Laboratoriya №8 kon quvurlarini ta’mirlash o’rganish ishning maqsadi
Download 259.49 Kb. Pdf ko'rish
|
LABORATORIYA №8 (1)
7.1-rasm. Sharsimon kran.
1-qobiq; 2-sharsimon; 3-shpindel. 7.2-rasm. Probkali kranlar. 1-qobiq; 2-konussimon probka; 3- salnik. 7.3-rasm. О‘tkazuvchi ventil. 1-qobiq; 2-zichlovchi halqa; 3- zolotnik;4-qistirma; 5-qopqoq. 7.4-rasm. Tiqinli, burchakli ventil. 1-qobiq; 2-igna; 3-alnikning zichlovchi materiali; 4-stoyka; 5-kontr gayka; 6-siquvchi gayka. Tiqinli armatura. Kо‘p seriyali qilib quyidagi tiqinli armaturalar ishlab chiqariladi. Zatvorlar sharsimon va probkasimon kranlarga bо‘linadi. Sharsimon kran -qobiq (1), sharsimon tiqin (2) va shpindel (3) lardan iborat (7.1 - rasm). Tiqinli kranlar zichlash usuliga qarab salnikli yoki tortiluvchan bо‘ladi. Salnikli kranda probka (2) va qobiq (1) lar konussimon yuzasida zarur zichlash bosimini salnik (3) ni siqib hosil qilinadi. Tortiluvchan kranlarda probka (1) ni qobiq (2) da zichlash gayka (3) ni burash yо‘li bilan amalga oshiriladi (7.2 b-rasm). Ushbu kranlar megapaskalning yuzdan bir ulushlaridan yuqori bо‘lganda zarur zichlashni ta’minlay olmaydi. Shuning uchun, kimyo sanoatida bunday kranlar kamdan kam ishlatiladi. Kranlar kichik о‘lchamli, ixcham va gidravlik qarshiligi kam bо‘ladi. Ularni, truba quvurlarida istalgan holatda о‘rnatish mumkin. Lekin, vaqti- vaqti bilan ularni moylab turish kerak, bо‘lmasa -qobiqka «yopishib» qolishi mumkin. Kranni tezda yopish mumkin. Shu sababli, truba quvurlarida gidravlik zarba hosil bо‘ladi. Shuni alohida ta’kidlash kerakki, bug‘ va issiq suyuqlik uzatuvchi truba quvurlarida qо‘llash mumkin emas, chunki qobiq deformatsiyalanadi va tiqin unga yopishib qolishi mumkin. Kranlar chо‘yan, pо‘lat va latundan tayyorlanadi. 7.3–rasmda zolotnikda о‘rnatilgan ftoroplast (charm yoki rezina) zichlovchi halqali (2) о‘tkazuvchi ventil konstruksiyasi keltirilgan. Qobiq (1) va qopqoq (5) lar о‘zaro paronit qistirma (4) yordamida zichlanadi. Salnik ostiga esa asbest arqondan qilingan qistirma qо‘yiladi. Tiqinli, burchakli ventillar о‘lchash sistemasida tiqinli element va yuqori bosimli sintez qurilmalarida modda oluvchi sistemalarda ishlatiladi. Download 259.49 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling