Laboratoriya №2 Mavzu: O‘g‘il bolalar ich kiyimi uchun andazani gazlamaga joylashtirish, bichish va tikish
Download 440.17 Kb. Pdf ko'rish
|
Laboratoriya ¹2 Mavzu O‘g‘il bolalar ich kiyimi uchun andazani
LABORATORIYA № 2 Mavzu: O‘g‘il bolalar ich kiyimi uchun andazani gazlamaga joylashtirish, bichish va tikish. Bolalar kiyimini modellashtirish va badiiy bezatish gavda, proporsiya, bolaning psixologiyasi bilan bog‘liq. Bolalarning kiyimini loyihalashda uning tarbiyaviy axamiyatiga etibor berish lozim. Bunday kiyim avvalo qulay, gigienik, dekorativ, bola mashgulotlariga halaqit bermaydigan bo‘lishi kerak.Gavdaning yoshga nisbatan o‘zgarish xususiyati kiyim shakli, silueti va uning proporsiyasini aniqlaydi. Modellashtirish nuqtai nazaridan bolalar kiyimi quyidagi guruhlarga bo‘linadi: yasli, maktabgacha tarbiya, kichik maktab yoshi, o‘rta maktab yoshi va katta maktab yoshi. Bolalar kiyimida zamonaviy modaning mavzu va obrazlari keng qo‘llanadi. Bolalar kiyimiga funksionallik, sportga moyillik sezilib turadi. Bolalar kiyimini yaratishda ish kiyimi, bashang kiyim va tarixiy milliy kiyim elementlaridan foydalaniladi. Bolalar qishki va mavsumbop kiyimlari to‘plami sportiv xarakterga ega bo‘lib, ular ish kiyimiga o‘xshab ketadi. Masalan qalin junli trikotaj qishki va mavsumbop kurtkalar, yarimpalto va kombinezonlar shumlasidandir. Junli trikotaj kurtkalar va yarimpaltolar to‘g‘ri siluetli, sodda shakli bo‘lib, ularning kompozitsiyasidageometrik chiziqlar hukumronlik qiladi. Yoqalar tepagacha taqiladigan yoki "shalka" turilagi Yoqalar, englar o‘mizga o‘tkazma, elka qismi kengaytirilgan. Kiyimda emblemalar keng qo‘llaniladi. 5-Rasm. Bolalar ustki trikotaj kiyimlari. Yozgi dam olish kiyimi sifatida kombinezonlar, yarimkombinezonlar va turli uzunlikdagi keng shimlar yoki yubka-shimlar va kalta futbolka, bluzkalardan iborat to‘plamlar tavsiya etiladi. Bezak sifatida turli ornamentdagi to‘qilishlar va kontrast ranglar qo‘llanishi mumkin. Yasli yoshidagi bolalar kiyimiga uch yoshgacha bo‘lgan bolalar kiradi; maktabgacha tarbiya yoshiga- 6 yoshdagi bolalar; kichik maktab yoshiga - 11 yoshgacha bo‘lgan bolalar ; o‘rta maktab yoshiga - 15 yoshgacha bo‘lgan bolalar; katta maktab yoshiga - 18 yoshgacha bo‘lgan bolalar kiyimi kiradi. Har bir guruh kiyimi uzining rangli gammasi, tasviri va mato usuli bilan tavsiflanadi. Katta maktab yoshidagi bolalar kiyimi. O‘sish jarayonida qizlar va o‘gillarning bellari aniq shakllana boshlaydi. Tana proporsiyasi katta qishining tana proporsiyasiga yaqinlashadi. Kiyim assortimenti mehnat, sport va dam olish uchun mo‘ljallangan kiyimlar hisobidan kengayadi. Kiyimning tashqi ko‘rininshi katta ahamiyatga ega bo‘ladi 6- rasm. Katta maktab yoshidagi bolalar kiyimi O‘rta maktab yoshidagi bolalar kiyimi.Bu yoshdagi bolalar uchun quyidagi gavda uzgarishlari ro‘y beradi: qizlarda sonlar va boldirlar kattalashib kengayadi, ko‘krak o‘sib chiqadi, bel aniq bo‘ladi. O‘gil bolalarda esa elkalar kengayadi, taz kichrayadi. Qo‘l va oyoqlar uzunlashadi gavda besonaqay ko‘rinadi. O‘rta maktab guruhi kiyimini modellashtirishda proporsiyalar va chiziqlardan chetlatib o‘tish lozim (6-rasm). Kiyimlar uchun ishlatiladigan matolar juda xilma-xil: turg‘un va qayishqoq bir rangli va guldor tuqilgandir. Polotnining usuli va rasmi ravshan kursatilgan bo‘lmasligi kerak. Asosiy rang-baranglikni kiyimni o‘zi shakllantiradi, uning tavsifi rangining va uslubining bog‘lanishini ifodalaydi, eng ko‘p uchraydigan kiyim ikki predmetli kiyim hisoblanadi. Qizlar kiyimlarining asosiy siluetlari - to‘gri, tanaga qisman yopishib turadigan va trapetsiya M shaklidadir. Ikkala siluetda ham kiyilgan kiyimda bel poyas bilan ajralib turishi mumkin. Trapetsiya shaklidagi siluet ikki variantda bo‘lishi mumkin: etak qismi kengaytirilgan va elka qismi kengaytirilgan. Kichik maktab yoshidagi bolalar kiyimi. Bu yoshdagi bolalar gavdasi ixcham bo‘ladi, qorin yoqoladi, bosh shakli kichkayib o‘zgaradi. Maktab boshlanishi bilan bolalarda yangi mashg‘ulotlar va burchlar paydo bo‘ladi. O‘yinlar elementlari kiyimlardan yoqolib, chaqqonlik, sportga moyillik paydo bo‘ladi. Kiyim assortimenti o‘sha holicha qoladi, ammo uning harakteri yanada sportcha bo‘lib boradi. Bu yosh guruhi uchun matoning chidamligi, yorqin ranglarga, o‘rtacha kattalikda yon bosiladi. Geometrik rasm katta o‘rin egallaydi. Qizlar uchun uch xil siluet tavsiya etiladi: kengaygan, to‘gri va belga yopishib turadigan. O‘g‘il bolalar uchun ikki xil siluet: to‘gri va belga yopishib turadigan. Maktabgacha tarbiya yoshdagi bolalar kiyimi. Bu guruhga jaket, kurtka, sarafan kiyimlari mansub.Bu yoshdagi bolalar boshi ancha katta, qorin chiqib turadigan, ammo ular ko‘p harakatchan bo‘ladi. Qizlar kiyimi singari, o‘gil bolalar kiyimida ham eng ko‘p uchraydigan ochiq ranglar gammasi qo‘llanadi. Matoning bezagi va rasmlari o‘yin elementlariga ega. Rasmning masshtabi katta emas, o‘zi esa bajarilishi bo‘yicha sodda bo‘lishi lozim. Bu yosh uchun tavsiya etilgan matolar, yumshoq, qayishqoq shaklni yaxshi saqlaydigan bo‘lishi kerak. Bunday matolardan tikilgan kiyimlar oson yuvilishi va imkon boricha dazmollashsiz kiyiladigan bo‘lishi lozim. Qizlar va o‘gillar kiyimi protporsiyalari bel chiziqlarini pasaytirish yoki yuqori ko‘tarishga asoslangan bo‘lishi shart. Ammo, agar o‘gil bolalar kiyimida bunday bo‘laklarshlar faqatgina kiyim qismlarini birlashtirish natijasida erishilsa, qizlar kiyimida qo‘shimcha konstruktiv va dekorativ chiziqlar hisobiga erishiladi. Bu yoshdagi bolalar kiyimini bezashda rezinka, kashta, krujiva, aplikatsiyalar as kotishi mumkin. Yasli guruh bolalar uchun kiyim. Yasli guruh bolalari uchun kiyimni ko‘krak bolalar va yuradigan bolalarga bo‘lish mumkin. Ko‘krak bolalar kiyimiga raspashonkalar, koftochkalar, polzunkalar, konvertlar taaluqlidir. Yura oladigan bolalar kiyimiga maykalar pijamalar, jemperlar, retuzlar, shimlar, yubkalar, palto, kombenzonlar taaluqlidir. Yasli guruhi kiyimi nozik, toza rangli bo‘lsada yuradigan bolalar uchun ravshan rangli kiyimlar taqiqlanmagan Download 440.17 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling