Laboratoriya ishi – 9
Download 72.42 Kb.
|
1 2
Bog'liqLaboratoriya ishi 3-4
(gipsning markasini aniqlash)
Gips bog‘lovchi moddalarga texnikaviy talablar (jadvalni to‘ldiring).
Asbob va uskunalar. Gidravlik press, 4x4x16 sm li qolip, moy, MII- 100, qorishtirgich. Ishlash tartibi. Gipsning mustahkamlik chegarasini aniqlash uchun tomonlari 4x4x16 sm o‘lchamli namunalar tayyorlanadi, va ularni ikki soatdan so‘ng markasini bilish mumkin. Gipsni egilishga bo‘lgan mustahkamlik chegarasini MII-100 asbobi bilan aniqlanadi. MII-100 asbobida 3 ta qo‘zg‘aluvchan tayanch mavjud 2 ta tayanch balkachaning pastki tomonida 1 ta tayanch balkachaning tepa qismining qoq o‘rtasiga joylashgan bo‘ladi. Balkachalar tayyorlash uchun 1200 gram gips, gips massasida nisbatan 50-70% suv olinadi. Va aralashtirib qolipga quyiladi. Olingan gips massasi - …..g; Suv mikdori -……sm3 yoki -…….% (gips massasiga nisbatan); qorishtirish vaqti - ………soat min.; namunalar o‘lchami - ……….; saqlash sharti - ……… a) Egilishga mustahkamlik chegarasini aniqlash. 1200 g gips olinadi suvga solinadi, 60 sekund davomida aralashtirilib moylangan qolipga solinadi. 2 soatdan so‘ng 4x4x16 sm o‘lchamli namuna MII-100 qurilmasiga qo‘yilib egilishga bo‘lgan mustahkamligi topiladi. 2ta pastki tayanch orasidagi masofa 100 mm. Hisoblash formulasi:
3-rasm. Egilish va siqilishga sinash sxemasi. b) Siqilishga bo‘lgan mustahkamlik chegarasini aniqlash. Siqilishga bo‘lgan mustahkamlik chegarasini aniqlash uchun 6 ta yarimta balkachalardan foydalanamiz. Yarim balkachalarning tepa va pastki qismiga o‘lchamlari 40x62,5 mm keladigan yani yuzasi 25 sm2 bo‘lgan po‘lat listlar qo‘yiladi va gidravlik press yordamida siqilishga bo‘lgan mustahkamlik chegarasi aniqlanadi
|
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling