Лаборатория иши №1
Nometall noorganik moddalarning kimeviy chidamliligi to‘g‘risida
Download 1.01 Mb. Pdf ko'rish
|
Umymiy kimyoviy tyexnologiya (laboratoriya).doc
Nometall noorganik moddalarning kimeviy chidamliligi to‘g‘risida
ma’lumotlar Kislota, ishqor va boshka kimeviy reagentlar tasirida nometall noorganik materiallarning yemirilish jarayoni juda murakkab bo‘lib, u materialning kimeviy va mineralogik tarkibi, govakligi, strukturasi, xamda ta’sir kilayotgan sharoitning agressivligi va haroratiga bog‘liq. Bu omillar turli kurinishda ta’sir qilib, materialni qisman yemirib, uning massasi, mexanik mustaxkamligini kamaytirishi bilan boradi. Kimyoviy chidamlilikning asosiy faktorii uning kimyoviy tarkibidir. Tabiiy yoki sun’iy tayyorlangan materiallarning tarkibida kremniy kislotasi tuzlari, toza kremnezem, alyumosilikatlar, kalsiy silikatlari ba’zi materiallarning oksidlari buladi. Kimyoviy chidamlilikni baholashda mineralning ayrim birikmalarini agresiv sharoitda erishidan kelib chikiladi. Tarkibida kislota oksidlari (kremnezemlar) ko‘proq bulgan materiallar kislotaga chidamli xisoblanadi. Ammo chidamlilik uchun kremnezem miqdorigina emas balki uning mineralogik tarkibi xam muximdir. Masalan oddiy qurilish g‘ishti 60-80% kremnezemi bulishiga karamay kislotaga chidamsiz, lekin u kuydirilsa kislotaga chidamliligi ortadi. Yuqori xaroratda kuydirilganda kimeviy chidamlilikning ortishiga sabab, xom aralashma tarkibiga kiruvchi glinozem erkin yoki bog‘langan kurinishda bulishidan qat’iy nazar suyultirilgan kislota yoki ishqorlarda oson eriydi. Yuqori xarorat ta’sirida kuyganda, yangi olov bardosh minerallar: sillimanit Аl 2 О 3 ·2SiO 2 va mullit 3Аl 2 О 3 2SiO 2 hosil bo‘ladi. Ular kislotaga bardosh berishining yuqoriligi va ishqorga uta chidamliligi bilan farqlanadi. Tarkibida kalsiy, magniy karbonatlari bulgan materiallar kislota tasirida quydigi reaksiya ko‘rinishida oson parchalanadi. CaCO 3 +2HCl=CaCl 2 +H 2 O+CO 2 MgCO 3 +2HCl=MgCl 2 +H 2 O+CO 2 Agar kalsiy va magniy mineral tarkibida silikat kurinishida bulsa, bunday birikmalarning kislotalar bilan tasiri darajasi ancha sustlashadi. Ishqorga chidamli materialllarga ohak toshlar, marmar, dolomit va boshralar kiradi. Ularning tarkibida ishqorda eriydigan birikmalar bulsa ishqorga chidamliligi pasayadi. Nometall materiallarning strukturasining govakliligi va kristall tuzilishi xam ularning kimeviy chidamliliga sezilarli ta’sir kursatadi. Govak materiallar zich materiallarga nisbatan korroziyaga moyil, chunki agressiv sharoitning materiallarga ta’siri uning yuzasiga va suyuqlikning govaklaridagi diffuziyasiga bog‘lik. Kristall va amorf materiallarning kimyoviy 35 chidamliligini solishtirilsa, kristall kurinishidagisi amorflarga qaraganda chidamli buladi. Amorf kurinishidagi materiallar kislotada oson eriydi. Ko‘rilayetgan laboratoriya ishlarida konstruksion materiallarning kimyoviy, ya’ni kislotaga chidamlilik xususiyatlari o‘rganiladi. Barcha kislotalar ma’lum miqdorda noorganik silikat materiallarni koroziyalaydi (plavik kislota barcha materialllarni bartamom yemirib tashlaydi). Vodorod ionlari konsentratsiyasida maksimal bo‘lgan kislotalar (eritmadagi dissotsiyasi va konsentratsiyasi bilan aniqlanadi) intensiv ravishda korroziya chaqiradi. Download 1.01 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling