Лаборатория иши №1
ELEKTROLITIK USULDA NIKEL QOPLAMASINI HOSIL QILISH
Download 1.01 Mb. Pdf ko'rish
|
Umymiy kimyoviy tyexnologiya (laboratoriya).doc
ELEKTROLITIK USULDA NIKEL QOPLAMASINI HOSIL QILISH
Ishning maqsadi. Po‘lat plastinka sirtini nikel qatlami bilan qoplash orqali uning korroziyaga chidamliligini oshirish. Kerakli asbob va reaktivlar 1. 1-3 l sig‘imli shisha elektrolizer. 2. 8-10 Om li reostat. 3. 5-8 A ampermetr va 5-10 V li voltmetr. 4. 10 V li akkumulyatorli batareya yoki o‘zgaruvchan tokni o‘zgarmas tokka aylantiruvchi asbob. 5. Po‘lat va nikel elektrodlar. 6. Nikel sulfat, xrom (III)- oksid (yoki alyuminiy oksid), kalsiy gidroksid (yoki natriy gidroksid), 3-5 % -li sulfat kislota eritmasi va nikellovchi vannaga kerakli boshqa reaktivlar (nikellash uchun kerakli elektrolit tarkibi, g/l hisobida: nikel sulfat 150-200; natriy sulfat -70; magniy sulfat -10; borat kislota-30; natriy xlorid. Ishning bajarilishi Nikellashda quyidagi ishlar bajariladi: metall yoki qotishma sirti nikellashga tayyorlanadi, nikellanadi va nikel qoplamaga saykal beriladi (yaltiratiladi ). Tajriba uchun bir tomonidan kichkina teshik ochilgan to‘g‘ri burchakli (umumiy yuzasi 10-15 sm 2 bo‘lgan) temir plastinka ishlatish qulaydir. Temirli yoki misli katod. Plastinka yuzasi shtangensirkul yoki lineyka yordamida o‘lchanib, hisoblanadi. Plastinka sirti jilvir qog‘oz bilan tozalanadi. Plastinka sirtida bir xildagi yaltiroq qoplama hosil qilish uchun, plastinka sirti xrom (III) oksid yoki alyuminiy oksid yordamida pardozlanadi, kalsiy gidroksid yoki natriy gidroksid 41 eritmasi bilan artiladi (bu paytda plastinkani pinset bilan ushlanadi) va disterlangan suv bilan yuviladi. Shundan so‘ng plastinka sulfat kislotasining 3-5 % li eritmasiga solib qo‘yiladi, yana suv bilan yuviladi va nikellash vannasiga solinadi. Temirni sulfat kislotasi bilan tozalanganda uning kristall strukturasi ochiladi, natijada koplamaning temir bilan tutashishi yaxshilanadi. Plastinka yuzasini nikellash usuli bilan koplamalash 0,005-0,01 A/sm 2 tok zichligida 10 min davom ettiriladi. Elektrodlarga beriladigan kuchlanish elektrolit karshiligi va elektrodlar orasidagi masofaga boglik. Nikellashda ampermetr kursatkichiga axamiyat berish kerak, chunki tok kuchining yukoridagi kursatkichdan ortib ketishi koplamalash sifatining yomonlashishiga olib keladi. Tok kuchi reostat bilan muvofiklashtiriladi. Nikellashdan sung tok manbai uziladi, plastinka disterlangan suv bilan yuviladi va plastinka pardozlanadi. Download 1.01 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling