Laboratoriya ish№ Mavzu: 4 razryadli ketma-ket va parallel registrlarni tadqiq etish Ishning maqsadi
Download 1.64 Mb.
|
lab9.14
Laboratoriya ish№ 12
Mavzu: Shifratorlarni tadqiq etish. Ishning maqsadi: shifratorlarning ishlash prinsiplari bilan tanishish. Ular haqida tushunchaga ega bo`lish va koderlarning chinlik jadvallarini o`rganib chiqish. Nazariy qism Shifratorlar va ularning ishlash printsiplari Shifrator (CD- coder) - kirish yo`lidagi birlik signalni n razryadli ikkilik kodga aylantiradigan EHM ning aniq uzelidir. Boshqacha qilib aytganda shifrator 10-lik kodni 2-lik kodga aylantirib berish uchun xizmat qiladigan operatsion elementdir. Shuning uchun shifratorlar raqamli texnikaning va EHMlarning kiritish qurilmalarida o`nlik kodlarni ikkilik kodlarga o`zgartirishda keng qo`llaniladi. Shifratorning kirish va chiqish yo`llari soni m=2n munosabat bilan belgilanadi. Shifratorni ishlash printsipini ko`rib chiqamiz. Unda kirish signallari sifatida x ,...,x ikkilik o`zgaruvchilar qatnashadi. Ular mos ravishdagi klavishalarni bosganda paydo bo`ladi. Quyida shifratorning o`tish jadvalini keltiramiz. Shifratorning o`tish jadvali 121-jadval
Unda o`zgaruvchilar mustaqil hisoblanadi va 25+1=32+1=33 kombinatsiyani qurish imkonini beradi. Lekin, ikki va undan ortiq klavishalarni bosishni ta’qiqlovchi chegara qo`yilganda, unda 32-tadan 6-ta mumkin bo`lgan kirish kombinatsiyalari qoladi. Bunday mos chegaraga kirish kodi n –dan 1 yoki unitar deyiladi. Jadvalda bosilgan klavishaga «1» va bosilmagan klavishaga «0» mos keladi. Jadvaldan ko`rinib turibdiki, agar «1» x1 yoki x3 kirish yo`lida paydo bo`lsa, y ikkilik o`zgaruvchi «1» qiymatini qabul qiladi. Qolgan barcha kombinatsiyalarda y =0 bo`ladi, ya’ni mantiqiy tilda: y = x + x = Xuddi shunday: y = x + x = ; y = x Ushbu tengliklar asosida shifratorni «YoKI» bazisida (pastki rasmda), shuningdek «VA» bazisida qurish mumkin. A yrim hollarda bir necha klavisha bir vaqtda bosilganda, shifrator maksimal nomerga ega bo`lgan klavishani tanlaydigan sxemani qo`llash talab etiladi. Bunday shifrator prioritetli shifrator deb ataladi. U «n-dan x-ning» o`zgarishini 8421 kodga aylantiradi. Pastdagi prioritetli shifratorning o`tish jadvali keltirilgan. Unda maksimal nomerli kirishdagi o`zgaruvchi maksimal prioritetga ega, «1»-dan o`ngdagi dioganalda kirishdagi o`zgaruvchilar qiymati – chiqish kodini aniqlamasligi kerak. Prioritetli shifratorning o`tish jadvali Download 1.64 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling