xayvonlarga nisbatan hech qanday xavf tug'dirmaydi. Aksincha, qoramol, cho'chqa,it,yoki tovuq o'latining viruslari odam uchun zararsizdir. Patogenlik maxsus bo'ladi, ya’ni mikrob tabiiy yo'l bilan organizmga tushganda ma'lum bir to'qima va a'zolarda shu tur kasallik qo'zg'atuvchisiga xos bo'lgan patomorfologikva patofiziologik o'zgarishlar keltirib chiqaradi, Bu infeksiyaga muvofiq patogenetik va klinik ko'rinishlarda namoyon bo'ladi. Muhitning ma'lum bir sharoitlarida patogen mikroorganizmning genotipi,virulentlik va toksik xususiyatlari fenotipik tarzda ro'y beradi.Bu sharoitlar organizmning ximoya tizimlari holati, ya'ni yuqumli omil bilan kurasha olish qobiliyatiga bog'liq.Shunga ko'ra ularning patogenlik darajasi virulentlik dep nomlangan.Patogen mikroblar turli shtammlarning virulentligiga moyil hayvonlarni o'ldira oladigan eng kam miqdoriga qarab belgilanadi. Mikroblarning ularga sezgir xayvonning 80-95 % ini ma'lum vaqt ichida o'ldira oladigan eng kichik miqdori minimal letal doza ( lot.dosis letalis minima- DLM)deb ataladi.100 % tajriba hayvonlarini o'ldiruvchi miqdori DSL (loy.dosis letalis -50 ishlatiladi,bu patogen mikroorganizmlarning tajriba xayvonlarining 50 % ini o'ldirishga qodir miqdorini bildiradi. Patogen mikroorganizmlarning kasallik qo'zg'ata oladigan miqdoriga infeksion miqdoriga infeksion doza (ID) dep ataladi. Masalan, qorin tifi ( ich terlama ) bakteriyalarning o'rtacha yuqumli miqdori 10, El-Tor vabo vibrionlari uchun 10-10, ichburug' bakteriyalari uchun esa 10-100 ta mikrob xujayrasiga teng.Yuqumli kasallikning og'ir yoki yengil kechishi hamda asoratlari mikrobning organizmga tushgan joyi va miqdoriga bog'liq. Yuqumli kasallikga moyil organizmga tushgan patogen mikrobning bitta hujayrasi o'rtacha xar 20 minutda bo'linsa , 6 soat dovomida uning soni 250000 ga, yana bir necha vaqtdan so'ng milliardga yetb og'ir shikast yatekazishi mumkin. Boshqa belgilar kabi mikroblarning virulentligi xam o'zgarib turishi mumkin.Bu yo’l fenotipik ko'rinishda, yo'ki genlardagi mutatsiyalar xisobiga amalga oshadi.Masalan, fenotipik o'zgarishlar ( virulentlikning kamayishi) bakteriya kulturasining " qarishi " noqulay sharoitda o'stirilishi natijasida yuzaga keladi. Lekin , bu o'zgargan mikroblar qulay sharoitlarda , maxsus oziq muxitlarda ekilsa, ular o'z virulentligini tiklay oladi. A virulent mutantlari olishda mikroorganizmlarga xar xil fizik va kimyoviy omillar ta'sir ettiriladi.Virulentligi pasaygan yoki yo’qolgan (avirulent) mikroorganizm shtammlaridan tirik vaksinalar tayyorlanadi. Patogenlik va Virulentlik omillari. Patogen mikroorganizmlarning virulentligi,ularning adgeziv,kolonizatsiya qilish yoki ko'payishi,invaziv,ximoya omillarini ( birinchi navbatda fagositoz qiluvchi hujayralar faoliyatini ) susaytirish ,zaharli moddalar ishlap chiqarish kabi xossalari orqali amalga oshadi. Download 40.59 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling