Laboratoriya ishi №1 Avtomatika va telemexanika laboratoriyasida texnik xavfsizlik. Rele qurilmasi va ish prinsipini o’rganish


Download 0.94 Mb.
bet2/5
Sana29.10.2020
Hajmi0.94 Mb.
#137910
1   2   3   4   5
Bog'liq
Laboratoriya ishi 1


1.2-rasm. Elektr magnitli rele
Tashqi zanjirlarni (yuklamalar Rn1 va Rn2) qayta ulaydigan (rus. переключатель) kontakt tizimi, uchta qayishqoq prujinalar va ularda mustahkamlangan kontaktlardan iborat. Umumiy O kontaktni prujinasi yakor bilan mexanik ulangan. Pastki kontakt ortdagi (rus. тыловой) T kontakt deb ataladi. Agar rele toksiz bo’lsa, u tutashgan bo’ladi. Orqa kontakt orqali Rn1 yuklama ulangan bo’lishligi lozim (masalan, stansiyaga kirish svetoforining qizil lampasi). Yuqori kontakt ro’para (rus. фронтовой) F kontakt deb ataladi. Agar rele toksizlantirilgan bo’lsa, u ajratilgan bo’ladi. Ro’para kontakt orqali Rn2 yuklama ulanadi, u esa normal holatda uzilgan (ajratilgan) bo’lishi lozim (masalan, stansiyadagi svetoforning yashil lampasi).

Ushbu releni ishlash prinsipi – bu yakorga ega elektr magnitni ishlash prinsipidir. S kalit tutashtirganda cho’lg’amning chiqarmalariga ta’minot manbai ulanadi. Cho’lg’amdan tok oqadi va magnit F oqimi hosil bo’ladi. Buning natijasida yakor o’zakka tortiladi va o’zi bilan umumiy O prujinani yuqoriga siljitadi. Orqa T kontakt ajraladi va ro’para F kontakt tutashadi, Rn1 yuklama uziladi, Rn2 esa ulanadi. S kalitni ajratilishi va ta’minot manbaidan rele cho’lg’amini uzilishi bilan tarang F va O prujinalarning ta’siri kuchayadi, yakor dastlabki (qo’yib yuborilgan) holatiga qaytadi; ro’para F kontakt ajraladi va orqa T kontakt tutashadi. Rn2 yuklama uziladi, Rn1 yuklama esa ulanadi.

Ta’minlovchi tokning turi bo’yicha rele o’zgarmas va o’zgaruvchan toklilarga bo’linadi.

O’ZGARMAS TOK RELESI

O’zgarmas tokli elektromagnit relelariga: neytral, qutblangan, qurama (kombinatsion) va boshqa turdagi relelar kiradi.

O’tgan asrning 60-yillaridan boshlab ishlatishga kichik o’lchamga ega shtepselli НМШ turdagi relelar qabul etildi (1.3, a-rasm), ular hozir ishlatilayotgan qurilmalarda asosoiy o’rinni egallaydi. Relening magnit o’tkazgichi yakordan-15, o’zakdan-13, G-shakldagi yarmodan-11 iborat bo’lib, ular 20832 va 20880 navli po’latdan tayyorlangan.

Misdan tayyorlangan ikkita g’altakdan iborat cho’lg’amlar 12 o’zakda joylash-tirilgan. G’altaklarni karkasi plastmassadan ishlangan. Nomagnit (rux) qotishmadan tayyorlangan, yaxlit yuk 5 yakor bilan ulangan. Yakorning yo’li tutqich 1 bilan cheklangan. Yakorga, qalinligi 0,1-0,2 mm bo’lgan, bronzadan tayyorlangan anti-magnit shtift 14 o’rnatilgan.

Kontakt tizimi va yakor, plastikdan tayyorlangan va yukka biriktirilgan, kontakt 6 tortqi bilan o’zaro bog’langan, ro’para F kontakt grafit kumush aralashmasidan, umumiy O va orqa T kontaktlar esa kumushdan tayyorlanadi. Kontaktlarning prujinalari fosforli bronzadan yasalgan. Ularning siljish yo’li bronzadan tayyorlangan tirgak prujinalar 7 bilan cheklangan bo’lib, bularning o’ng uchlari shtepsel rozetkasining uyalariga kiritiladigan kontakt tig’lari 9 bo’lib xizmat qiladi. Prujinalar bir-birlaridan plasmassali qistirmalar 8 bilan izolyatsiya qilingan. Relening barcha detallari plastmassali plataga o’rnatilgan bo’ladi. Organik shishadan tayyorlangan qalpoq 4, releni tashqi ta’sirlardan himoya qiladi. Releni, shtepsellik rozetkaga qo’l dastak 2 yordamida vint 3 bilan mahkamlab qo’yishadi.

Rele kontakt tizimining ko’rsatkichlari: ro’para F kontaktlarning o’tish qarshiligi 0,3 Om dan ortiq bo’lmasligi, ro’para F kontaktdagi kontakt bosimi 0,294 N, orqa T kontaktda esa 0,147 N bo’lish kerak. Relening qaytaruv koeffitsiyenti 0,4 dan kam, tutashtirish (ulab-uzilish) imkoniyati 1,2·106 dan kam bo’lmasligi kerak. Relening o’lchamlari: 112x87x200 mm, massasi 1,6 kg ga teng. Ular atrof-muhitining joiz harorati: -50С to +60С bo’lgan sharoitda ishlashga mo’ljallangan.

Shtepselli ajratgichni kiritishga mo’ljallangan shtepsel rozetkani (1.3, b-rasm) maxsus uyachalarga ega plastmassadan tayyorlashadi.





1.3-rasm. НМШ turdagi rele

U fosforli bronzadan bajarilgan o’ziga xos prujinali kontakt yaproqchalaridan iborat bo’lib, ular orasiga kontakt tig’lari kiritiladi. Chiqarmalar va kontaktlar montaj qilinadigan tomondan raqamlanadi. Kontakt guruhlari chiqarmalarining vertikal o’qi bo’ylab, cho’lg’amlarniki esa, gorizontal o’qi bo’ylab joylashtiriladi.

Cho’lg’am g’altaklarini ketma-ket yoki parallel ulash mumkin. Rozetka pastida joylashtirilgan ikkita teshik, releni o’rnatish paytida yo’naltiruvchi o’qlar yordamida mexanik blokirovka qilish uchun mo’ljallangan. Rozetkani o’rta qismidagi teshik rezbaga ega bo’lib, u releni qayd etuvchi vint bilan mahkamlashga xizmat qiladi. НМШ rele, aslida НР va НШ relelarga nisbatan kichik o’lchamlik hisoblanadi.

O’tgan asrning 80-yillar boshida yaratilgan va avtomatik tizimlarga yangi birinchi sinf ishonchlilikka ega РЭЛ (elektr magnitaviy) turidagi rele tadbiq etila boshlandi. НМШ turdagi relega nisbatan bu relelarning o’lchamlari 1,7 marta, massasi 1,5 marta kamaytirilgan, kamyob (kumush va mis) materiallarni sarfi kamaytirilgan, vibrochidamligi orttirilgan, kommutatsiya (tutashtirish) imkoniyati 107 gacha ishlashga ko’paytirilgan, shtepselning ulanish ishonchliligi oshirilgan, umumiy va orqa kontaktlar payvandlanib qolganda, bir yo’la uchlik – ro’para, umumiy va orqa kontaktlarning ulanishligi bartaraf etilgan.



РЭЛ relesining asosiy qismlari unifikatsiya (bir xillik) qilinganligi tufayli, bu qismlardan neytral, bir qutbli, o’t, avariya va boshqa relelarni ishlab chiqarishda foydalaniladi. Shtepselsiz qilib bajarilgan rele, BN deb belgilanishni olgan.

Download 0.94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling