Laboratoriya ishi №1 Mavzu: cad tizimlarining amaliy dasturlarini interfeysini o’rganish va qo’llash. Kerakli texnik vositalar


Download 1.07 Mb.
bet8/9
Sana31.10.2020
Hajmi1.07 Mb.
#138924
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
1-tajriba ishi

belgisi bosilib, obekt “sichqoncha”ning chap tugmasini bosish yoʻli bilan belgilanadi, keyin ochik joyga kursor keltirilib, “sichqoncha”ning oʻng tugmasi bir marta bosiladi. Soʻngra ikki chiziq orasidagi keraksiz chiziq ustiga kursorni keltirib, “sichqoncha”ning chap tugmasini 1-martadan bosish yoʻli bilan keraksiz chiziqchalar olib tashlanadi.

4. Toʻgʻri chiziq va yoy chizish
1. Ushbu belgi ustiga kursor keltirilib, “sichqoncha”ning chap tomon tugmasi

1marta bosiladi.

2. Soʻngra boshlangʻich nuqta joylashtiriladi. Buning uchun ekranda

chiziladigan Formatning kerakli joyiga kursor keltirilib,

“sichqoncha”ning chap tugmasi 1-marta bosiladi.

3. Chiziqqa yoʻnalish beriladi va “sichqoncha”ning chap tugmasi 1marta

bosiladi. Yana shu belgi ustiga “sichqoncha” keltirilib, “sichqoncha”ning chap

tomon tugmasi 1-marta bosiladi.

4. Ekranga kursorni keltirib, “sichqoncha”ning oʻng tugmachasi bosiladi.

Chiqqan yozuvlardan “Arc” tanlanib, radius beriladi.






5. Koʻpburchak chizish

1. Koʻpburchak belgisi ustiga kursor keltirilib, “sichqoncha” ning chap tomon

tugmasi 1marta bosiladi.

2. Koʻpburchak tomonlari soni klaviaturadan raqamlarni terish orqali

kiritiladi va enter bosiladi.

3. Soʻngra boshlangʻich nuqta joylashtiriladi. Buning uchun ekranda

chiziladigan Formatning kerakli joyiga kursor keltirilib,

“sichqoncha”ning chap tugmasi 1-marta bosiladi.

4. Lotincha I yozilib, enter bosiladi.

5. Koʻpburchak radiusi klaviaturadan raqamlarni terish orqali kiritiladi



va enter tugmasi bosiladi.

«Прямоугольник» - To’g’ri to’rtburchak chizish tugmasi.
Odatda usbu tugma tanlanganda sichqoncha ko’rsatkichi ikkita parametrni – to’g’ri to’rtburchakning bosh nuqtasi va diagonali bo’yicha to’g’ri to’rtburchak tugatiladigan nuqtasini belgilab berishni so’raydi.

To’gri to’rtburchakni qo’shimcha o’lcham parametrlari – faska, tutashma burchaklar asosida bajarish ham mumkin. Buning uchun buyruq tugma tanlangandan so’ng klaviaturadagi - ko’rsatkichi bosiladi va yordamchi menu oyna chaqiriladi.

Yordamchi menuda «Фаска» - Faska, «Уровень» - Nisbat, «Сопряжение» - Tutashma, «Высота» - Balandlik, «Ширина» - Kenglik buyruqlari mavjud.



Sichqoncha ko’rsatkichi yordamida «Фаска» - Faska bandi tanlansa ekranda «Длина первой фаски прямоугольника» - To’gri to’rtburchak birinchi faskasining uzunligi degan axborot chiqadi. Bunda klaviaturadan kerakli qiymat kiritiladi va “Enter” tugmasi bosiladi. Song «Длина второй фаски прямоугольника» - To’g’ri to’rtburchak ikkinchi faskasining uzunligi degan axborot chiqadi. Bunda ham kerakli qiymat klaviaturadan kiritilib, “Enter” tugmasi bosiladi. Har safar to’g’ri to’rtburchakni bajarishda kiritilgan parametrlar saqlanib, avtomatik ravishda berilgan qiymatlarga asoslangan holda to’g’ri to’rtburchak chizilaveradi.

«Уровень» - Nisbat bandi tanlansa biron bir ob’ektga nisbatan ma’lum bir balandlikda to’g’ri to’rtburchak yasash nazarda tutiladi va ushbu parametr faoliyati uch o’lchamli chizma yaratishda, izometriada yaqqol ko’rinadi. Qiymatlar klaviaturadan kiritilib, “Enter” tugmasi orqali tasdiqlanadi.

«Сопряжение» - Tutasma bandi tanlansa ekranda «Радиус сопряжения прямоугольников» - To’g’ri to’rtburchak tutashma radiusi degan axborot chiqadi.

Klaviaturadan tutashma radiusi sonli qiymatda beriladi va “Enter” tugmasi orqali tasdiqlanadi. Har safar to’g’ri to’rtburchakni bajarishda kiritilgan parametrlar saqlanib, avtomatik ravishda berilgan qiymatlarga asoslangan holda to’g’ri to’rtburchak chizilaveradi.



«Высота» - Balandlik bandi tanlansa to’g’ri to’rtburchakka hajm berish maqsadida uning eni va bo’yidan tashqari balandligini berish nazarda tutiladi va ushbu parametrning faoliyati ham uch o’lchamli chizma yaratishda, izometriada yaqqol ko’rinadi, aks holda ikki o’lchamli plan holidagi chizmalarda ushbu parametr ko’rinmaydi. Kerakli qiymat klaviaturadan kiritilib “Enter” tugmasi orqali tasdiqlanadi.

«Ширина» - Kenglik bandi tanlanganda to’g’ri to’rtburchakning chiziqlari kengligi yoki qalinligi tushuniladi. Bunda kerakli qiymat klaviaturadan kiritilib “Enter” tugmasi orqali tasdiqlanadi.

To’gri to’rtburchakning aniq o’lchamlarini, ya’ni eni va bo’yi yoki yuza kattaligida berish uchun, «Прямоугольник» - To’g’ri to’rtburchak chizish tugmasi bosilib dastlabki bosh nuqtasi tanlangandan so’ng, ekranga «Второй угол или ↓» - Ikkinchi burchak yoki ↓ degan axborot chiqadi. Klaviaturadagi - ko’rsatkichi bosiladi va yordamchi menu oyna chaqiriladi.



Unda «Площадь» - Yuza, «Размеры» - O’lchamlar, «Поворот» - Burilish buyruq bandlari mavjud.

«Площадь» - Yuza bandi tanlansa yuza qiymati klaviaturadan kiritilib, “Enter” tugmasi orqali tasdiqlanadi. So’ng «Вычислять размеры прямоугольника на основе параметра» - Quyidagi parametrlarda to’g’ri to’rtburchakni hisoblash axborot oynasi chiqariladi. Unda «Длина» - Uzunlik va «Ширина» - Kenglik buyruq bandlari mavjud. Kerakli band tanlanadi va qiymat klaviatura orqali kiritilib, “Enter” tugmasi yordamida tasdiqlanadi. Ekranda berilgan qiymat parametrlarga ega bo’lgan to’g’ri to’rtburchak hosil qilinadi.

«Размеры» - O’lchamlar bandi tanlansa ekranda «Длина прямоугольника» - To’g’ri to’rtburchak uzunligi degan axborot chiqadi. Klaviaturadan kerakli qiymat kiritilib, “Enter” tugmasi bosilganda, keyingi parametr «Ширина прямоугольника» - To’g’ri to’rtburchak kengligi so’raladi. Unda ham kerakli qiymat klaviatura yordamida kiritilib, “Enter” tugmasi bosilganda ekranda berilgan qiymatlar asosida to’g’ri to’rtburchak hosil qilinadi.

«Поворот» - Burilish bandi tanlanganda to’g’ri to’rtburchakni gradus burchak asosiba bajarish nazarda tutiladi. Kerakli qiymat klaviaturadan kiritilib “Enter” tugmasi bosiladi. Yana klaviaturadagi - ko’rsatkichi bosilib yordamchi menu oyna chaqiriladi. Undagi «Размеры» - O’lchamlar bandi tanlanib yuqorida aytib o’tilgan tartibda to’g’ri to’rtburchak bajariladi. Shuni aytib o’tish joizki, burchak gradusini kiritayotganda soat strelkasiga teskari yo’nalishda va soatning 3 raqami ko’rsatkichini 0o ekanligini yodda tutish lozim.
«Дуга» - Yoy chizish tugmasi.
Usbu buyruq tugmasi radiusli yoylarni bajarishni nazarda tutadi. Tugma tanlanga ekranga «Начальная точка дуги или ↓» - Yoyning boshlanish nuqtasi yoki ↓ axboroti chiqadi. Klaviaturadagi ko’rsatkichi bosilsa qo’shimcha axborot oynasi ekranga chiqadi. Unda bitta band «Центр» - Markaz mavjud bo’lib, dastlab yoy markazini ko’rsatish nazarda tutiladi. Markaz bandi tanlangandan so’ng sichqoncha ko’rsatkichi yordamida ekranda yoy markazi belgilanadi. Burchak yo’nalishi ko’rsatilgan holda radiusning qiymati klaviaturadan kiritiladi. “Enter” tugmasi bilan tasdiqlanib, yoyning tugash nuqtasi sichqoncha ko’rsatkichi yordamida belgilanadi va yoy hosil qilinadi. Yoy bajarishda yo’nalish soat strelkasiga teskari bo’lishi lozim.

Dastlab yoyning boshlanish nuqtasi so’ng radiusi va keyin tugash nuqtasini belgilab ham bajarish mumkin. Buning uchun «Дуга» - Yoy chizish buyruq tugmasi tanlangandan so’ng, sichqoncha ko’rsatkichi yordamida yoyning boshlanish nuqtasi tanlanadi. Ekranda «Вторая точка дуги или ↓» - Yoyning ikkinchi nuqtasi yoki ↓ axboroti chiqariladi. Klaviaturadan ko’rsatkichi bosilganda qo’shimcha axborot oynasi chiqariladi. Unda ikkita band – «Центр» - Markaz va «Конец» - Oxiri mavjud bo’lib, «Центр» - Markaz bandi tanlanadi. Sichqoncha ko’rsatkichi yordamida markaz tanlanadi va yoyning tugash nuqtasi ko’rsatiladi.



Download 1.07 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling