Agar 1 g iflos osh tuzi tozalash uchun olingan bo'lsa (a=l g) va tozalash natijasida 0,93
g toza tuz olngan bo'lsa (b=0,93 g), u
holda tozalashning
unumi
X=^100%=93% bo'ladi.
Demak, iflos tuzning tarkibida 100-
93=7 % aralashmalar bor ekan. Tuzni
katta idishlarda tozalab
shu usul
bilan
ko'proq miqdorda toza tuz olish mumkin.
2. Tuzning loyqa eritmasini filtrlash
Loyqa eritmani filtrlash uchun g'ovak qog'ozdan tayyorlangan filtrdan foydalaniladi. Filtr
qog'ozi yuqorida ko'rsatilgan
usulda
tayyorlanadiFiltrni
voronkaga joylab,
osh tuzining loyqa erit-
masini filtr devoriga tegizilgan shisha tayyoqcha yordamida asta-sekin filtrga quyiladi. Filtrdan
o'tgan tiniq eritmani filtrat deyiladi va uni bug'latib toza tuz olinadi.
3. Filtratni bug'latish
Filtratni
chinni kosachaga quyib, shtativ halqasiga o'rnatiladi. Shtativ tagligiga qo'yi
lgan
quruq
yoqilg'i yoki gaz gorelkasi alangasi chinni kosacha tagiga tegadigan
qilib yoqiladi va izdi
rish olib boriladi. Eritma sachramasligi uchun shisha tayyoqcha bilan aralashtirib turiladi.
Chinni kosacha tagida tuz kristallari hosil bo'la boshlashi bilan qizdirish to'xtatiladi. Arala
shma
sovitiladi, tushgan tuz filtrlanadi. Olingan tuzning tashqi ko'rinishi ko'zdan kechiriladi.
Nazorat uchun savollar:
1.Toza modda va aralashmalarga misollar keltiring.
2.Aralashmalardan ajratishning qanday usullarini bilasiz?
3.Osh tuzini tozalashda qanday usullardan foydalaniladi?
4 Ishlash jarayonida xavfsizlik qoidasiga qanday amal qilasiz?
5. Ifloslangan mis kuporosi va
kaliy nitratni tozalashda
qanday usuldan foydalanish mumkin?
Do'stlaringiz bilan baham: