Лаборатория иш №1
Download 470 Kb.
|
Кимё лаборатория тайор
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2. Kerakli reaktivlar
LABORATORIYA ISHI № 3
Metalning ekvivalent molyar massasini aniqlash Bu usul yordamida Zn, Cr, Mn, Mg singari aktiv metallarni ekvivalentini topish mumkin. 1. Kerakli jihozlar: shtativ, rezina tiqin, probirka, rezina shlang va ikkita byuretka, (Ushbu jihozlar yordamida 3.1-rasmda tasvirlangan shaklda asbob yasaladi) termometr va barometr. 2. Kerakli reaktivlar: 10% li HCl eritmasi, og`irligi oldindan tortib qo`yilgan rux Zn metali, filtr qog`ozi, distillangan suv. Tajriba o`tkazishdan avval asbobning germetikligini aniqlanadi. Buning uchun A2 byuretkani 10-15 sm yuqoriga yoki pastga tushiring. Agar 1- 2 minut davomida byuretkadagi suv sathi o`zgarmasa, pribor germetik hisoblanadi. P- probirkaga 4-5 ml. 10% li HCl eritmasidan quying. Laborantdan og`irligi oldindan tortib qo`yilgan rux Zn -metalini oling va filtr qog`ozga o`rang. Kog`ozning bir uchini suv bilan ho`llab, uni probirkani ichki qismiga yopishtiring. Probirkani propka bilan bekiting. Metalni kislotaga tushishga yo`l qo`ymang. So`ng probirkani germetikligini yuqoridagi usul bilan yana bir bor tekshirib qo`ying. Byuretkalarni ulardagi suv satxi bir xil balandlikda bo`ladigan qilib o`rnating. 2.1.1-rasm Byuretka A1 dagi suv satxini (menskning) xolatini belgilab yozib quying. Bu xolat V1 bo`ladi. Menskning xolatini belgilashda ko`zingiz suv satxi bilan urinma chiziqda bo`lishi kerak. Probirkani kiyalatib metalni kislotaga tushiring. Ajralib chikayotgan vodorod (H2) gazi suvni A1 byuretkadan A2 byuretkaga siqib chiqaradi. Metallning xammasi erib bo`lgach, probirkani 3-4 minut davomida sovishini kuting. So`ng byuretkalardagi suv satxini bir xil xolatga keltiring va A1 byuretdagi suv satxini (menskni) belgilab yozib ko`ying.Bu hajm V2 bo`ladi. Satxlar yani V2-V1 orasidagi farq ajralib chiqqan vodorodning hajmidir. Tajriba o`tkazilgan sharoitidagi tempratura t ni termometrdan, bosimi R ni esa barometrdan aniqlang. To`yingan suv bug`ining ayni temperaturadagi bosimi - hni tablitsadan foydalanib yozib quying . Download 470 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling