Laboratoriya ishi № shisha plastinkaning sindirish ko'rsatgichini aniqlash ishdan maqsad
Download 97.5 Kb.
|
Laboratoriya fizika 1-semestr
YORUG'LIK NI SINISH QONUNLARI
Yorug'likning bir muhitdan ikkinchi muhitga, masalan, suvdan havoga o’tganda sinishini biz tabiatda ko'p uchratamiz. Tiniq suvga botirilgan tayoqchaning qismi guyo sinib (1-rasm) qolgandek ko'rinishi, suv ostida yotgan buyumning haqiqiy o'rnidan siljigan holda ko'rnishi va boshqalarni eslaylik. Bularga yorug'likning muhitdan muhitga o'tishida sinish hodisasi sababchidir. Yorug'likning sinish qonuni quyidagicha ta'riflanadi: Tushuvchi va singan nurlar ikki muxit chegarasiga nurning tushish nuqtasi orqali o'tkazilgan perpendikulyar bilan bir tekislikda yotib, tushish burchagi sinusining sinish burchagi sinusiga nisbati berilgan ikki muhit uchun o'zgarmas kattalikdir. (rasm-1),ya'ni . Bunda n-muhitning nisbiy sindirish ko'rsatgichi yoki ikkinchi muhitning birinchi muhitga nisbatan sindirish ko'rsatkichi deyiladi. Endi muhitning absolyut sindirish ko'rsatkichi haqida to'xtab o'taylik. Biror muhitning vakuumga nisbatan sindirish ko'rsatkichi uning absolyut sindirish ko'rsatkichi deyiladi. Muhitlarning ana shu n1 va n2 absolyut sindirish ko'rsatkichlari yorug'likning tushish i va sinish burchaklari sinuslari , yorug'likning shu muhitlardagi tezliklari V1 va V2 hamda muhitlarning nisbiy sindirish ko'rsatkichlari orasida quyidagi munosabat o'rinli: Shuni eslatib o'tamizki, normal sharoitda havoning absolyut sindirish ko'rsatkichi vakuumning absolyut sindirish ko'rsatkichiga deyarli teng, ya'ni 1 ga (aniqrog'i 1,000292 ga ) teng. Ana shu sababli amaliyotda asosan muhitlarning havoga nisbatan sindirish ko'rsatkichi ishlatiladi. Istalgan muhitning havoga nisbatan sindirish ko'rsatkichi 1-dan katta sondir, chunki бўлгани учун 1. Yorug'lik sindirish ko'rsatkichi katta bo'lgan muhitdan (masalan shishadan, suvdan) sindirish ko'rsatkichi kichikroq muhitga (masalan, havoga ), o'tganda to'la ichki qaytish hodisasi kuzatilishi mumkin. Masalan, yorug'lik havoga nisbatan sindirish ko'rsatkichi ga teng bo'lgan shishadan havoga o'tayotgan bo'lsin (2-rasm). Bu holda shisha birinchi, havo esa ikkinchi muhit bo'lib xizmat qiladi..Bu vaqtda sinish qonunini 2-rasm
quyidagicha yozish mumkin: . Бундан Бу ерда 1 бўлганлигидан ya'ni sinish burchagi tushish burchagidan katta. Download 97.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling