Лаборатория иши №1
Download 1.01 Mb. Pdf ko'rish
|
Umymiy kimyoviy tyexnologiya (laboratoriya).doc
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ishdan maqsad
Laboratoriya ishi № 19
QATTIQ YOQILG‘ILARNING NAMLIGINI ANIQLASH Qattiq yoqilg‘ilar murakkab tarkibli birikmalar bo‘lib, ularning tarkibida suv, organik va mineral birikmalar bor. Yoqilg‘ining organik birikmalari tarkibiga uglerod, vodorod, azot, kislorod va oltingugurt bor. Mineral birikmalar tarkibiga quydagi elementlar kiradi. Kalsiy, magniy, temir, alyuminiyning karbonatlari, silikat, fosfat yoki boshqa holidagi birikmalari bo‘ladi. Texnik analiz yordamida birikmalarning namligini va uchuvchan birikmalarning miqdorini topish mumkin. Bu analiz quritilmaydigan yoki absalyut quruq yoqilg‘ilarni tarkibidagi namlikni topishga mo‘ljallangan. quruq yoqilg‘i deb 70-75 0 С da quritish shkafida so‘ng 48 havoda quritilgan yoqilg‘iga aytiladi. Bunday quritish asosida tarkibidagi namlik va havo tarkibidagi namlik aniqlanadi. Absalyut quruq yoqilg‘i deb 105 0 С da qizdirilib o‘zgarmas massaga keltirilgan miqdor tushiniladi. Hamma hollarda ham yoqilg‘ini analizining o‘rtacha natijasi olinadi. Buning uchun bir necha bo‘lak ko‘mirni maydalab o‘lchami 0,2 mm li elakdan o‘tkazamiz. Elakdan o‘tmagan bo‘lagini yana maydalab elakdan o‘tkazamiz. Ishdan maqsad: Yoqilg‘ining namligini aniqlash. QURILMA VA MATERIALLAR 1. Qattiq yoqilg‘i (toshko‘mir, slanets, antratsit) 2. 0,001 g aniqlikkacha o‘lchovli analitik torozi. 3. Balandligi 25-30 mm va diametri 35-40 mm li byuks. 4. Quritish shkafi termometr bilan birgalikda. 5. Stupka qum bilan birgalikda 6. 0,2 mm teshikli elak 7. Eksikator ISHNI BAJARISH TARTIBI Toshko‘mir maydalanib so‘ng elakdan o‘tkaziladi. 1-2 g yoqilg‘idan tortib olib, uni oldindan tortib olingan byuksga o‘rnatamiz. Yoqilg‘ini bir xil qatlamli qilib joylashtirib, 102-105 0 С da 2 soat davomida o‘zgarmas massaga kelguncha quritiladi. Quritayotgan vaqtimizda byuksning qapqog‘i yarim ochiq holda bo‘lishi kerak. Quritilgan yoqilg‘ini quritish shkafidan chiqarib olib, byuksning qapqog‘ini yopamiz. Dastlab havoda so‘ng eksikatorda quritamiz va tortamiz. Tarkibidagi namlik miqdori quyidagi formula orqali topiladi.(%) w═ т М 100 Bu yerda: M-quritilgandan keyin yuqolgan massaning miqdori grammlarda. m-yoqilg‘ining grammdagi miqdori. Birinchi marta namligini aniqlaganimizdan so‘ng yana 30 min 104-105 0 С ga quritishga qo‘yamiz. Yuqolgan massaning miqdori 0,01 g dan ortmasligi kerak. Agar yuqolgan massa miqdori 0,01 g dan yuqori bo‘lsa, quritishni davom ettiramiz. Toki yuqolgan massa miqdori 0,01 g dan kam bo‘lmaguncha. Download 1.01 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling