Лаборатория иши №1


Nometall noorganik moddalarning kimeviy chidamliligi to‘g‘risida


Download 1.01 Mb.
Pdf ko'rish
bet28/58
Sana23.01.2023
Hajmi1.01 Mb.
#1110961
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   58
Bog'liq
Umymiy kimyoviy tyexnologiya (laboratoriya).doc

Nometall noorganik moddalarning kimeviy chidamliligi to‘g‘risida 
ma’lumotlar 
Kislota, ishqor va boshka kimeviy reagentlar tasirida nometall noorganik 
materiallarning yemirilish jarayoni juda murakkab bo‘lib, u materialning kimeviy 
va mineralogik tarkibi, govakligi, strukturasi, xamda ta’sir kilayotgan sharoitning 
agressivligi va haroratiga bog‘liq. Bu omillar turli kurinishda ta’sir qilib, materialni 
qisman yemirib, uning massasi, mexanik mustaxkamligini kamaytirishi bilan 
boradi. Kimyoviy chidamlilikning asosiy faktorii uning kimyoviy tarkibidir. Tabiiy 
yoki sun’iy tayyorlangan materiallarning tarkibida kremniy kislotasi tuzlari, toza 
kremnezem, alyumosilikatlar, kalsiy silikatlari ba’zi materiallarning oksidlari 
buladi. Kimyoviy chidamlilikni baholashda mineralning ayrim birikmalarini 
agresiv sharoitda erishidan kelib chikiladi. Tarkibida kislota oksidlari 
(kremnezemlar) ko‘proq bulgan materiallar kislotaga chidamli xisoblanadi. Ammo 
chidamlilik uchun kremnezem miqdorigina emas balki uning mineralogik tarkibi 
xam muximdir. Masalan oddiy qurilish g‘ishti 60-80% kremnezemi bulishiga 
karamay kislotaga chidamsiz, lekin u kuydirilsa kislotaga chidamliligi ortadi. 
Yuqori xaroratda kuydirilganda kimeviy chidamlilikning ortishiga sabab, xom 
aralashma tarkibiga kiruvchi glinozem erkin yoki bog‘langan kurinishda bulishidan 
qat’iy nazar suyultirilgan kislota yoki ishqorlarda oson eriydi. Yuqori xarorat 
ta’sirida kuyganda, yangi olov bardosh minerallar: sillimanit Аl
2
О
3
·2SiO
2
va mullit 
3Аl
2
О
3
2SiO

hosil bo‘ladi. Ular kislotaga bardosh berishining yuqoriligi va 
ishqorga uta chidamliligi bilan farqlanadi. 
Tarkibida kalsiy, magniy karbonatlari bulgan materiallar kislota tasirida 
quydigi reaksiya ko‘rinishida oson parchalanadi. 
CaCO
3
+2HCl=CaCl
2
+H
2
O+CO
2
MgCO
3
+2HCl=MgCl
2
+H
2
O+CO
2
Agar kalsiy va magniy mineral tarkibida silikat kurinishida bulsa, bunday 
birikmalarning kislotalar bilan tasiri darajasi ancha sustlashadi. Ishqorga chidamli 
materialllarga ohak toshlar, marmar, dolomit va boshralar kiradi. Ularning 
tarkibida ishqorda eriydigan birikmalar bulsa ishqorga chidamliligi pasayadi. 
Nometall materiallarning strukturasining govakliligi va kristall tuzilishi xam 
ularning kimeviy chidamliliga sezilarli ta’sir kursatadi. 
Govak materiallar zich materiallarga nisbatan korroziyaga moyil, chunki 
agressiv sharoitning materiallarga ta’siri uning yuzasiga va suyuqlikning 
govaklaridagi diffuziyasiga bog‘lik. Kristall va amorf materiallarning kimyoviy 


35 
chidamliligini solishtirilsa, kristall kurinishidagisi amorflarga qaraganda chidamli 
buladi. Amorf kurinishidagi materiallar kislotada oson eriydi. 
Ko‘rilayetgan laboratoriya ishlarida konstruksion materiallarning kimyoviy, 
ya’ni kislotaga chidamlilik xususiyatlari o‘rganiladi. Barcha kislotalar ma’lum 
miqdorda noorganik silikat materiallarni koroziyalaydi (plavik kislota barcha 
materialllarni bartamom yemirib tashlaydi). Vodorod ionlari konsentratsiyasida 
maksimal bo‘lgan kislotalar (eritmadagi dissotsiyasi va konsentratsiyasi bilan 
aniqlanadi) intensiv ravishda korroziya chaqiradi. 

Download 1.01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   58




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling