Laboratoriya ishi № Mavzu: tuzlarning gidrolizi I shning nazariy asosi
Download 44.67 Kb.
|
9-laboratoriya ishi
- Bu sahifa navigatsiya:
- I shning bajarish tartibi
LABORATORIYA ISHI № 9. Mavzu:TUZLARNING GIDROLIZI I shning nazariy asosi Turli tuzlar eritmalaridagi muxit reaksiyalari. 6 ta probirka olib, 1/3 hajmgacha lakmusning neytral eritmasidan quying. Bir probirkani kontrol sifatida qoldirib, qolganlariga bir mikroshpateldan quyidagi tuzlar kristalllaridan soling: birinchisiga natriy asetat, ikkinchisiga alyuminiy xlorid, uchinchisiga natriy karbonat, to‘rtinchisiga ammoniy karbonat, beshinchisiga kaliy xlorid. Eritmalarni shisha tayoqcha bilan aralashtiring (shisha tayoqchalarni bir eritmadan ikkinchisiga tushirmang). Lakmus rangining o‘zgarishiga qarab, har bir tuz eritmalaridagi muhit reaksiyalari to‘g‘risida xulosa chiqaring. Tekshirilgan tuzlarning qaysilari gidrolizga uchraydi? Eritmada sodir bo‘layotgan gidroliz jarayonini ifodalaydigan molekulyar va ionli tenglamalarni tuzing. Qaysi tuz eritmasida gidroliz oddiy yoki bosqichli boradi? Ko‘p bosqichda boradigan tuzlar gidrolizining faqat birinchi bosqichini yozing, chunki konsentrlangan eritmalarda keyingi bosqichlar juda sekin boradi. Tuzlar eritmalaridagi muhit reaksiyalari to‘g‘risidagi umumiy xulosalar qiling: a) kuchli asos va kuchsiz kislotadan hosil bo‘lgan tuzlar: b) kuchsiz asos va kuchli kislotadan hosil bo‘lgan tuzlar: v) kuchsiz asos va kuchsiz kislotadan hosil bo‘lgan tuzlar: g) kuchli asos va kuchli kislotadan hosil bo‘lgan tuzlar. I shning bajarish tartibi Gidroliz natijasida asosli va nordon tuzlarning hosil bo‘lishi a) Alyuminiy asetatning gidrolizi Probirkaga 7-8 tomchi alyuminiy xlorid eritmasidan va shuncha hajm natriy asetat eritmasidan quying. Probirkani shtativga o‘rnating va uni qaynaguncha qizdirilgan suv hammomiga tushiring. Asosli Al(OH)2CH3COO tuzini cho‘kmaga tushishini kuzating. Alyuminiy asetat gidrolizlanish reaksiyasini molekulyar va ionli tenglamasini yozing. Hosil bo‘lgan asosli cho‘kma, gidrolizning qaysi bosqichining mahsuloti bo‘la oladi? Probirkaning 1/3 hajmigacha suv quying. Ustiga 1-2 mikroshpatel natriy sulfit kristallaridan soling va shisha tayoqcha bilan aralashtiring. Olingan eritmadan ikki tomchisini indikator qog‘oziga tomchilating va rN qiymatini aniqlang. Topilgan rN eritma qaysi ionlarning mavjudligidan dalolat beradi? Qaysi jarayon natijasida bu ionlar vujudga keladi? Sulfit angidrid gazi hidining yo‘qligiga asoslanib, sulfit kislota hosil bo‘lishini kuzating. Natriy sulfit gidrolizi asosan qaysi bosqichda sodir bo‘ladi? Gidroliz mahsuloti qaysi tuz bo‘ladi? Natriy sulfit tuzining gidrolizlanish reaksiyasining molekulyar va ionli tenglamalarini yozing. Qanday tuzlar gidrolizi natijasida nordon tuzlar olinadi? Download 44.67 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling