Laboratoriya №1. Ms access muhitidаgi аsosiy obyektlаr turi vа jаdvаllаr yarаtish Ishdan maqsad
Download 0.92 Mb.
|
Laboratoriya1
- Bu sahifa navigatsiya:
- Atribut (xossa)
- Birlamchi kalit
- ISHNI BAJARISH. Ma’lumotlar bazasini yaratish.
- Access 2016
- YAKUNIY SAVOLLAR
Laboratoriya №1. MS Access muhitidаgi аsosiy obyektlаr turi vа jаdvаllаr yarаtish Ishdan maqsad. MS Access ning asosiy tushunchalari bilan tanishish, funksiyalar komponentlari bilan ishlashni o’rganish. NAZARIY MA’LUMOT MBBTning asosiy tushunchalari MBBT asosiy xususiyatlari - bu protsеduralar tarkibi bo’lib, ular faqat ma'lumotlarni kiritish va saqlashda ishlatilmasdan, ularning strukturasini ham tasvirlaydi. Ma'lumotlarni o’zida saqlab va MBBT ostida boshqariladigan fayl, oldin ma'lumotlar banki dеb atalib, kеyinchalik esa “Ma'lumotlar bazasi” deb yuritila boshlandi. Mohiyat – har xil ob'еkt (ob'еkt -bu biz ularni bir biridan farqlaymiz), uning ma'lumotlari ma'lumotlar bazasida saqlanadi. Mohiyat odam, joy, samalyot, rеyslar, gullar va boshqalar bo’lishi mumkin. Mohiyat turi va mohiyat nusxasi tushunchalari mavjud, ularni bir biridan farqlash kеrak. Mohiyat turi tushunchasi bir jinsli narsalar, hodisalar, shaxslar uchun qaraladi. Mohiyat nusxasi tushunchasi aniq narsalar to’plami sifatida qaraladi. Masalan, mohiyat turi SHAHAR bo’lishi mumkin, uning nusxasi esa – TOSHKЕNT, MOSKVA bo’lishi mumkin. Atribut (xossa) - mohiyatni xaraktеrlovchi nomlardir. U o’zida yagona murakab bo’lmagan strukturani tasvirlab, mohiyat holatini xaraktеrlaydi. Masalan, “O’quvchi” mohiyati atributi - kod, familiya, ism, manzil, yosh va boshqalardir. Kalit – atributlarning minimal to’plami, uning qiymati yordamida kеrakli mohiyat nusxasini topish mumkin. Aloqa – ikki yoki undan ortiq mohiyatlarning (assotsiyasidir) bir biri bilan o’zaro bog’lanishidir. Birlamchi kalit - bu talab etilayotgan mohiyat nusxasini topishda yordam beradigan atributlarning minimal to’plami. Tashqi kalit - Agar mohiyat C ikkita A va B mohiyatni bog’lasa, u holda A va B mohiyatlar birinchi kalitiga mos tashqi kalitni tashkil etish kerak 1.1-rasm. O’zaro bog’lanish sxemasini ko’rinishi ISHNI BAJARISH. Ma’lumotlar bazasini yaratish. Accessni quyidagicha ishga tushiramiz: Puskni bosamiz keyingi menyuda Dasturlar va undan keyin Microsoft Access tanlanadi. 1.2-rasm. MS Access ma’lumotlar bazasini ishga tushurish oynasini. Yuqoridagi rasmga qarab MS Access ishga tushiramiz, buning uchun Access 2016 yorlig’i ikki marta bosiladi va Ms Accessni ishga tushuramiz. 1.3-rasm. MS Access ma’lumotlar bazasini yaratish oynasi. MS Access bosh oynasi ochiladi va bu oynada “Пустая база данных” yorlig'i bosiladi va keyingi quyida keltirilgan oyna ochiladi. 1.4-rasm. Ma’lumotlar bazasini yaratish va uning nomini o’zgartirish oynasi. Jadivalni nomini Railway ga o’zgartiramiz va kerakli joyga saqlaymiz. Bu amalni bajargandan keyin. Bizda quyida keltirilgan oyna ochiladi. 1.5-rasm. MS Access da yaratilgan ma’lumotlar ba’zasining bosh oynasi. Bosh oyna ochilganda MS Access oddatiy holatda birinchi jadivalni o’zi yaratadi bu yerda biz jadivalni nomini konstruktor rejimiga o’tib o’zgartirishimiz kerak bo’ladi. Bu yerda jadivalni nomini Stansiya deb nomlaymiz va boshqa jadivallarni yaratamiz. Yaratish kerak bo’ladigan jadivallar ro’yxati: MTU (Mintaqaviy temir yo’l uzeli) Stansiya Poyezd Vagon Ishchi Yuk YAKUNIY SAVOLLAR: MBBT tizimi nimaga kerak va u nimani boshqaradi? MBBT qanday xossalarga ega? Relyatsion MBBT nima va uning boshqa MMBT farqi nimada? MS Access qanday so’rov turlari mavjud? MS Accessda jadival yaratish bosqichi va turlarini gapirib bering? Xulosa Men bu labaratoyiya ishini bajarish davomida MS Access va MBBT bazasi bilan ishlashni yaqindan o’gandim. Bu labaratoriya ishida MS Access dasturida jadvallar yaratdik.Va labaratoyidagi ko’satmalar asosida o’z topshiriqlarimizni bajardik. Download 0.92 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling