Лаборатория иши №1
Download 1.01 Mb. Pdf ko'rish
|
Umymiy kimyoviy tyexnologiya (laboratoriya).doc
Laboratoriya ishi №8
SIRKA KISLOTASINING ETERIFIKATSIYASI Ishdan maqsad:Eterifikatsiya jarayoniga ta’sir qiluvchi omillar, reagentlar nisbati, katalizatorlar miqdori va suvni tortib oluvchi komponentlarni butil atsetat hosil bo‘lishiga ta’sirini o‘rganish. Nazariy ma’lumotlar Sirka kislotasi efirlari aviatsiya va avtomobil ishlab chiqarish sohasida ishlatiladigan yuqori sifatli himoya plyonkalari hosil qiluvchi nitrotsellyuloza va boshqa laklar uchun yaxshi erituvchi sifatida keng ko‘lamda ishlatiladi. Efirlar suvda erigan organik moddalarni ekstraksiya qilishda, masalan yog‘ochni quruq haydab pista ko‘mir olishda hosil bo‘ladigan smola osti suvlaridan sirka kislotasi 27 olishda, qattiq yoqilg‘ilarni gazifikatsiyalash va kokslash jarayonida hosil bo‘lgan fenol suvlaridan fenollarni ajratib olishda qo‘llaniladi. Butil spirtining sirka kislotasi bilan reaksiyasi qaytar jarayonlar qatoriga kiradi. С 4 Н 9 ОН + СН 3 СООН СН 3 СООС 4 Н 9 + Н 2 О. Butil atsetatni eng ko‘p miqdorda hosil qilish uchun jarayonga sirka kislotasining miqdorini keragidan ortiqroq darajada qo‘shish yoki reaksiya natijasida hosil bo‘layotgan suvni haydab yuborish yoki kimyoviy bog‘lash yo‘li bilan yo‘qotish zarur. Eterifikatsiya asta sekin boradigan jarayondir, ammo mineral kislotalar yoki organik sulfokislotalar ishtirokida bir muncha tezlashadi. Chunki bu kislotalar reaksiya jarayonida katalizator vazifasini bajaruvchi vodorod ionlarining konsentratsiyalarini yuqori bo‘lishini ta’minlaydi. Eterifikatsiya jarayonida qo‘llaniladigan konsentrlangan sulfat kislotasi, o‘zining katalitik ta’siridan tashqari, suvni bog‘lovchi agent rolini ham bajaradi. Bu reaksiya suyuq holatda almashadigan gomogen- katalitik reaksiyaga yorqin misol bo‘la oladi. Reaksiya bosqichma-bosqich boradi: С 4 Н 9 ОН + НОSО 2 ОН С 4 Н 9 ОSO 2 OH +H 2 O С 4 Н 9 ОSО 2 ОН + СН 3 СООН Н 3 ОСОС 4 Н 9 + Н 2 SO 4 Qo‘shimcha quyidagi reaksiya ham boradi. С 4 Н 9 ОSО 2 ОН + С 4 Н 9 ОН С 4 Н 9 ОС 4 Н 9 + Н 2 SO 4 Tajriba utkazish uchun kerakli buyumlar, jixozlar va reaktivlar 1.Tagi yumaloq kolba, hajmi 0,5 l. 2.Elektr plitkasi. 3.Turbkali sovutkich. 4.Ajratish voronkasi. 5.Konsentrlanagan sirka kislotasi. Download 1.01 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling