Лаборатория иши №1 Минералларнинг солиштирма массасини аниқлаш
Kerakli asboblar va mahsulotlar
Download 0.52 Mb.
|
4 тажриба ПРкП
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ishni bajarish tartibi
- Olingan malumotlarni qayta ishlash
- Nazorat uchun savollar
- Лаборатория иши № 9 Бўтананинг фильтрланиш тезлигини ўрганиш Ishdan maqsad
Kerakli asboblar va mahsulotlar
1. Millimetrli qogoz yopishtirilgan, sigimi 50 ml bo'lgan 6 ta shisha silindr; 2. Har xil quyuqlikka ega bo'lgan bo'tana; 3. Poliakrilamid, ohak eritmasi, sulfat kislotasi; 4. Sekundomer. Variantlar: 7.1-jadval
Ishni bajarish tartibi 1-silindrga reagentlarsiz, 2-silindrga esa topshiriqda ko’rsatilgan miqdorda reagentlarni qo'shib bo'tana solamiz. So'ngra bo'tananing tinish tezligini kuzatamiz va jadvalga kiritamiz. 1-2 soat mobaynida har 5-10 daqiqa oralig’ida tinayotgan suv ustuni balandligini o'lchaymiz. 7.2-jadval
Olingan ma'lumotlarni qayta ishlash 1 silindrda dastlabki bo'tana ko'rsatilgan. Birozdan so'ng (silindr №2) tiniqlashgan zonalar hosil bo'ladi: A – tiniqlashgan suyuqlik zonasi; B – qattiq zarrachalarning cho'kish zonasi; S – o'tish zonasi; D – cho'kmani zichlashish zonasi. Silindrning tubida tez cho'kkan yirik zarrachalardan iborat qatlam hosil bo'ladi. So'ngra (№3 va №4 silindrlarda) A va D zona kengayadi, B zona qisqaradi, S zona esa amalda o'zgarishsiz qoladi № 5 silindrda B va S zonalar yo'qoladi, A zona esa D zona bilan tutashadi. Bu holat bo'tanadagi qattiq zarrachalarning cho'kish tezligi keskin kamayib, keyingi quyultirish foydasiz bo'lgan kritik nuqtada sodir bo'ladi. Nazorat uchun savollar 1. Quyultirish deb nimaga aytiladi? 2. Quyultirish uchun qanday uskunalar ishlatiladi? 3. Suspenziyaning turlari. 4. Flokulyantlar va koagulyantlar nima maqsadda qo'shiladi? 5. Flokulyantlar va koagulyantlar sifatida qanday reagentlar ishlatiladi? 6. Quyultirishning kritik nuqtasi qanday aniqlanadi? Лаборатория иши № 9 Бўтананинг фильтрланиш тезлигини ўрганиш Ishdan maqsad: filtrlovchi yuza orqali filtrlanish tezligini aniqlash va filtrlashdagi hisoblash usullarini o'rganish. Ishni bajarish uchun qisqacha nazariy ma'lumotlar Filtrlash deb mayda zarrachali bo'tana va aralashmalar tarkibidagi qattiq zarrachalarni g’ovak to'siq orqali bosim ostida filtrlab suvni ajratib olishga aytiladi. Filtrlash natijasida to'siqda ushlanib qolgan mahsulot cho'kma, to'siqdan o'tgan suv filtrat deyiladi. Suvni filtrlash boshlangandan so'ng hosil bo'lgan cho'kmaning o'zi filtrlovchi to'siq vazifasini bajara boshlaydi. Filtrlovchi to'siq sifatida ip–gazlama va jun materiallar, sintetik tolali material (kapron, neylon va h.k.)lar ishlatiladi. Filtrlanish sodir bo'lishi uchun filtrlovchi to'siqning tomonlari orasida bosimdagi farqni hosil qilish kerak. Filtrlovchi yuzalar orasida bosimdagi farqni hosil qilish usuliga qarab filtrlar vakuum ostida ishlovchi vakuum – filtrlar va ortiqcha bosim ostida ishlovchi filtr – press-filtrlarga bo'linadi. Majburiy filtrlash jarayoni filtrlash tezligi bilan xarakterlanib, u asosan filtrlovchi to'siqlar tomonlari orasidagi bosim farqiga, to'siqning g’ovakligiga, rudaning granulometrik tarkibi va fizik xususiyatlariga bog’liq. Bo'tana yoki suspenziyani filtrlashda suvning filtrlanish tezligi quyidagi tenglamadan aniqlanadi: Filtrlanuvchi suvning hajmi: bu yerda: Kf – filtrlanish koeffitsienti, m/sek F – filtrlovchi yuzaning umumiy maydoni, m2 ΔP - filtrlovchi yuzaning ikki tomoni orasidagi bosimdagi farq, kg/m2 γ - suyuqlikning (suv) solishtirma og’irligi, kg/m3 h – filtrlovchi yuzada hosil bo'lgan cho'kmaning qalinligi, m. Kf - koeffitsienti laboratoriya sharoitida filtrlashda tajriba yo'li bilan aniqlanadi. Cho'kmaning, filtrlovchi matoning solishtirma qarshiligini hamda filtrlashning boshqa parametrlari quyidagi tenglikdan aniqlanadi: bu yerda: μ - suvning qovushqoqligi, pz. ro - cho'kmaning solishtirma qarshiligi. ρo - filtrlovchi yuzaning yuza birligiga to'g’ri keluvchi qarshiligi c – filtratning hajm birligiga to'g’ri keluvchi cho'kmaning hajmi. Vakuum – filtrlovchi moslamaning tuzilishi va uning ishlash printsipi. Vakuum – filtrlovchi moslama (9.1- rasm) bo'tanani filtrlash uchun vanna (1), filtrlovchi mato bilan qoplangan voronka (2), filtrat uchun idish (3), vakuum – nasos (4) va simobli manometr (5), hamda resiver va cho'kmani puflash uchun havo puflagichdan iborat. 9.1-rasm. Vakuum-filtrlovchi moslama Variantlar Filtrlash quyidagi tartibda amalga oshiriladi: Bo'tananing zichligi: S:Q=10:1; 15:1; 20:1.
Tajriba davomida vaqt birligi ichida hosil bo'layotgan filtratning hajmi, cho'kma yig’ilayotgan va quritilayotgan davrdagi hosil bo'lgan filtratning umumiy hajmi, cho'kmaning og’irligi va qalinligi o'lchanadi. Download 0.52 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling