Labaratoriya shartli belgilari biologiya – hayot haqidagi fan
BAKTERIYALAR. PROTOKTISTALAR. ZAMBURUG‘LAR
Download 5.05 Mb.
|
7-sinf 1-5 mavzular
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3. BAKTERIYALAR. PROTOKTISTALAR. ZAMBURUG‘LAR
3. BAKTERIYALAR. PROTOKTISTALAR. ZAMBURUG‘LARAvtotrof organizmlar anorganik moddalardan organik moddalarni hosil qiluvchi organizmlardir Sianobakteriyalar (ko‘k-yashil suvo‘tlar) avtotrof organizmlar, chirituvchi, achituvchi, tugunak, parazit bakteriyalar tayyor organik moddalar bilan oziqlanuvchi geterotrof organizmlardir.Chirituvchi bakteriyalar. Chirituvchi bakteriyalar Yer yuzidagi nobud bo‘lgan organizm qoldiqlarini mineral moddalarga parchalab, tabiatda tuproq hosil bo‘lishida ishtirok etadi. Chirituvchi bakteriyalar faoliyati natijasida hosil bo‘lgan mineral moddalar o‘simliklar tomonidan o‘zlashtiriladi.Achituvchi bakteriyalardan sut mahsulotlari: qatiq, pishloq, yogurt tayyorlashda foydalaniladi Burchoqdoshlar oilasiga mansub o‘simliklar ildizida yashaydigan tugunak bakteriyalar havodagi azotni o‘zlashtiradi. Tugunak bakteriyalar faoliyati natijasida tuproq azotli birikmalar bilan boyiydi. Bu azotli birikmalar o‘simliklarning mineral oziqlanishi uchun juda zarur.Parazit bakteriyalar odamlarda sil, terlama, bo‘g‘ma, vabo, o‘lat va boshqa ko‘pgina yuqumli kasalliklarni keltirib chiqaradi. Har bir o‘quvchi parazit bakteriyalardan saqlanish chora-tadbirlariga amal qilishi lozim.3. BAKTERIYALAR. PROTOKTISTALAR. ZAMBURUG‘LARProtoktistalar dunyosiga (L. Margelis va K. Shvarts bo‘yicha) bir va ko‘p hujayrali sodda organizmlar: Soxta oyoqlilar, xivchinlilar, infuzoriyalar, sporalilar, yashil suvo‘tlar, qizil suvo‘tlar, qo‘ng‘ir suvo‘tlar kabilar kiradi. Suvo‘tlar tanasi bir va ko‘p hujayradan tuzilgan bo‘lib, to‘qima va organlarga bo‘linmagan tana, ya’ni tallom deyiladi. Barcha suvo‘tlar avtotrof organizmlardir. Chuchuk suvlarda yashaydigan oddiy xlorella, xlamidomonada hujayrasi yupqa va mustahkam qobiq bilan o‘ralgan. Hujayrada sitoplazma va yadrodan tashqari fotosintez funksiyasini bajaruvchi xromatoforalar ham joylashgan. Ular suv hamda unda erigan karbonat angidrid va minerallarni po‘sti orqali shimib oladi Xlamidomonadaning yorug‘likni sezuvchi qizil ko‘zchasi bo‘lib, u xivchinlari yordamida harakatlanadi.Download 5.05 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling