Laboratoriya ishi -6 Mavzu: Wimax tarmog’i parametrlarini tadqiq qilish Ishdan maqsad


WiMAX tarmoqlarining hudulararo taqsimlanishi


Download 303 Kb.
bet2/3
Sana04.05.2023
Hajmi303 Kb.
#1425115
1   2   3
Bog'liq
Wimax tarmaginin parametrlerin izertlew

WiMAX tarmoqlarining hudulararo taqsimlanishi



Минтақа

Тармоқлар сони

Мамлакатлар сони

1.

Африка

117

43

2.

Марказий ва Лотин Америкаси

120

33

3.

Осиё-Тинч океани

98

23

4.

Шарқий Европа

86

21

5.

Ғарбий Европа

77

18

6.

Шимолий Америка (АҚШ, Канада)

56

2

7.

Яқин Шарқ

29

10

Hozircha bozorda turg'un WiMAX tarmoqlari yetakchilik qilmoqda (2011 yilning boshida 60% tashkil qilgan). Biroq IEEE 802.16e standarti tobora ko'payib bormoqda va uning asosida ko'p sonli tarmoqlar ishlamoqda. Shular orasiga AQSh ning Sprint-Nextel, Clearwire, AT&T va NextWave Broadband, Yevropada vodafone va Orange, Pokistonning davlatni deyarli to'liq hudududini qamrab olgan Wateen Telekom milliy operatori, Rossiyaning Yota va boshqa operatorlar tarmoqlari kiradi. Bugungi kunga kelib Pokiston milliy ko'lamdagi jahonda eng katta to'liq funktsional WiMAX tarmoqlaridan biriga ega.


WiMAX uskunalarining eng yirik ishlab chiqaruvchilari safiga Airspan Networks, Alkatel-Lucent, Alvarion, Cisco Systems, Fujitsu, Huawei Technologies, Intel Corporation, Motorola Solutions , Samsung va ZTE Corporation kabi kompaniyalarni kiritish mumkin.
6. WiMAX tizimining afzalliklari va kamchiliklari

WiMAX tizimining afzalliklariga quyidagilar kiradi:


• IP-protokoli asosida ishlashga optimallashirilgan yuqori samarador 802.16e radiointerfeysi;
• Mobil tizimlarga yaxshi to'g'ri keladigan OFDMA kanallarni ajratish va taqsimlash takomillashtirilgan texnologiyalar turi (OFDM texnologiyasiga nisbatan);
• Noutbuklarga, telefonlarga va maishiy texnikaga WiMAX adapterlarini qulay o'rnatish imkoniyati;
• Sotali aloqa tarmoqlariga o'xshash yirik tarmoqlarni yaratish uchun yetarli bo'lgan keng chastotalar polosasi;
• MIMO va STC antenna-fider uskunalari sohasida progressiv ishlanmalarni qo'llab-quvvatlash;
• IP-tarmoqlar uchun standart tarmoq uskunalaridan foydalanish;
• Foydalanuvchilarning ulkan o'ziga xos xususiyatlarini hisobga olinganida QoS xizmati ko'rsatish sifatini boshqarishning universal vositalari;
• Abonentlarga telefoniya xizmatlari, keng polosali ulanish, mobil aloqa va boshqalarni taklif etish imkoniyatini beradigan mul'tiservisli tarmoq platformalari;
WiMAX tizimlarining kamchiliklariga va rivojlanishini saqlab turuvchi omillarga quyidagilar kiradi:
• standart hali ham sinov bosqichida va xizmatlar provayderlari ishlatayotgan qimmat uskunalarni yangilariga almashtirishga shoshilmayapti, yoki bu uskunalarni ko'tarish va sarflangan vositalar tezda o'zini oqlash imkoniyatisiz sezilarli sarflarni talab qiladi;
• oldin Internetga ulanish imkoni bo'lmagan joylarda WiMAX tarmoqlarini qurishga zarur uskunalarni yoki uni sotib olishga mablag' vositalariga ega samarali bo'lmagan potentsial foydalanuvchilar soni muammosiga duch kelishga to'g'ri keladi;
• ko'p sonli mutaxassislar to'g'ri ko'rinishdagi O'YuСh kanallardan foydalanish inson salomatligi uchun zararli deb hisoblashadi;
• qayd etilgan WiMAX uskunalari mobil rejimni qo'llab-quvvatlaydi va tarmoqlarning keyingi WiMAX standartiga o'tkazishda uskunalarning qismlarini yangilash talab qilinadi;
• va, nihoyat, WiBro (quyida yoritiladi) radiochastotalarga yaqin diapazonlariga yaqin foydalanadigan keng polosali aloqaning raqobatli standarti shuningdek, mobil aloqaning raqobatli, xususan LTE texnologiyalarining mavjudligi.
Shunday qilib, WiMAX standartining ko'rinib turgan afzalliklarida texnologiyaning total joriy etilishi yoki hatto unga ommaviy o'tish va majud tarmoqlardan voz kechish imkoniyati haqida hali gapirish erta. IEEE 802.16e standartining litsenziyalangan tijorat maqsadida ishlatilishi natijalarini olish, keyin esa uning rivojlanish istiqbollarini baholash zarur. Lekin, shuni ta'kidlash joizki, 802.16 oilasidagi standartlarni takomillashtirish borasida ishlar davom etmoqda. 2009 yilda IEEE 802.16-2009 nomini olgan standartning yangi versiyasi paydo bo'ldi, lekin u IEEE 802.16m standartining paydo bo'lgunigacha bo'lgan oraliq xarakterga ega bo'ldi. IEEE 802.16m standarti statsionar abonent uskunasi bilan 1Gbit/sek. gacha, mobil abonent uskunasi bilan esa 100Mbit/sek gacha tezlikda ma'lumotlar uzatishga erishishi kerak. Keyin yangi standartlar qo'llab-quvvatlaydigan uskunalarni litsenziyalanishi, uskunalarni ishlab chiqarish bozoridagi raqobat va WiMAX tizimi orqali ulanish xizmatlarini va boshqalarni kutish mumkin. U holda bu texnologiyalarning al'ternativlariga taqqoslanganda afzalliklari va kamchiliklari haqida gapirish mumkin bo'ladi.

7. WiMAX va Wi-G'i tizimlarini taqqoslash


WiMAX va Wi-G'i tizimlarining taqqoslanishi yangilik emas, shuning uchun atamalarning nomlanishi o'xshash, bu texnologiyalar asoslangan standartlarning nomlanishi ham o'xshash (IEEE standartlari, har ikkkalasi 802 dan boshlanadi) shuningdek ikkala texnologiyalar simsiz keng polosali ulanish turkumiga kiradi. Lekin shunga qaramasdan bu texnologiya turli masalalarni yechishga yo'naltirilgan (5.2-jadvalga qarang).


WiMAX – bu odatda provayderga oxirgi foydalanuvchiga Internet tarmog'iga “nuqta-nuqta” turi yordamida ulanishni ta'minlash uchun foydalaniladigan bo'shliq masofalarni qamrab oladigan uzoq masofali ishlaydigan aloqa tizimidir. 802.16 oilasining turli standartlari, qayd etilgan to mobilgacha turli ulanish rejimlarini ta'minlaydi.
Wi-G'i – bu Internetga chiqish va Internetga chiqmasdan qisqa masofalarda lokal tarmoqni tashkil etish uchun foydalaniladigan tizimdir.
WiMAX va Wi-G'i tizimlari umuman turli QoS xizmat ko'rsatish mexanizmlariga ega, WiMAX tizimi tayanch stantsiya va abonent uskunasi orasidagi har bir bog'lanishga yagona QoS darajasini o'rnatishga asoslangan mexanizmdan foydalanadi. WiMAX tizimida har bir bog'lanish uchun yuqori QoS darajasini kafolatlaydigan maxsus rejalashtirish algoritmiga asoslaniladi. Wi-G'i o'z navbatida har bir paket turli QoS darajasini oladigan Ethernet tarmoqlarida ishlatiladigan QoS mexanizmidan foydalanadi. Shunday qilib, Wi-G'i tizimida har bir bog'lanish uchun bir xil QoS darajasi kafolatlanmaydi. Nisbatan past narxi va o'rnatishda soddaligi tufayli Wi-G'i tizimlari mijozlarga Internetga tez ulanishni taqdim etish uchun ishlatiladi, masalan, ko'plab kafelarda, mexmonxonalarda, vokzallar va aeroportlarda bepul Wi-G'i ulanish nuqtalarini uchratish mumkin.
5.2-jadval

Keng polosali simsiz aloqa standartlarini taqqoslash jadvali




Download 303 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling