Laboratoriya asbob anjomlari


Download 0.53 Mb.

bet1/6
Sana08.07.2018
Hajmi0.53 Mb.
  1   2   3   4   5   6

 

Laboratoriya asbob anjomlari 



 

Tirik to‘qimani kuzatish uchun ularga ta’sir etish kerak. Fiziologiya mashg‘ulotlarida biror 

organni kuzatish uchun turli sun’iy, ta’sirlovchilardan foydalaniladi. Bular mexanik (ukol, turtki), 

kimyoviy (ishqorlar, kislotalar va hokozolar), issiqlik faktorlari va elektr toki bo‘lishi mumkin. 

Fiziologiya mashg‘ulotlarida qo‘llaniladigan eng qulay tasirlovchilar elektr toki hisoblanadi, 

chunki uning kuchini, ta’sir etib vaqtini o‘lchash mumkin. Elektr toki o‘rganiladigan to‘qimani 

shikastlamaydi. 

To‘qimalarni ta’sirlash uchun asosan doimiy tok laboratoriya sharoitida akkumulyatordan 

yoki maxsus xildagi gazotronli va katodli to‘g‘rilagichlar elektr tarmoqlariga ulab olinadi. Ta’sirlash 

uchun tok kuchidan oshmasligi lozim. 

To‘qimalarga elektr toki bilan ta’sir etish uchun elektrodlar ishlatiladi. Ular ikki xil: ko‘chma 

va statsionar elektrodlar. Ko‘chma elektrodga statsionar elektrodga sheyx elektrodi yurak, nerv, 

muskullarini ta’sirlash uchun ishlatiladigan elektrodlar kiradi. Elektrodlar odatda platina va 

kumushdan yasaladi. 

Fiziologiya mashg‘ulotlarida har xil harakatlarni (yurak qisqarishi, muskul qisqarishi va 

hokozolar) yozib olish uchun kimografdan foydalaniladi. Kimograf baraban va soat mexanizmidan 

iborat bo‘lib, bu mexanizm yordamida baraban aylanadi. Baraban harakatini tezlashtirish va 

sekinlashtirish mumkin. Barabanni ishlatishdan oldin unga toza oq qog‘oz o‘rab lampa bilan 

ishlanadi va shu istalgan kog‘ozga to‘qima harakati yoziladi. Yozilgan chiziqlar o‘chib ketmasligi 

uchun, kog‘oz barabandan olinib, maxsus eritma (1 l. benzin, 60 g. kanifol va 0,5 g oq mumdan 

tayyorlangan)ga bir necha marta botirib olib quritiladi. 

Harakatsizlantirish bir necha usullar bilan amalga oshiraladi. 

1.

 

Hayvonlarni o‘rgatish. Masalan, itlarni maxsus stanoklarga o‘rgatish yo‘li bilan turli tajribalarni 



amalga oshirish mumkin. 

2.

 



Hayvonlarni bog‘lab quyish. Masalan, quyon, mushuk, itlarni maxsus operatsiya stoliga yotqizib 

oyoqlarini stol atrofiga arqon bilan bog‘lab tortib qo‘yiladi. 

3.

 

Narkoz berish yo‘li bilan tinchlantirish. 



4.

 

Hayvonlarning nerv sistemasini shikastlantirish yo‘li bilan tinchlantirish. Masalan, baqani 



harakatsizlantirish uchun uning orqa miyasi shikastlantiriladi. Yirik hayvon (quyon, mushuk, it)larni 

harakatsizlantirish uchun esa bosh miyadan uzunchoq miya ajratiladi. 

Turli fiziologik eritmalarning kimyoviy tarkibi 

/1,0 l. distillangan suvda, gr. hisobida/ 

1-jadval 

 


 

2- Mashg‘ulot 



 

Qonning fizik va ximik xossalari 

 

1 – t o p sh i r i q : 



QONNING  ShAKLLI  ELEMENTLARI  MIQDORINI  ANIQLASh. 

 

Qonning shaklli elementlariga qizil qon tanachalari – eritrotsitlar, oq qon tanachalari – 



leykotsitlar va qon plastinkalari – trombotsitlar kiradi. Eritrotsitlar bilan leykotsitlarni sanash 

uchun maxsus qon suyultirgich (aralashtirgich) va shisha kameralardan foydalaniladi. Qon 

suyultirgich o‘rtasi tuxumsimon kengaygan shisha naychadan iborat bo‘lib, unda 0,5; 1,0 va 101 

belgilari bor. 0,5 belgisi shisha naychaning o‘rta qismida, tuxumsimon kengaymaning tagida 1,0; 

yuqorisida 101 belgisi bo‘ladi. Kengaygan joy ichida yumaloq shisha munchoq bo‘lib, u qonni 

yaxshi aralashtirish uchun hizmat qiladi. 

Leykotsitlarni sanash uchun ishlatiladigan aralashtirgich ham yuqorida aytilgan 

aralashtirgich singari tuzilgan, lekin belgilari boshqacha (0,5; 1,0 va 11,0) va kengaygan joyi bir 

oz kichikroq bo‘ladi; chunki, eritrotsitlarni sanashda qon 100 yoki 200 marta suyultirilsa, 

leykotsitlarni sanashda esa qon 10-20 marta suyultiriladi. 



Sanash kameralari. Qonning shaklli elementlarini sanash uchun Toma-Seys, 

Predtechinskiy, Goryaev va Byurker kameralaridan foydalaniladi. Bu kameralarning tuzilishi bir 

xil bo‘lsa ham, katak (kvadrat) larining soni turlicha bo‘ladi. 

T o m a – S ye y s   k a m ye r a s i   qalin oynadan iborat bo‘lib, uning o‘rtasiga kvadrat 

shaklida mayda katakchalarga bo‘lingan yupqa shisha plastinka yopishtirilgan. Bu plastinkadagi 

kvadratlarning har bir tomoni 1/20 mm. ga teng. Demak, har bir kvadratning sathi 

1/20*1/20=1/400 mm

2

 ga teng bo‘ladi. Kataklarga bo‘lingan shisha plastinka ustini ikkinchi 



yupqa shisha plastinka qoplab turadi. U birinchi shishadan 1/10 mm. ko‘tarilib turadi. Shuning 

uchun har bir kichik kvadratning hajmi (1/10*1/400 mm

2

)=1/4000 mm



3

 ga teng bo‘ladi. Toma-

Seys kamerasida 16 ta katta kvadratlar bo‘lib, uning har biri yana 16 ta mayda kvadratlarga 

bo‘lingan. Mayda kvadratlarning umumiy soni 400 ta. 

P r ye d t ye ch i n s k i y   k a m ye r a s i  100 ta katta kvadratlardan tuzilgan bo‘lib, 

shundan 25 tasining har biri yana 16 tadan mayda kvadratga bo‘lingan. 

Kimyoviy 

moddalar-

ning nomi 

Fiziologik eritma 

Ringer eritmasi 

Ringer-Lok eritmasi 

Triode 

eritmasi 



Sovuq-

qonli 


hayvonlar 

uchun 


Issiq-qonli 

hayvonlar 

uchun 

Sovuq-


qonli 

hayvonlar 

uchun 

Issiq-qonli 



hayvonlar 

uchun 


Sovuq-

qonli 


hayvonlar 

uchun 


Issiq-qonli 

hayvonlar 

uchun 

Issiq-qonli 



hayvonlar 

uchun 


 

6,0-7,0 


8,0-9,0 

6,0-7,0 


8,0-7,0 

6,7-7,0 


8,0-9,0 

0,8 


 



0,075-0,3 

0,075-0,4 

0,075-0,3 

0,075-0,4 

0,2 

 



0,1-025 


0,1-0,25 

0,1-0,25 

0,1-0,25 

0,1-0,2 


 



0,1-02 

0,1-0,5 


0,1-0,2 

0,1-0,2 


1,0 

 





0,1 



 



0,5 



0,1,0 

1,0 


 

G o r ya ye v   k a m ye r a s i   225 ta katta kvadratlardan tuzilgan bo‘lib, shundan 25 



tasining har biri yana 16 tadan mayda kvadratlarga bo‘lingan. 

B yu r k ye r   k a m ye r a s i   144 ta katta kvadratlardan tuzilgan bo‘lib, bu katta 

kvadratlarning yuqori va past tomonlarida mayda kvadratlar bo‘ladi. 

Keyingi ikki (2,3) laboratoriya ishi qonning shaklli elementlari miqdorini aniqlashga 

bag‘ishlangan. Bu ikkala ishni bajarishdan maqsad odam qonidagi hujayralarning shakli, 

miqdorini aniqlash va ularni hisoblash usulini o‘rganishdan iborat. 

 

 

2 – t o p sh i r i q : 



ERITROTSITLAR  SONINI  ANIQLASh. 

 

Ishning maqsadi: Qondagi eritrotsitlarning sonini sanash texnikasi bilan tanishish, 



eritrotsitlarning 1 mm

3

. dagi sonini aniqlash. 



Ishni olib borish uchun zarur bo‘lgan jihozlar: mikroskop, hisoblash kamerasi,    eritrotsitlar 

aralashtirgichi, nina, 3 % li osh tuzi eritmasi, spirt, efir, yod eritmasi, paxta. 

 

IShNI   OLIB   BORISh 



 

1.

 



Sanash kamerasi bilan tanishib chiqish, uning to‘r qismini mikroskop ostida kuzatish. 

2.

 



Kamerani kichik yopuvchi oyna bilan yopish, uni mustahkam yopish uchun to «Nyuton 

uzugi» paydo bo‘lguncha ishqalanadi. 

3.

 

Qonni 1:200 /1:100/ga qadar suyultiring. Buning uchun qonni aralashtiruvchining 0,5 



belgisiga qadar olinadi / «1» /, undan so‘ng aralashtiruvchining uchini 3 % li osh tuzi 

eritmasiga solib, uning «101» belgisiga qadar eritmadan olinadi. 

4.

 

Aralashtiruvchi to‘ldirilgandan keyin, undan rezina naychasi olib tashlanadi va ikki 



uchidan barmoq bilan bekitib 2 minut davomida aralashtiriladi. 

5.

 



Aralashtiruvchidagi suyultirilgan qondan 2-3 tomchisi uning kapillyar naychasidan 

paxtaga tomizib tashlangandan so‘ng, keyingi tomchisi sanash kamerasiga tomiziladi. 

6.

 

Eritrotsitlarni mikroskopning eng katta qilib ko‘rsatadigan okulyari (okulyar 7x 



ob’ektiv 40x) yordam bilan sanaladi. Eritrotsitlar 16 ta mayda kameralarga bo‘lingan va 

to‘rning turli bo‘limlarida joylashgan 5 ta katta kvadratlarda sanaladi: 5 ta kvadratlarni 

dioganal bo‘ylab yoki 4 ta burchaklarda joylashgan va bitta o‘rtada joylashgan 

kvadratda sanaladi. 

7.

 

Eritrotsitlarni adashib qaytadan sanamaslik uchun kuyidagi qoidalarga rioya etish lozim: 



a) Har bir kichik kvadratning ichki qismida va uning yuqori hamda chap tomonida 

joylashgan eritrotsitlarni sanash; 

b) Sanagan paytda har bir kvadratning materiallini hisoblamoq kerak. Kichik 

kvadratlarda sanashni qing‘ir-qiyshiq usulda olib borish lozim. 

8.

 

Yozib olib borishni quyidagi sxemada olib borish lozim. 



 

Katta kvadratlar 

Kichik kvadratlar 

1          2          3          4          5 

 

 



 







10 


11 

12 


13 

14 


15 

16 


SUMMA: 

 

1.



 

Keyingi hisoblashni quyidagi tartibda olib borish zarur. 

a) Bir kichik kvadratdagi eritrotsitlarning o‘rtacha arifmetik sonini toping. Buning uchun beshta 

katta kvadratda hisoblangan eritrotsitlar sonini 80 ga bo‘ling; 

b) Bir kichik kvadrat katakchaning xajmi 1/4000 mm

3

 



ga teng bo‘lganligi, hamda qonni suyiltirish 

darajasi 1:200 ga teng bo‘lganligi uchun o‘rtacha arifmetik sonni mana shu sonlarga 

ko‘paytirish va 1 mm

3

 qonda eritrotsitlarning sonini aniqlash mumkin. 



10.

 

1 mm



3

   qonda eritrotsitlar sonini hisoblab chiqish formulasi: 

X=                   = eritrotsitlarning soni. 

A – 5 ta eritrotsit katta kvadratlardagi eritrotsitlar soni. 

4000 /1/ 40000/ – bitta kichik kvadratlarning xajmi. 

200 – qonning suyultirilgan darajasi. 

80 – kichik kvadratlarning soni. 

11.


 

Hisoblash natijalari olingan ma’lumotlardan xulosalar chiqaring. Katta kvadrat turini uning 

ichida joylashgan kichik kvadratlari bilan birga chizing. 

12.


 

Savollarga javob bering: 

a/   Erkak va ayollarning 1 mm

3

 qonida eritrotsitlarning normal soni qanchaga teng? 



b/    Eritrotsitlar qanday vazifani bajaradi? 

 

3 – t o p sh i r i q : 



LEYKOTSITLAR SONINI ANIQLASh 

 

Ishning maqsadi:   Leykotsitlarni hisoblash texnikasi bilan tanishish va 1 mm



3

 qonda 


ularning sonini aniqlash. 

Ishni olib borish uchun zarur bo‘lgan jihozlar:   Mikroskop, leykotsitlar uchun aralashtirgich, 

hisoblash kamerasi, qoplovchi oyna, lansetlar, 3 %, 5 % li uksus kislotasi, bu kislotasi metileona 

ko‘k bilan ranglangan spirt, efir, yod eritmasi, paxta. 

 


 

IShNI   OLIB   BORISh 



 

1.

 



Kamerani oyna bilan yopib, "Nyuston uzugi" paydo bo‘lguncha ishqalanadi va mikroskop 

stoliga quyiladi. 

2.

 

Mikroskopning kichik ko‘rsatkichi bilan (okulyar 15x, obektiv 20x) sanash kamerasining 



kvadrat turini toping. 

3.

 



Qonning 1:20 (yoki 1:10) ga kadar suyultiring. Buning uchun qonni aralashtirgichini 0,5 

belgisiga qadar surib olinadi va undan so‘ng metil sinka rangi bilan bo‘yalgan 3 % li uksus 

kislotasining eritmasi bilan aralashtiriladi. Olingan eritma aralashtirgichning «II» belgisiga 

qadar suriladi. 

4.

 

Olingan aralashma yaxshilab aralashtiriladi. 



5.

 

Aralashtirgichning kapilyar naychasidan bir ikki tomchi tomizib, undan so‘ng keyingi 



tomchi kameraga tomiziladi. 

6.

 



Mikroskopning kichkina qilib ko‘rsatadigani bilan leykotsitlarning 25 ta katta 

kvadratlardagi soni /400 kichik kvadratlarni tashkil etadi/ sanaladi. 

7.

 

25 ta kvadratlardagi leykotsitlarning sonini qonning suyultirilgan darajasi va kichik 



kvadratning xajmiga ko‘paytirib, 400 ga bo‘lish kerak. 

8.

 



1 mm

3

 qondagi leykotsitlarning sonini hisoblash uchun formula. 



X= 

X – leykotsitlarning 1 mm

3

 qondagi soni; 



A – leykotsitlarning 25 ta kvadratlardagi soni; 

4000 /1/4000/ – bitta kichik kvadratdagi soni; 

9.

 

Hisoblab chiqilgan ma’lumotlardan xulosa chiqaring va savollarga javob bering. 



a/   1 mm

3

 qonda leykotsitlarning normal soni kancha? 



b/   Leykotsitlar qanday vazifa bajaradi? 

v/   Leykotsitlarning turlarini aytib bering. 

 

 

4 – t o p sh i r i q : 



 

ERITROTSIT LARNING  ChO‘KISh  TEZLIGINI  ANIQLASh. 

Ishning maqsadi:   Eritrotsitlarning cho‘kish tezligini aniqlash usuli bilan tanishishdan 

iborat. 


Ishni olib borish uchun zarur bo‘lgan jihozlar:    Panchetkov asbobi, natriy sitrat (limon 

kislotasining natriyli tuzining 5 % li eritmasi), soat oynasi, Nina, sritr, yod, paxta. 

 

Eritrotsitlarning cho‘kish tezligi (ROE) ularning bir-biriga yopishishi va solingan idish 



tubiga cho‘kishidan iborat. Davolash muassasalarida turli kasalliklarni aniqlash maqsadida 

eritrotsitlarning cho‘kish tezligini topish katta ahamiyatga ega. Eritrotsitlar manfiy zaryadlangan 

hujayralar bo‘lganligi uchun bir-biriga yopishmaydi. Ularning cho‘kish tezligi qon plazmasining 

xususiyatiga, globulinlarga, eritrotsitlar miqdoriga, jinsga bog‘liq. Plazmada globulinlar ko‘payib 

ketsa, eritrotsitlarning zaryadi o‘zgaradi, natijada boshqa zaryadlar bilan yopishadigan bo‘lib 

qoladi. Yopishgan eritrotsitlar idish tubiga cho‘ka boshlaydi. Sog‘lom odamlarda yopishish 

(adsorbsiya) kamroq bo‘lganligi sababli, ularning cho‘kish tezligi yuqori emas. Erkaklarda bu 


 

tezlik soatiga 3-9 mm, ayollarda 7-12 mm ga teng. Kasallangan holatda (masalan, shamollash, sil 



kasali bilan og‘riganda, homiladorlik davrida) ularning cho‘kish tezligi ortadi. 

 

 



IShNI   OLIB   BORISh 

 

Panchenkov asbobi yog‘och yoki metall (alyumin) shtativdan va unga tik holatda 



joylashtirilgan 8-20 ta kapilliyar shisha naychadan tashkil topgan. Bu naychalarning diametri 1,0 

mm. bo‘lib, yuqoridan pastga tomon 100 ml. darajalarga bo‘lingan. Naychaning eng yuqoridagi 0 

raqami ro‘parasida K harfi, qoq o‘rtasidagi 50 raqami ro‘parasida  P  harfi bor. 

1.

 



Eritrotsitlarning cho‘kish tezligini aniqlash uchun shu naychalardan birini olib, 5 % li limon 

kislotasining natriyli tuzi eritmasi bilan yuvib, shu eritmadan P (50) belgisigacha to‘ldirib olib, 

soat oynasiga tomiziladi. 

2.

 



Nomsiz barmoqdan qon chiqarib K belgisigacha ikki marta olinib, u ham soat oynasiga 

tomiziladi va undagi eritma bilan aralashtiriladi. Bunda hosil bo‘lgan aralashmaning nisbati 1:4 

bo‘ladi. 

3.

 



Shu aralashmadan bo‘sh naychalarning biriga K (0) belgisigacha to‘ldirib, shtativda tik holatda 

bir soat saqlanadi. Shu o‘tgan vaqt ichida eritrotsitlar shisha nay ichida cho‘kadi. 

4.

 

Cho‘kish tezligini aniqlab, daftarga yozib olinadi. 



5.

 

Ish oxirida Panchenkov asbobining rasmini solib, tegishli xulosa chiqariladi. 



6.

 

Savollarga javob bering. 



a/  Eritrotsitlarning cho‘kish tezligi deb nimaga aytiladi? 

b/  Eritrotsitlar cho‘kish tezligini o‘rganish qanday ahamiyatga ega? 

 

 

4- Mashg‘ulot 



Qonning morfo biologik xossalari va qon guruxlari. 

 

1-t o p sh i r i q : 



 

ODAM QONIDAGI GEMOGLOBIN MIQDORINI ANIQLASh. 

 

Ishning maqsadi:    Odam qonidagi gemoglobin miqdorini aniqlash usuli bilan tanishishdan 



iborat. 

Ishni olib borish uchun zarur bo‘lgan jihozlar:    Sali gemometri, desinormal (0,1 N) 

gidroxlorid kislota, nina, distillangan suv, spirt, yod, pipetka, shisha tayoqcha, paxta. 

 

Qondagi gemoglobin rang beruvchi modda bo‘lib, eritrotsitlarning ko‘p qismini tashkil 



qiladi. U murakkab oqsillardan xromoproteidlar gruppasiga kiradi. Gemoglobin ikki qismdan 

iborat. Oqsilli qismi globin, ikkinchi qismini modda – gem tashkil qiladi. Gemoglobin tarkibida 

temir moddasi bo‘lib, uning yordamida gemoglobin kislorod va karbonat angidridni tashish 

vazifasini bajaradi. Qondagi gemoglobin miqdorini birinchi marta Sali gemometr asbobida 

aniqlagan. Sali gemometri shtativdan iborat bo‘lib, uning orqa tomoniga hiralashtirilgan oyna 

o‘rnatilgan. Shtativda uchta probirka o‘rnatilgan bo‘lib, ikki chetidagi probirkalarga sariq rangli 

standart eritma – gematin sulfat kislota to‘ldirilib payvandlab qo‘yilgan. O‘rtadagisi bo‘sh bo‘lib, 


 

ikki xil darajalarga bo‘lingan. Birinchi daraja 100 g. qondagi gemoglobinning gramm hisobini, 



ikkinchisi esa gemoglobinning normaga nisbatan (100 ml. qonda 16,67 g. miqdorida bo‘lishi 100 

% ni tashkil qiladi) protsent hisobidagi miqdorini ko‘rsatadi. 

Sog‘lom odam qonida gemoglobin miqdori har xil bo‘ladi. U erkaklarda 13,3 – 15,6 

grammgacha yoki 82,8 – 93,6 % ni (gemometr birligida), ayollarda esa 12,1 – 13,8 grammgacha 

yoki 75,6 – 82,2 % ni tashkil qiladi. 

 

IShNI   OLIB   BORISh 



 

1.

 



Buning uchun Sali gemometridagi bo‘sh probirkaning eng tubidagi birinchi belgisiga qadar 0,1 

normal xlorid kislota eritmasi quyiladi. 

2.

 

Chap qo‘lning nomsiz barmog‘i spirt bilan artilib, unga nina sanchiladi va maxsus pipetka bilan 



20 mm

3

 qon olinadi. 

3.

 

Olingan qon tezda probirkadagi xlorid kislotaga aralashtiriladi. Kislotali muhitga 



tushgan eritrotsitlar gemolizga uchraydi (parchalanadi), tarkibidagi gemoglobin xlorid 

kislota bilan aralashadi. Natijada to‘q qo‘ng‘ir rangli eritma hosil bo‘ladi. 

4.

 

Bu eritmaning rangi ikki yon tomondagi probirkalardagi eritma rangiga mos kelguncha 



ko‘z pipetkasi yordamida tomchilatib distillangan suv qo‘shiladi. Darajali probirkadagi 

suyuqlikning yuzasi qaysi raqamni ko‘rsatsa, o‘sha daraja gemoglobinning miqdorini 

bildiradi. 

5.

 



Sog‘lom  odam  qonidagi  Gemoglobin  miqdori  deyarli  turg‘un  bo‘ladi. 100 g. qonda 

16,67 g. gemoglobin bor (qondagi gemoglobinning absolyut miqdori). Masalan, 

probirkadagi eritma 100 ni ko‘rsatsa, gemoglobin miqdori 16,67 ga teng bo‘ladi, 80 ni 

ko‘rsatsa, gemoglobin miqdori: 

 

100 % – 16,67 



80 % – x 

x = 

100


67

,

16



*

80

 = 12,8 g  ga teng bo‘ladi 



 

6.

 



Qoningizdagi gemoglobin miqdorini aniqlab bo‘lgach, natijasini daftaringizga yozib 

qo‘ying. 

7.

 

Savollarga javob bering. 



a/  Gemoglobin deb nimaga aytiladi? 

b/  Gemoglobinning ahamiyati nimada? 

 

 

2 – t o p sh i r i q : 



 

QONNING  IVISh  TEZLIGINI  ANIQLASh. 

 

Ishning maqsadi:    Qonning ivish vaqtini aniqlash usuli bilan tanishish va o‘z qonining ivish 



vaqtini aniqlashdan iborat. 

Ishni olib borish uchun zarur bo‘lgan jihozlar: 

 


 

IShNI   OLIB   BORISh 



 

Qonning ivishi eng zarur biologik protsess bo‘lib, organizmni ko‘p qon yo‘qotishdan 

saqlaydi. Shunga ko‘ra, qonning ivishi uchun ketgan vaqtni o‘lchash katta ahamiyatga ega. 

Qonning ivish tezligi bir necha usullar bilan aniqlanadi. Shulardan Miloni usuli bilan tanishamiz. 

 

1.

 



Qonning ivish tezligini bu usulda aniqlash uchun barmoqdan bir tomchi qon chiqarib buyum 

oynasiga tomiziladi va har 2 minutda oynanini qiyshaytirib, undagi qon tomchisining shakli 

kuzatiladi. 

2.

 



Agar tomchining shakli o‘zgarib tursa, qon ivimagan, o‘zgarmasa ivigvn hisoblanadi. 

3.

 



Qonning ivishiga ketgan vaqtni bilish uchun qon buyum oynasiga tomizilganda tomchi 

shakli o‘zgarmaguncha ketgan vaqt soatga qarab belgilanadi. 

4.

 

Bu vaqt qonning ivish tezligini ko‘rsatadi. Odatda qonning ivish tezligi 5-8 sinutga teng 



bo‘ladi. 

5.

 



Ish tugagach, natijasini daftaringizga yozib oling. 

6.

 



Savollarga javob bering. 

a/  Qon ivishining asosiy mehanizmi nimalardan iborat? 

b/  Qon ivish vaqtini qanday qilib o‘zgartirish mumkin? 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

Qon guruxlarini aniqlash. 

 

1 – t o p sh i r i q : 



QON  GRUPPALARINI  ANIQLASh. 

 

Ishning maqsadi:    Qon gruppalarini aniqlash usuli bilan tanishish va o‘z qoni gruppasini 



bilib olishdan iborat. 

Ishni olib borish uchun zarur bo‘lgan jihozlar:    Ikkinchi va uchunchi gruppadagi qon 

zardobi, buyum oynasi, shisha tayoqchalar, Frank ninasi, efir, spirt, paxta. 

 

Agar odam jarohatlanib, ko‘p qon yo‘qotsa yoki kasallik tufayli qoni kamayib ketsa, unga 



qon quyish kerak. Bunda bir kishining qonini to‘g‘ri kelgan kishiga quyib bo‘lmaydi. Qonni 

tekshirmasdan, uning gruppasi va xususiyatlarini aniqlamasdan turib, boshqa kishiga quyilsa, 

uning organizmida eritrotsitlar bir-biri bilan yopishib qolib, cho‘kadi va organlar tomirida qon 

tutilib, umumiy qon harakatini qiyinlashtiradi. Natijada butun organ yoki uning bir qismi 



 

qonsizlanib, funksiyasi buziladi. Agar shunday hol bosh miyada ro‘y bersa, kishini o‘limga olib 



keladi. Demak, bir kishidan olingan qonni ikkinchi kishiga quyishdan oldin, albatta, uning 

xususiyatlari va gruppasini yaxshilab o‘rganish kerak. 

Qon tarkibidagi eritrotsitlar va plazmaning xususiyatiga ko‘ra asosan to‘rt guruhga 

bo‘linadi. 

Qon plazmada ikki xil agglyutinin (

 va 



 agglyutinin), eritrotsitlarda esa ikki xil 

agglyutinogen (A va V agglyutinogen) bo‘ladi. 

Birinchi guruppaga kiradigan qon plazmasida 

 va 


 agglyutinin bo‘ladi, eritrotsitida esa 

agglyutinogen bo‘lmaydi. Shuning uchun birinchi gruppa 0 gruppa ham deyiladi. 

Ikkinchi gruppaga kiradigan qon plazmasida 

 agglyutinin, eritrotsitida esa A 



agglyutinogen bo‘ladi. 

Uchinchi gruppaga kiradigan qon plazmasida 

 agglyutinin, eritrotsitida esa V 



agglyutinogen bo‘ladi. 

To‘rtinchi gruppaga kiradigan qon plazmasida agglyutininlar bo‘lmaydi, eritrotsitida esa 

va V agglyutinogen bo‘ladi. 

Agar qon quyish vaqtida A agglyutinogen bilan 

 agglyutinin yoki V bilan 



 uchrashib 

qolsa, eritrotsitlar o‘zaro yopishib qolib, cho‘kadi (eritrotsitlarning yopishishi agglyutinatsiya 

deyiladi). 

Qon gruppalarida qanday agglyutinin va agglyutinogen borligini, ular qaysi holatda 

agglyutinatsiyaga uchrashini 2-jadvaldan ko‘rish mumkin. Bu jadvalda agglyutinatsiya reaksiyasi 

hosil bo‘lishi «+», hosil bo‘lmasligi «–» belgilari bilan ko‘rsatilgan. 

2-jadval 

On plazmasi va undagi agglyutininlar 

Eritrotsitlar va ulardagi agglyutinogenlar 

I(0) 

II(A) 


III(V) 

IV(AV) 


I (

 va 



– 





II (



– 

– 



III (


– 



– 



IV (O) 

– 

– 



– 

– 

 



Qon beruvchi kishi donor, qon oluvchi kishi resipient deb ataladi.qon quyish vaqtida donor 

qonining agglyutinatsiyaga uchramasligiga e’tibor berish kerak. Chunki, donor qonining plazmasi 

resipient qoniga tushishi bilan tez suyulib, agglyutinatsiyaga uchramaydi. 

Birinchi gruppa qonni hamma gruppaga quyish va qoni shu gruppaga kirgan kishilar 



universal donor deyiladi. Qoni birinchi gruppadagi kishilarga faqat birinchi gruppadagi qonni 

quyish mumkin. Qoni ikkinchi gruppaga kirgan kishilarga birinchi va ikkinchi, uchinchi gruppaga 

kirgan kishilarga birinchi va uchinchi, to‘rtinchi gruppaga kirgan kishilarga esa hamma 

gruppadagi qonni quyish mumkin. Qoni to‘rtinchi gruppaga kirgan kishilar universal resipient deb 

ataladi. 

IShNI   OLIB   BORISh 

 

1.

 



Odamning qon gruppasini aniqlash uchun ikkinchi va uchinchi gruppadagi qon 

zardobidan foydalaniladi. Buning uchun buyum oynasining ikki chetiga har bir 

gruppadagi qon zarodobidan tomiziladi. 


10 

 

2.



 

So‘ngra barmoqdan qon chiqarib, har bir zardob tomchisi yoniga bir tomchidan 

tomiziladi va alohida-alohida shisha tayoqcha bilan har qaysi qon zardobi yonidagi qon 

tomchisi bilan aralashtiriladi (bir zardob tomchisiga tekkan tayoqchani ikkinchi zardob 

tomchisiga tegizmaslik kerak). 

3.

 



Agar oradan tahminan 5 minut vaqt o‘tgach, ikala gruppadagi zardrbda agglyutinatsiya 

sodir bo‘lmasa (agglyutinatsiya aralashma ipir-ipir bo‘lib qolganligidan bilinadi), 

tekshirilayotgan qon birinchi gruppaga kirgan bo‘ladi. 

4.

 



Agar ikkala zardob tomchisida ham agglyutinatsiya sodir bo‘lsa, qon to‘rtinchi 

gruppaga kiradi. 

5.

 

Agglyutinatsiya ikkinchi gruppadagi zardobdagina bo‘lib, uchinchi gruppa zardobida 



sodir bo‘lmasa, qon uchinchi gruppaga kiradi. 

6.

 



Nihoyat, agglyutinatsiya uchinchi gruppa zardobida sodir bo‘lib, ikkinchi gruppada 

bo‘lmasa, u holda bu qon ikkinchi gruppaga kiradi. 

7.

 

Tahminan 40 % odamning qoni birinchi, 39 % niki ikkinchi, 15 % niki uchinchi, 6 % 



niki to‘rtinchi gruppaga kiradi. 

8.

 



Ish tugagach natijasini daftaringizga yozib, rasmini chizib oling. 

9.

 



Savollarga javob bering. 

a/  Siz tekshirgan qon qaysi gruppaga kiradi? 

b/ Qon gruppalari necha xil bo‘ladi va ular bir-biridan qanday farq qiladi? 

 

2-t o p sh i r i q : 



 

ERITROTSITLARNING  OSMOTIK  ChIDAMLIGINI  ANIQLASh. 

 

Ishning maqsadi:   Qonning osmotik gemolizini hosil qilish va gemolizlangan qon bilan 



gemolizlanmagan qonni bir-biridan ajrata bilishni o‘rganishdan iborat. 

Ishni olib borish uchun zarur bo‘lgan jihozlar:    Yog‘och shtativ, 8 ta probirka, osh tuzining: 

0,90; 0,60; 0,55; 0,45; 0,40; 0,35; 0,30; 0,25 % li eritmalari. 

Eritrotsitlar o‘z atrofidagi suyuqlik konsentratsiyasining o‘zgarishiga chidash xususiyatiga 

ega. Agar odam yoki issiqqonli hayvonning bir tomchi qoni osh tuzining izotonik (0,9 % li yoki 

0,85 % li) eritmasiga solinsa, eritrotsitlar bilan osh tuzi eritmasi orasida dinamik tenglik hosil 

bo‘ladi, chunki eritrotsitlardan eritmaga chiqayotgan va eritmadan eritrotsitlarga kirayotgan suv 

miqdori bir-biriga teng bo‘ladi. Bunday sharoitda eritrotsitlarning shakli va hajmi o‘zgarmaydi. 

Osh tuzining yuqori konsentratsiyali (gipertonik) eritmasida esa eritrotsitlar burishib, hajmi 

kichrayadi, chunki bunday sharoitda ular o‘zidagi suvni eritmaga chiqaradi. Aksincha, 

konsentratsiyasi kuchsiz bo‘lgan osh tuzi (gipotonik) eritmasida eritrotsitlar bo‘rtadi; chunki 

bunda eritrotsitlar eritmadan suv shimadi. Bunday eritmaning konsentratsiyasi pasaytirib borilsa, 

eritrotsitlar ichiga suv ko‘p kirib, ularning hajmi kattalasha boradi. Eritmaning konsentratsiyasi 

ma’lum darajaga yetgach, eritrotsitlar yorila boshlaydi. Ular asosan osh tuzining  0,45 % li 

eritmasida yorila boshlab, 0,35-0,30 % li eritmasida butunlay yorilib bo‘ladi. Eritrotsitlar yorilib, 

tashqariga gemoglobin chiqishi gemoliz deyiladi. Plazmada osmotik bosimning kamayishi yoki 

eritroyitlarga spirt, ishqor, kislota, xloroform va efir ta’sir etishi natijasida gemoliz ro‘y beradi. 

Butunlay gemolizlangan qon tiniq qizil ranga kiradi va u lak qon deb ataladi. 

 

 


11 

 

 



 

IShNI   OLIB   BORISh 

 

1.

 



Buning uchun probirkalarni shtativga joylab, ularning har qaysisiga yuqoridagi 

eritmalardan alohida-alohida 2-3 ml. dan quyib, ustiga 20 mm



3

. dan fibrinsizlantirilgan i 

tyoki odam qoni tomiziladi. 

2.

 



Probirka yengil chayqatilib, uy temperaturasida bir oz saqlanadi. 

3.

 



So‘ngra probirkadagi eritmalarning rangiga qarab, qaysi probirkada chala va qaysi 

probirkada to‘la gemoliz sodir bo‘lganligi aniqlanadi. 

4.

 

Agar eritrotsitlar eritmada yorilmasa, eritma tagiga cho‘kadi. Ular osh tuzining 0,45 % li 



eritmasida minimal, 0,32 % li eritmasida esa maksimal darajada yoriladi. 

5.

 



Turli kasalliklarda (sariq, kamqonlikda) eritrotsitlarning chidamlilik darajasi o‘zgaradi 

(pasayadi). 

6.

 

Tajriba tugagach, natijasini daftaringizga yozib oling. 



7.

 

Savollarga javob bering. 



a/  Osmotik bosim deb nimaga aytiladi? 

b/ Gemolizlangan va gemolizlanmagan qon bir-biridan qanday farq qiladi? 

 

 

6-Mashg‘ulot 




Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2017
ma'muriyatiga murojaat qiling