Laboratoriya №8 kon quvurlarini ta’mirlash o’rganish ishning maqsadi


Download 259.49 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/3
Sana17.06.2023
Hajmi259.49 Kb.
#1549261
1   2   3
Bog'liq
LABORATORIYA №8 (1)

7.1-rasm. Sharsimon kran. 
1-qobiq; 2-sharsimon; 3-shpindel. 
7.2-rasm. Probkali kranlar. 
1-qobiq; 2-konussimon probka;
3- salnik. 
 
7.3-rasm. О‘tkazuvchi ventil. 
1-qobiq; 2-zichlovchi halqa; 3-
zolotnik;4-qistirma; 5-qopqoq. 
7.4-rasm. Tiqinli, burchakli ventil. 
1-qobiq; 2-igna; 3-alnikning zichlovchi
materiali; 4-stoyka; 5-kontr gayka;
6-siquvchi gayka. 
Tiqinli armatura. Kо‘p seriyali qilib quyidagi tiqinli armaturalar 
ishlab chiqariladi. Zatvorlar sharsimon va probkasimon kranlarga bо‘linadi. 
Sharsimon kran -qobiq (1), sharsimon tiqin (2) va shpindel (3) lardan iborat
(7.1 - rasm). Tiqinli kranlar zichlash usuliga qarab salnikli yoki 
tortiluvchan bо‘ladi. Salnikli kranda probka (2) va qobiq (1) lar konussimon 
yuzasida zarur zichlash bosimini salnik (3) ni siqib hosil qilinadi. 
Tortiluvchan kranlarda probka (1) ni qobiq (2) da zichlash gayka (3) ni 
burash yо‘li bilan amalga oshiriladi (7.2 b-rasm). Ushbu kranlar 
megapaskalning yuzdan bir ulushlaridan yuqori bо‘lganda zarur zichlashni 
ta’minlay olmaydi. Shuning uchun, kimyo sanoatida bunday kranlar kamdan 
kam ishlatiladi. 
Kranlar kichik о‘lchamli, ixcham va gidravlik qarshiligi kam bо‘ladi. 
Ularni, truba quvurlarida istalgan holatda о‘rnatish mumkin. Lekin, vaqti-


vaqti bilan ularni moylab turish kerak, bо‘lmasa -qobiqka «yopishib» qolishi 
mumkin. 
Kranni tezda yopish mumkin. Shu sababli, truba quvurlarida gidravlik 
zarba hosil bо‘ladi. Shuni alohida ta’kidlash kerakki, bug‘ va issiq suyuqlik 
uzatuvchi truba quvurlarida qо‘llash mumkin emas, chunki qobiq 
deformatsiyalanadi va tiqin unga yopishib qolishi mumkin.
Kranlar chо‘yan, pо‘lat va latundan tayyorlanadi. 7.3–rasmda 
zolotnikda о‘rnatilgan ftoroplast (charm yoki rezina) zichlovchi halqali (2) 
о‘tkazuvchi ventil konstruksiyasi keltirilgan. Qobiq (1) va qopqoq (5) lar 
о‘zaro paronit qistirma (4) yordamida zichlanadi. Salnik ostiga esa asbest 
arqondan qilingan qistirma qо‘yiladi. 
Tiqinli, burchakli ventillar о‘lchash sistemasida tiqinli element va 
yuqori bosimli sintez qurilmalarida modda oluvchi sistemalarda ishlatiladi. 

Download 259.49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling