Лаборатория иши №1
Download 1.01 Mb. Pdf ko'rish
|
Umymiy kimyoviy tyexnologiya (laboratoriya).doc
- Bu sahifa navigatsiya:
- Laboratoriya ishini bajarishga doir nazariy tayyergarlik
Hisobat tuzish
Laboratoriya ishi bo‘yicha tayyorlangan hisobot quyidagilardan iborat bo‘lishi lozim: -ishni bajarish uchun topshiriq, -ishning qisqacha bayoni, -tajriba natijalarini hisoblash, -tajriba ishidan kelib chiqadigan xulosalar, -har bir ishning bayoni, Molibdenni ajratib olish darajasi ushbu formuladan aniqlanadi: E = 81,5(G 1 *G 3 )/(a*G*G 2 );(1) Bu yerda, G – konsentratning kuydirishgacha bo‘lgan og‘irligi, g G 1 – konsentratni kuydirishdan hosil bo‘lgan kuyindining og‘irligi, g G 2 – ishqor bilan qayta ishlangan kuyindining og‘irligi, g G 3 – ammoniy paramolibdatining og‘irligi, g а- konsentratdagi molibdenning miqdori. Agar hamma kuyindini ishqorlasak, unda (G 1 =G 2 ), ya’ni (1) formula kuyidagi ko‘rinishga keladi: E = 81.5G 3 /a*G;% № Ishni bajarish tartibi Kuydirish davomiyligi, soat Ammiakning kons., % Paramolibdatnin g ogirligi, g Konsentratlardan molibdenni umumiy ajratib olish 1 2 3 4 Laboratoriya ishini bajarishga doir nazariy tayyergarlik Laboratoriya ishini bajarishga doir tayyorgarlik. «Noyob metallar metallurgiyasi» fani buyicha molibden olti oksidi kuydirilgan «molibdenit konsentratlaridan olishning gidrometallurgik usuli» bo‘limidagi metallarni o‘zlashtirishdan iborat. Laboratoriya ishi № 15. ELETROLITIK USUL BILAN METALLARNING OLINISHI Eritmalar va suyuklanmalarning elektrolizidan turli xil metallarni olish, himoya va bezak qoplamalari qosil qilishda keng qo‘llanadi. Ko‘pincha bu usul turli metallarni, masalan alyuminiy, natriy, kaliy, niobiy, tantal kabilarning ularning birikmalaridan ajratib olishda yagona usul hisoblanadi. 40 Faradeyning birinchi qonuniga muvofik, elektrodlarda ajraluvchi modda miqdori elektrolitdan o‘tgan tok miqdori, yani tok kuchi va vaqtga to‘g‘ri proporsionaldir. Faradeyning ikkinchi qonuniga muvofiq, bir xil mikdordagi elektr tokida elektrodlarda ekvivalent miqdordagi modda ajraladi, yani 96500 Kl yoki 26,8 A/s da 1-gr ekv modda ajraladi. Elektrolitdan 1 A/s mikdordagi elektr toki o‘tkazilganda elektrodlarda ajralib chiqadigan modda miqdori shu moddaning elektrokimyoviy ekvivalenti deyiladi. Masalan, temirning elektrokimeviy ekvivalenti 1,0419 gr, nikelniki 1,0477 gr, misniki 1,1354 gr, natriyniki 0,8581 gr va x.o.ga teng. Elektrolizdan sanoat miqyosida qo‘llanilishining iqtisodiy ko‘rsatkichi sifatida moddaning tok bo‘yicha unumi va elektr energiyasining sarfi muhim o‘rin tutadi. Elektrodda ajralib chiqadigan modda miqdorining Faradey qonuni bo‘yicha ajralib chiqishi lozim bo‘lgan miqdoriga nisbatining % ko‘rsatkichi shu moddaning tok bo‘yicha unumi deyiladi. Jarayonni amalga oshirish uchun nazariy sarflanadigan elektroenergiya mikdorining shu jarayonni amalga oshirishga sarflangan amaliy elektroenergiya miqdoriga nisbati uning energiya bo‘yicha unumi deyiladi. Download 1.01 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling