Laboratoriya №21 parabolik antennanni tadqiq qilish ishning maqsadi
Download 0,81 Mb.
|
20-30 laboratoriya
4SD=vнат 2 (8.2) Bu yerda S –yoyilish tekisligining yuzasi; νnat = νη1 – ko‘zguli antennaning natijaviy yoyilish yuzasidan foydalanish koeffitsienti ( KIP). ν –tekislikning amplituda taqsimoti bilan aniqlanadigan(agar tekislik sinfaz ravishda qo‘zg‘atilsa) ko‘zgu tekisligining yoyilish yuzasidan foydalanish koeffitsienti. η1 = RΣ/ Rnur- ko‘zgu tarqatgan quvvatning nurlatgich tarqatgan quvvatga nisbati(ko‘zgudagi yo‘qotishlar bu yerda hisobga olinmaydi). Kuchaytirish koeffitsienti (KK) G ni quyidagi formula yordamida aniqlash mumkin G = η2*D, (8.3) Bu yerda η2 = RΣ / RNUR; RNUR-nurlatgichga tushgan quvvat η2 koeffitsientini ko‘zguli antennaning FIK deb atash mumkin bo‘lib, unda nurlatgichdagi issiqlik energiyasi yo‘qotishlari, nurlatgichning mahkamlash elementlaridagi yo‘qotishlar, bo‘yoqlarda, ko‘zgu ichki tekisligi qoplamalaridagi yo‘qotishlar hisobga olinadi. Agar ko‘zguning berilgan shaklida (R0/ƒ0 = const) nurlatgichning yo‘nalganlik diangrammasi kengaytirilsa, u holda ko‘zgudan tarqalayotgan nurlar tekis tarqaladi(aperturaviy KIP oshadi), bu esa ν nat va yo‘nalganlik koeffitsientining oshishiga olib keladi. Lekin ko‘zgu yaqinidan o‘tuvchi nurlarning energiyasi oshadi(η1 kamayadi) bu esa ν nat va yo‘nalganlik koeffitsientining kamayishiga olib keladi. Kuzgu yo‘nalganlik diagrammasining torayishi bilan amplituda taqsimoti notekisligi oshib boradi (ν kamayadi), natijada ν nat va yo‘nalganlik koeffitsienti kamayadi, lekin bir vaqtning o‘zida nurlatgich energiyasining ko‘zgu chekklaridan quyilishi (toshib chiqishi) kamayadi (η1 oshadi) bu esa ν nat va yo‘nalganlik koeffitsientining ortishiga olib keladi. Antennaning yo‘nalganlik koeffitsientiga ta’sir ko‘rsatuvchi ikkita o‘zaro qarama qarshi faktorlar R0/ƒ0 o‘zgarmas kattalikda yoki ko‘zguning yoyilish burchagi (2Ψ0) va nurlatgichning o‘zgaruvchan yo‘nalganlik diagrammasida hamda yo‘nalganlik koeffitsientining maksimal qiymatida nurlatgichning optimal to‘lqin tarqatish sharti aniqlanadi. Amaliyotda qo‘llaniladigan ko‘p turdagi nurlatgichlar uchun ko‘zguning optimal to‘lqin tarqatish sharti, nurlatgichning yo‘nalganlik diagrammasi ko‘zguning chetki qismlaridagi maydon kuchlanganligining (Yechet) uning uchidagi maydon kuchlanganligiga (Ye0) nisbatan 10dB ga kamroq maydon kuchlanganligini ta’minlasa, bajariladi. 20lg(Yechet /Ye0) = -10 dB yoki Yechet /Ye0 = 0,316. Parabolik antennaning yo‘nalganlik diagrammasi nurlatgichning yo‘nalganlik diagrammasi va ko‘zgu shakli (R0 /f0) ga qarab aniqlanadi. Download 0,81 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling